Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Husnixat va uni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 1,18 Mb.
bet18/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Husnixat va uni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo‘lib, ularning natijalariga tayanadi. Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o‘qitish metodikasi til o‘rganish jarayonining uzviy bir qismidir. Xususan, yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni o‘zlashtirib borishga yordam beradi. Pedagogik fanlar qatorida husnixat darslari ham ta’lim-tarbiya berish vazifasini ham bajaradi, pedagogikaning ta’lim-tarbiya birligi tamoyiliga amal qiladi. Husnixat darslarida barkamol shaxs tushunchasi ichiga tozalik, tartiblilik tarbiyasi kiradi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasining asoslaridan yana biri – psixologiyadir. Psixologiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Husnixatga o‘rgatishda bola psixologiyasidagi yuqoridagi holatlariga tayanib ish ko‘riladi, o‘quv materiallari tanlanadi, sinflar bo‘yicha taqsimlanadi. Shuningdek, husnixat fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarix fanlari bilan ham uzviy aloqadadir. Bu fan o‘quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati, qo‘l harakatlari, yozganlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilishda fiziologiyaga tayansa, yozuv uchun tanlangan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi tutgan o‘rnini tushunishda esa tarix fanining yutuqlariga asoslangan holda ish ko‘radi.
Yozuv haqida ma’lumot. Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi belgilarnigina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqaIar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan. Urug‘chilik tuzumi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo‘ldi. Kishilik jamiyati kichik va tarqoq oila – urug‘lardan tashkil topgan darvda kishilar bir-birlari bilan faqat og‘zaki nutq yordamida fikr almashgan. Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bo‘lgan. Boshida yozuv bilan bir qatorda grafik shaklga ega bo‘lmagan usullar ham qo‘llanilgan (mis, iplarni tugib qo‘yish). Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug‘-qabilalarining tamg‘alari, shimoliy indeyeslarning chig‘anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini ifodalovchi belgilar va boshqa shakllarda mavjud. Yozuv zamon va masofa jihatidan og‘zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega. Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor, internet) natijasida undagi ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham og‘zaki nutqdan ustun. XIX-XX asr boshlarida topilgan va qayta shifrlangan juda ko‘p yodgorliklar yozuvning paydo bo'lishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil bir bo‘limi sifatida ajralishiga olib keldi.
Insoniyat tomonidan foydalanilgan eng qadimgi yozuv turlari quyidagilardir:
1. Turli tipdagi Misr iyerogliflari. Bu tur yozuvi XIX asrning 20-yillarida fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XIX-asrning 70—90-yillarida Evans o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Kipr surat yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro-ovavilon, elam, xala, xet-kappodokiya, fors tillariga moslangan). Bu turdagi yozuvlar XIX asr boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX asrning 10-yillarida tugallandi.
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX asrning 60-70-yillarida va XX asrning 20-yillarida topilgan). Janubiy arab, oromiy yozuvlari (qadimgi namunalari XIX asrning 60—70-yillarida topilgan). Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg‘ur va O‘rxun-Enasoy yozuvlari ham aslida oromiy yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX asrning 90-yillarida tilshunos olimlar V. Tomsen va V. Radlov deshifrovka qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII asrdayoq ilm ahliga ma’lum bo‘ladi va ularning grammatik jihatdan o‘rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko‘rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv, asosan, Amerika indeyslarida aloqa quroli sifatida qo‘llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o‘tagan. Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi. Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet bilan yozuv shakli o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli bo‘lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish