Turli turkumga ega bo‘lgan ijtimoiy faoliyat. Ijtimoiy yordam va qo‘llabquvvatlanishga muhtoj bo‘lgan guruhlar quyidagi tavsiflar asosida tasniflanishi mumkin:
yoshi jihatidan (bolalar, yoshlar, qariyalar);
jinsi jihatidan;
o‘xshash muammolari bilan (konfessional, yolg‘iz ota yoki onalar uyushmasi, sobiq alkogolik va narkomanlar guruhi yoki b.).
Ijtimoiy faoliyat - jamoatchilik orasida, turar joyida. Ijtimoiy xodimning alohida e’tiborga molik faoliyat sohalaridan bu yashash joyida, jamoatchilik orasida xizmat ko‘rsatishdan iborat. U ijtimoiy xizmatlar tizimining kengaytirilishi, jamoatchilik munosabatlarini mustahkamlash, yashash joyining o‘zida iliq va muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik iqlimning yaratilishi, shuningdek, turli ko‘rinishdagi lokal tashabbuslar asosida yordam guruhlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan.
Bu sohada O‘zbekistonga xos bo‘lgan mahalla kabi maxsus jamoatchilik tuzilmasining keng imkoniyat va qudratidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy faoliyatning mohiyatini quyidagicha belgilash mumkin. Bu individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish hamda barkamol tarzda ijtimoiy jihatdan o‘zligini namoyon etishda to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarini bartaraf etish yoki kompensatsiya qilish maqsadidagi ko‘rsatiladigan yordamdir.
Kasb tanlash motivlari va ularning psixologik mohiyati haqida gap ketganda, shasxda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin:
biror o‘quv faniga nisbatan qiziqish;
yurti, xalqi va Vataniga foyda keltirish istagi;
shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish;
oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik);
do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi;
ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi;
moddiy ta’minlanganlik;
o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir.
Ma’lumki, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart. Shularni inobatga olib, rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - hunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning “Differensial-diagnostik so‘rovnoma” (DDS) deb atadi.92 U barcha kasblarni ularning yo‘naltirilgan sohasiga ko‘ra 5 toifaga bo‘ldi:
P(T) - tabiat (o‘simlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar);
Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar);
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa).
Demak,mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta toifaga bo’linadi.
«Odam-tabiat». Bu yerda mehnatning asosiy, etakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: urug’shunos, mevasabzavotshunos, davlat urug’chilik inspektsiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik-bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom.
Do'stlaringiz bilan baham: |