Qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 1,18 Mb.
bet19/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Savol va topshiriqlar:

  • Husnixat va uni o‘qitish metodikasi nima uchun pedagogik fanlar qatoriga kiradi?

  • Husnixatga o‘rgatish metodikasining predmeti deganda nimani tushunasiz?

  • Yozuvning pedagogik va ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bering.

  • Husnixatga o‘rgatish metodikasining maqsadi nimalardan iborat?

  • Qadimda insoniyat yozuvning qanday turlaridan foydalangan?

8. Husnixatga o‘rgatishning gigiyenik shartlari
Tayanch tushunchalar: husnixat malakasi, chiroyli yozuv, yozuv daftari, xatboshi, yozuv quroli, gradus, qiyalik, tushunarlilik prinsipi, takroriylik prinsipi, xato
Yozuv materiallari va qurollari. Husnixat darslarini tashkil etish va uning gigiyenik asoslari. Husnixat saboqlari o‘quvchilar maktabga dastlabgi qadam qo‘ygan davrdanoq o‘rgatila boshlansa-da, birinchi sinfda savod o‘rgatish davri tugagandan so‘ng, uchinchi chorakdan boshlab alohida dars sifatida olib boriladi. Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakalarini o‘stirish orqali olib boriladi. Chiroyli va toza yozilgan xat uni yozayotgan kishining madaniyatini va uni o‘qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi.
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti natijasida kundalik hayotimizda turli hujjatlardan keng foydalanamiz. Har xil konspektlar, ish qog‘ozlari, hisobotlar hayotimizda keng o‘rin olgan. Bunday hujjatlar chiroyli, aniq va tezlik bilan yozishni talab etadi. Bugun ta’lim muassasalarida bolalarga yozuv darslarida harflarni aniq, toza, chiroyli yozishni o‘rgatish talab etiladi. Ammo qisqa davr ishida yozuv bo‘yicha mukammal malakaga ega bo‘lish mumkin emas, bu yillar davomida shakllantiriladi. Bolalarni chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun ularning maktabga ilk kelgan kunlaridan boshlab, quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi:
1.Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish.
2.Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
3.Daftardan to‘g‘ri foydalanish.
4. Harflarning yozma va bosma shakllari bilan tanish bo‘lish.
5.Yozma harflar yordamida bo‘g‘in, so‘z va gaplarni yoza olishga o‘rganish.
Yuqorida ko‘rsatilgan malakalar shakllanganidan so‘ng, ular husnixat darslarida mustahkamlanadi. Husnixat malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to‘g‘ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda – 65 gradusda yozishga, so‘zlarda harflarni to‘g‘ri bog‘lashga, so‘zlar qatorini to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatiladi. Daftar chiziqlari birin-ketin almashinuvi davomida harflarning qiyaligi va ular orasidagi masofani saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to‘g‘ri chamalab yozishga o‘rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi va ikkinchi sinflarda chiroyli yozishga o‘rgatishda ikki chiziqli daftarlardan to‘g‘ri foydalanishga alohida e’tibor berish zarur. Birinchi sinfda kichik harflarning qiyaligi va balandligi chiziqlar yordamida chegaralangan bo‘lsa ham, o‘quvchilar bosh harflarni yozishda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bir chiziqli daftarga yozishga o‘tilganda esa o‘quvchilar oldiga qator vazifalar qo‘yiladi. Endi ulardan harflarning balandligini, qiyaligini, harflar orasidagi masofalarni chamalab yozishlari talab etiladi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o‘ziga xos qoidalarni ham o‘z ichiga oladi. Umumiy didaktik qoidalar husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhim: takroriylik, ko‘rgazmalilik, yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik. Ayniqsa, ko‘rgazmalilik prinsipi chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi har bir kichik va bosh harfni yozishda uning o‘zini va elementlarini ko‘rgazmali qurollardan ko‘rib yozadi. Takroriylik prinsipida esa o‘quvchi bir harfni bir necha qator yozadi. Bu shu harfni takror yozganida ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Tushunarlilik prinsipida harfning elementlarini tushunib bir-biriga bog‘lashi uchun darkor.
Onglilik tovushni harfga aylantirishda muhim ahamiyatga ega. Yosh va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, ayrim bolalar besh yarim-olti yoshida maktabga keladi va unda yetti yoshli bolaga nisbatan yozuv ko‘nikmasi sekin rivojlanadi. Yana ayrim bolalar chap qo‘lda yozadi.
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning quyidagi usullari mavjud:
1. Namunaga qarab yozish usuli.
2. Namunaga qarab ko‘chirib yozish usuli.
3. Nusxa ko‘chirish usuli.
4. Tasavvur orqali yozish usuli.
5. Harf elementlarini tahlil qilish.
6. Sanoq – ohang usuli.
7. Xatolar ustida ishlash usuli.
Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirib olgunlariga qadar, bolalarning harakatlarini muttasil kuzatib bormog‘i lozim. Xususan:

  • Yozuv mashg‘uloti vaqtida bolaning oyog‘i to‘g‘ri turishi, gavdani to‘g‘ri tutish va ko‘krakni partaga tekkizmaslik lozim.

  • Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish