2.1-jadval.
Buyoqning
nomi
|
Konsent
rasiya
Sopt mol
|
Optik
damlash
quvvati
(Vt)
|
To’lqin
uzunligini
o'zgartirish
sohasi (nm)
|
Energiyaning
maksimumga
mos kelgan
to’lqin
uzunligi (nm)
|
Lazer
nurlanishi
ning
quvva-ti
(tVt)
|
Rodamin 110
|
3,5-10-4
|
2,2
|
45
|
545
|
400
|
Rodamin 6
|
8-10-4
|
3,5
|
40
|
573
|
360
|
Rodamin V
|
5-10-4
|
2,5
|
50
|
605
|
350
|
Oksazin
|
5-10-3
|
3,0
|
75
|
670
|
600
|
Bo'yoq lazerining ishlashini ta'minlash uchun avvalo bo'yoq eritmasining optimal konsentrasiyasini aniqlash zarur. 2.1-jadvalda ayrim bo'yoq lazerlarining qisqacha xarakteristikasi va eritmaning optimal konsentrasiyasi berilgan.
2.4 Fotoionizatsion kamera va qayd qiluvchi sistema.
Fotoionizatsion kamera po‘lat qotishmadan silindr shaklida yasalgan bo‘lib, uning diametri 300 mm. Tashqi qismi xromlangan, ichki qismi silliqlangan. Kamera o‘zaro simmetrik joylashgan 8 ta diametri 40 mm li teshiklar bilan jihozlangan, gorizontal joylashgan ikkita teshigiga kvars shishalar berkitilgan, ulardan lazer nurlari o‘tkaziladi. Vertikal joylashgan teshiklarning pastkisiga yuqoriga yo‘nalgan atomlar dastasini hosil qiluvchi yuqori temperaturali atomizator joylashgan. Vertikal joylashgan yuqori teshikda esa temperaturani optik usul bilan o‘lchab beruvchi perometr joylashgan. Qolgan 4 ta teshik kuzatuv olib borish uchun shishalar bilan yopilgan.
Bu kamera VA-01-75 tipidagi vakuum agregatiga mahkamlangan. Kamerani yopib turadigan qopqoq qismiga ionlarni qayd qiluvchi sistema- ikkilamchi elektron ko‘paytirgich o‘rnatilgan. Bu agregat yordamida kameradan havo so‘rib olinadi va kamerada chuqur vakuum - mm simob ustuni hosil qilinadi. Atomizatorga tekshiriluvchi modda solinadi va temperaturasini oshirib tegishli bug‘ bosimdagi atomlar dastasi hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan fotoion signallar qisqa impuls tarzida bo‘lganligi, qayd qiluvchi sistemaga ma’lum talablarni qo‘yadi. Ionlar ikkilamchi elektron ko‘paytirgichning kuchlanish maydonida tezlatilib, uning katodiga kelib uriladi va elektronni urib chiqaradi. Keyin elektronlar ikkilamchi elektron ko‘paytirgich kanaliga yo‘naltirilib, maxsus sxemadagi emitterga yuboriladi. Emitterda signal yuqori amplitudaga kuchaytirilib, ma’lum shaklga keltiriladi. Fotoion signallari dastlab -70 tipidagi ossillografda ko‘zatiladi. Bir vaqtning o‘zida signal strob-integrator orqali o‘tib, KSP-2 tipidagi samopisetsda yozib olinadi.
Shunday qilib, yuqorida qayd qilingan lazerlar sistemasi murakkab, lekin ishonchli. Agar tajriba davomida lazer impulsining qaytalanish chastotasi katta bo‘lishi talab qilinsa, u holda bo‘yoq lazerlarini eksimer lazerlari bilan o‘yg‘otish maqsadga muvofiq, chunki u chastota bilan bemalol ishlaydi. Agar atomlar dastasida uchib chiqayotgan xar bir atom bilan lazer nurining uzluksiz ta’sirlashishini tashkil etmoqchi bo‘lsak, u holda uzluksiz rejimda mis bo‘g‘larida ishlaydigan lazerni ishlatish yaxshi natija beradi.
Atomizatorlar. Atomizatorlarning asosiy vazifasi spektral analiz qilinishi kerak bo‘lgan moddalarni qizdirish yo‘li bilan atomar holatga keltirishdan iborat. Bu yo‘lda eng ko‘p ishlatiladigan usul, bu elektrotermik qizdirish va lazer nuri ta’sirida lokal qizdirish hisoblanadi. U yoki bu qizdirish usulini tanlash analizda qo‘yilgan masalaga bog‘liq. Termik qizdirish jarayoni nisbatan sekin kechadigan jarayon bo‘lib, dastlab na’muna qizdiriladi, keyin eritiladi, bug‘latiladi va nihoyat atomlar dastasi shakllantirilib, neytral atomlar holiga keltiriladi va lazer nurlari bilan ta’sirlashishga tayyorlanadi. Atomlar dastasidagi to‘yingan bug‘ bosimi atomizator temperaturasi orqali boshqariladi. Atomizatorning konstruktiv sxemasi 2.3-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |