Qodiriy nomidagi jizzax davlat


O‘quvchilarni chiroyli yozuv texnikasiga o‘rgatish



Download 1,18 Mb.
bet24/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

O‘quvchilarni chiroyli yozuv texnikasiga o‘rgatish. Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo‘lib, u bir necha davrlarga bo‘linadi va bir necha xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bolalar o‘qituvchining ko‘rsatmasiga asosan, doskaga yozgan harf va so‘zlarni ko‘rib boradilar, so‘z va bo‘g‘inlarni tahlil qiladilar, nuqtachalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo‘yaydilar.
O‘quvchilarni yozdirishga o‘rgatishdan avval to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini tushuntirib berish shart. Shu bilan birga, o‘qituvchi butun dars davomida o‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini eslatib turishi lozim. O‘quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish uyg‘otish birinchi navbatda o‘qituvchiga bog‘liq. Boshlang‘ich sinf dasturining so‘nggi bosqichida yozuvga o‘rgatish o‘qish darsi bilan yozuv darsini chambarchas bog‘lashni maqsad qilib qo‘yadi. o‘qish darslarida o‘quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi o‘stiriladi. Shu kabi yozuv darsi ham o‘zining ayrim alohida xususiyatiga ega. Masalan, o‘quvchilar o‘qish darsida alifbe kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsalar ko‘rinmaydi. Har bir harf va uning unsurini o‘quvchining o‘zi namunaga qarab bajarishi shart. Harf va uning unsurlari orasidagi masofalarni to‘g‘ri saqlash hamda daftarga bir tekis yozish endigina yozishga o‘rganayotgan o‘quvchi uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o‘rgatish o‘z navbatida quyidagi qator tushunchalarni bilishni talab etadi. Masalan, “baland-past”, “bir xil”, “keng-tor”, “yaqin-uzoq”, “yuqoriga”, “teng”, “teng bo‘lmagan masofa”‘, “to‘g‘ri-qiya”, “chapga-o‘ngga” va hokazo.
O‘qituvchi yozuvga o‘rgatishni boshlashdan oldin o‘quvchilar bilan yuqorida qayd etilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o‘quvchilarga harflarning shaklini, uning harakatini yaxshi tushunishlariga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, yozish malakasi o‘qish malakasiga nisbatan ancha murakkabdir. Shuning uchun birinchi sinfda o‘quv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo‘lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin (“Alifbe” kitobida esa bu davr uchun 20–25 kun berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o‘qish darsi o‘rtasida birmuncha farq bo‘lishi mumkin, bundan cho‘chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o‘quvchilar so‘z va harflarni o‘tilgan materiallar asosida yozib o‘rganadilar. Keyinchalik esa o‘qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda davom etadi. Yozuv darsiga taalluqli bo‘lgan ayrim tomonlar hisobga olingan holda tayyorgarlik mashqlari beriladi. O‘qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari, asosan, og‘zaki nutqni o‘stirishga qaratiladi. Ammo butun bir soatlik dars davomida og‘zaki nutq bilan shug‘ullanish bolalarni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun bu darslarning yarmini og‘zaki nutq o‘stirishga, ikkinchi yarmini esa yozuv darsiga taalluqli bo‘lgan tayyorgarlik mashqlarini bajarishga qaratish mumkin. Bu mashqlar qiziqarli chiqishi uchun rangli qalam yoki flomasterdan foydalanish mumkin. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish