Qodiriy nomidagi jizzax davlat


III BOB. HUSNIXAT METODIKASI



Download 1,18 Mb.
bet17/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

III BOB. HUSNIXAT METODIKASI
7. Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati
Tayanch tushunchalar: nutq, husnixat bilan yozish, dastxat, yozuv, piktografik yozuv, ideografik yozuv, mixxat, iyeroglif, yozuv turlari, aloqa-aralashuv vositalari
Inson o‘z fikrlarini boshqalarga og‘zaki va yozma shaklda yetkaza oladi. Nutqning bu ikki shakli o‘zaro o‘xshash va shu bilan birgalikda farqli tomonlarga ham ega bo‘lib, ular turli afzalliklarga ega. Xususan, og‘zaki nutq tovushlar vositasida hosil qilinadi va eshitish uchun mo‘ljallanadi. U kishining mavjud nutq jarayonidagi aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga ko‘rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv kishilarning o‘zaro fikr almashinishi va bilim egallashi uchun qudratli vosita hisoblanadi. Shu bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixat bilan yozishga o‘rgatish ularda aniq, chiroyli va tez yozish ko‘nikmasini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, yozuv o‘rgatishning gigiyenik shartlarini, o‘quvchilar yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur. Demak, yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Yuqoridagi talablar asosida yozishni o‘rgatish boshlang‘ich sinflardan boshlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgata olishi kerak. Husnixat va uni o‘qitish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga o‘rgatish bilan bir qatorda ta’lim berish, tarbiyalash vazifalarini ham bajaradi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanining maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2. Talabalarni – bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga o‘rgatish.
3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini husnixatga o‘rgatish metod va usullari bilan qurollantirish.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi fanining predmeti esa ta’lim berish jarayonida chiroyli yozish ko‘nikmasini egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli yozishni o‘rgatish hisoblanadi. Husnixat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
– talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;

  • o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malaka hosil qilish;

  • boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishni o‘rgatish;

  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish.

Birinchidan, husnixat bilan yozish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini hosil qiladi. Ikkinchidan, dastxatga pala-partish va e’tiborsiz munosabatda bo‘lish o‘quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada, o‘quvchilar qiladigan ishlarini o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z xato va kamchiliklarini ham o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar. Uchinchidan, husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish