Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Husnixatga o‘rgatish tamoyillari



Download 1,18 Mb.
bet21/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

9. Husnixatga o‘rgatish tamoyillari
Tayanch tushunchalar: metodik tavsiya, yozma shakl, yozish texnikasi, namunaga qarab yozish, nusxa ko‘chirish, tasavvur bilan yozish, yozuv sifati, sanoq-ohang usuli, xatolar ustida ishlash, tayyorgarlik mashqlari
Yozuv daftari”dan foydalanish uchun metodik tavsiya. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun ularni maktabga kelgan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishga o‘rgatish zarur:
1.Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish.
2. Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
3. Daftardan to‘g‘ri foydalanish.
4. Yozma shakldagi harf va uning unsurlari bilan tanishtirish.
5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo‘g‘in, so‘z va gaplar yozish.
Husnixat malakalarini shakllantirish uchun, birinchi navbatda, harflarning shaklini to‘g‘ri tasavvur qilishga, bir xil qiyalik (65°)da yozishga, harf unsurlarini va so‘zlarda harflarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lab yozishga, so‘zlarni qatorlarga to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatiladi. Harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to‘g‘ri chamalab yozishga o‘rgatish lozim. Bu sinfda umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko‘rgazmalilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko‘rgazmalilik chiroyli yozuv malakasini singdirishda katta ahamiyatga ega. Maktabga qadam qo‘ygan har bir o‘quvchi u yoki bu harfning shaklini tushunib, yozilishini, ularning bir-biriga bog‘lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, ruchkani ushlash va to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Bu davrda olingan bilim va malakalar o‘quvchilar uchun doimiy qoida bo‘lib qolishi kerak.
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda eng birinchi qoida bu gigiyenik talablardir. O‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etishini ko‘ramiz. Bu bog‘lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol o‘quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotiraga muhrlash imkonini beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘qituvchi bayon qilayotgan harflar shaklini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko‘raylik. Bu jarayonni uning asosiy xarakteriga ko‘ra idrok etish jarayoni deb atash mumkin. Biroq bu idrokning aniq va ravshan bo‘lishi uchun o‘quvchi o‘z irodasini ishga soladi, diqqatini harflarning shaklini to‘g‘ri ifodalashga jalb qiladi. Yozayotgan so‘z yoki gapning mazmunini tushunmasdan harflarning shaklini bilmasdan ularni idrok etib bo‘lmaydi. Yozish jarayoni ko‘rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi. Idrok etilishi lozim bo‘lgan materialni tartibga solish, o‘rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol ko‘rsatish, bayonning ravshan va izchil bo‘lishi, sinf doskasiga hamma o‘quvchi ko‘ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydigan omillardandir.
Bola maktabga qadam qo‘ymasdan oldin (3-4 yoshdan boshlab) qo‘liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to‘g‘ri kelmasa-da, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta’sir etadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo‘r) orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishga qarab qo‘1 harakatlari shunga moslashtiriladi. Chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:

  • Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.

  • Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish