O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI O’RTA-MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
QIZIRIQ PEDAGOGIKA KOLLEJI TABIIY VA ANIQ FANLAR FANLAR KAFEDRASI O’QITUVCHISI ISHBOYEV FARXOD
(USLUBIY QO’LLANMA)
Qiziriq-2016 yil Annotatsiya Mazkur uslubiy qo’llanma Pedagogika kollejlarining o’quvchilariga Fizika.Astronomiya fanini o’qitishda namunaviy fan dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Uslubiy qo’llanma Qiziriq Pedagogika kollejining uslubiy birlashmasida muhokama etilib, 2015-yil № 4-sonli yig’ilishi bayonnomasiga muvofiq o’quv jarayoniga tavsiya etilgan.
Tuzuvchi: F.Ishboyev - Qiziriq Pedagogika kolleji Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi o’qituvchisi.
№
Sana
Dars-ning bosh-lanishi
Dars davo-miyligi
Dars-ning tugashi
Mavzular nomi
Ball
O'qituv-chining imzosi
1
Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o'rganish.
2
Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
3
Izojarayonlardan birini o'rganish.
4
Kapillyar naychaning icbki diametrini aniqlash.
5
Yung modulini aniqlashni o'rganish.
6
Kondensatorning zaryadsizlanishini tekshirish va elektr sig'imini aniqlash.
7
O'tkazgichning solishtirma qarshiligini aniqlash.
8
Ток manbaining EYUKi va ichki qarshiligini aniqlash
9
Yarim o'tkazgichli diodning volt - amjper tavsifini o'rganish
10
Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash.
Fan o`qituvchisi:________________________________________________ Laboratoriya ishlarini bajarishning maqsadi va vazifalari. Fizika fani tibbiyotning rivojlanishi uchun o'zak bo'ladigan asosiy fan hisoblanadi. Tibbiyotning barcha sohalarida fizikaning metodlari va texnologiyasidan, qonun va qoldalaridan keng foydalaniladi. Bo'lajak o'rta tibbiyot xodimlari fizika fanini chuqur o'rganishi va o'z faoliyatida samarali foydalanishi uchun amaliy ko'nikma va bilimlarga suyanmog'i lozim.
Ma'lumki, fizika tabiatda yuz berayotgan hodisalarning eng umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. Fizika fanining rivojlanishi boshqa tabiiy fanlarning rivojlaniehiga, ayniqsa texnika taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. O'z navbatida fan -texnikaning taraqqiyoti ham fizika fanining rivojlanishini jadallashtiradi, tajriba va eksperimcntlar otkazish imkoniyatlarini oshiradi. Fizikaning yutuqlaridan xalq xo'jaligining barcha sohalarida keng ko'lamda foydalaniladi. Zamonamizning ilg'or sohalari, kosmonavtika, meditsina va kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan taraqqiy etib borlshida fizikaning ahamiyati beqiyosdir.
Fizika eksperimental fan. Uning qonunlari tajriba va eksperimentlarga asoslanadi. Shuning uchun ham fizikani o'rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhlm ahamiyatga ega. Laboratoriya ishlarini bajarish sifati va undan olinadigan natijalar laboratoriya mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. Buning uchun laboratoriya ishlarining maqsad va vazifalarini, ishning bajarilish ketma - ketligini, laboratoriya ishini bajarish uchun jihoz va asboblarni to'g'ri tanlay bilish kerak.
Laboratoriya ishlarini bajarishning maqsadlari.
laboratoriya ishlarini bajarish mashg'ulotlarida o'quvchilar o'z bilimlarini oshiradi;
olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydi;
fizikaning asosiy tushuncha va qonunlarini chuqurroq tushunish va anglab olishga erishiladi;
eksperimental masalalar yechish malakalari va ko'nikmalarini hosil qiladi;
fizik asbob va qurilmalar bilan ishlashni o'rganadi, ularning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishadi;
o'lchov asboblari bilan ishlashni o'rganadi;
tajriba natijalarini ishlab chiqishni o'rganadi;
xatoliklarni aniqlash va ularni hisoblashni o'rganadi;
mustaqil texnik fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.