2. Ishning maqsadi, samaradorligi xususidagi ma’lumotlar.
3. Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi.
4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari.
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi.
6. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati.
7. Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u mutaxassisning motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi.
Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb bo‘lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi.
Psixogramma - faoliyatning psixologik xarakteristikalari tasnifi bo‘lib, mazmunan kasb egasi bo‘lmish shaxsdan talab qilinadigan xususiyatlarni ifodalaydi. Ushbu atama fanga XX asr boshlarida nemis psixologi V.SHtern tomonidan kiritilgan. V.SHtern o‘z vaqtida shaxsning barcha psixologik qirralari, xususiyatlarini emas, balki faoliyatga yo‘naltirilgan muhim tomonlarini qamrab oluvchi psixogrammaning qisman (boshlang‘ich) tuzilishini o‘rganishni taklif etgan. Bu erda gap biror kasb yo‘nalishida faoliyat yuritadigan shaxs xususida emas, balki malakali mutaxassis portreti haqida boradi.
Demak, psixogramma haqida gap ketganda, kasb egasining psixologik portretini o‘rganish nazarda tutiladi. Ayrim manbalarda faoliyat professiogrammasi atamasiga ham ta’rif berilgan: “Faoliyat psixogrammasi mehnat egasining kognitiv, emotsional irodaviy, motivatsiovan, individual psixologik va boshqa kasbiy muhim bo‘lgan sifatlariga qo‘yiladigan talablar hamda tavsifnomalar majmui”
Professiografik tadqiqot metodlari - kasbning ilmiy ta‘siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi, psixik jarayonlar ko‘rinishini ya‘ni, mehnat sub‘ektining ichki vositalariga bo‘lgan integral psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o‘quv-kasb muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega.
Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo‘lmaydi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya Oliy ta’lim tizimida faqatgina talabalarning soni ko’payibgina qolmay, avvalgi yillarga qaraganda ularning xilma-xilligi anchagina oshdi. Talabalar o’z moliyaviy holatlari, ijmoiy sinfi, oila sharoitlari va yoshlari bo’yicha juda katta farq qiladilar; xamda o’zlarini oldingi o’quv tajribalari, oliy ta’lim olish uchun sabablari, orzulari va maqsadlari bo’yicha; ularning dinlari, etnikligi va millati; hamda ularni qobiliyatlari, nogironliklari va maxsus yordamga muxtojliklari bilan farq qiladilar.
Ushbu xilma-xillik ko’proq va kengroq qatnashuv yo’nalishlariga uzviy bog’langan xolda shu narsa tan olinmoqdaki, o’zi tanlagan fan sohalarida muvaffaqiyat qozonishni istagan va shu maqsadda muxim yordamga muhtoj talabalarni ko’proq ta’limga jalb qilib tanlab olish zarurdir.
Talabalar har xil bo’lib, ularning shaxsiyatlari xam har xil bo’ladi, bu o’z navbatida xilma-xil ta’lim zaruriyatlarini yaratadi. Bugungi kunda talabalarda oliy ta’limni maqsadi yoki yuqori pog’onalarda ta’lim olish tabiati to’g’risida umumiy tushunchani topish qiyindir.
Ko’p talabalar madaniy boy bo’lmagan muhitlardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin, shuning uchun ba’zida ular o’qituvchilari tomonidan talab qilinayotgan asosiy talablarni boshlang’ich bosqichda yaxshi tushunib etsmasliklari mumkin. Bu o’z navbatida, o’qishga kirgan talabalarni o’qishda ikkinchi yilga qolib ketish foizini oshishi xavfiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |