7 - TAJRIBA ISHI
Tok manbaininng elektr yurituvchi kuchi va ichki qarshiligini aniqlash
Ishning maqsadi: tajribada tok manbaining EYUK, ichki qarshiligini va qisqa tutashuv tokini aniqlash.
Kerakli asbob va qurilmalar: tekshirilayotgan o`zgarmas tok manbai, milliampermetr, qarshiliklar magazini, kalit, ulovchi simlar.
Nazariy qism
Bir jinsli o’tkazgichda o’zgarmas tok bo’lib turishi uchun uning uchlaridagi potensiallar farqi nolga teng bo’lmasligi kerak. Buning uchun zanjirga tok manbai ulanadi. O’tkazgichlarga erkin elektronlar – manfiy zaryadlar potensialning o’sish tomomiga (musbat zaryadlar potensialning kamayish tomoniga) harakat qiladi. Shuning uchun tok manbaida manfiy zaryadlar manbaning manfiy qutbiga (musbat zaryadlar manbaning musbat qutbiga) harakat qilishi kerak.Buning natijasida manba qutblarida qarama-qarshi ishorali zaryadlar to’planadi.Shunday qilib, manbaning qutblarida potensiallar farqi vujudga keladi.
Tok manbaida zaryadlarni qutblarga ko’chirishda elektrostatik bo’lmagan kuchlar ish bajarishi kerak. Bu kuchlar tashqi kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar kimyoviy jarayonlarda, yorug’lik nuri ta’sirida, magnit maydoni o’zgarishida va boshqa hollarda vujuda keladi.
Birlik musbat zaryadni berk zanjir bo’ylab ko’chirishda tashqi kuchlar bajargan ishga teng bo’lgan fizik kattalik tok manbainingε elektr yurituvchi kuchi (EYUK) deyiladi:
(1)
bundaAT - tashqi kuchlar ishi, q - zaryad.
Tok manbai va R qarshilikdan iborat sodda berk zanjirdagi tok to`liq zanjir uchun Om qonuni orqali aniqlanadi: (2)
Bu yerda r – manbaning ichki qarshiligi deyilib, manba ichida masalan, galvanik elementda elektrolit eritmasi (musbat va manfiy zaryadlar harakatiga bolgan qarshilik) va elektrodlarning qarshiligi, generatorda esa cho’lg’amlar qarshiligi tushuniladi.
Agar bo’lsa, tok maksimal qiymatga erishadi. Bu hodisa qisqa tutashuv deyiladi. - qisqa tutashuv toki.
Yuqorida keltirilgan to`liq zanjir uchun Om qonuni ifodasini quyidagi ko’rinishda ham yozsak bo’ladi. (3)
Bunda ko’rinadiki, o’zgarmas EYUK va ichki qarshilikli tok manbaidan iborat zanjirdagi tokka teskari bo’lgan kattalik, tashqi qarshilikka to’g’ri proporsional va uning funksiyasi to’g’ri chiziqli bo’ladi. U holda (3) ifodani (4)
ko’rinishidagi to’g’ri chiziqli funksiya shakliga keltiramiz. Undagi y= 1/I va x=R teng.
Tajribada aniqlangan natijalar yordamida grafik yasaladi. Unda hosil bo’lgan to’g’ri chiziqni R o’q bilan kesishguncha davom ettiramiz.
H osil bo’lgan grafik, (3) va (4) ifodalarni tahlil qilib, tok manbaining EYUK ni, uning ichki qarshiligini, shuningdek, qisqa tutashuv tokini aniqlanadi. Haqiqatdan ham, (3) ifodada
bo’lganda R= r bo’ladi. Bu grafikda AO kesmaga teng degani.
(3) va (4) ifodalarni solishtirib, kattalikning qiymati to’gri chiziqning R o’q bilan kesishidan hosil bo’lgan burchak tangensiga teng bo’lishiga ishonch hosil qilamiz.
Qisqa tutashuv tokini – Imax , R=0 bo’lgan to’ri keladigan o’qdagi qiymat orqali topamiz:
Ishni bajarish tartibi
T ok manbai, ampermetr va qarshiliklar magazinidan iborat elektr zanjirini 2-rasm asosida yig`ing.
Qarshiliklar magazinidan 3 yoki 5 xil qiymatdagi tashqi qarshilik tanlab, ampermetr ko’rsatish yozib boring.
Olingan natijalarni jadvalga tushirib, Ular yordamida funksiya grafigini millimetrli qog’ozga chizing.
Hosil bo’lgan grafikdan foydalanib, tok manbaining EYUK ni, uning ichki qarshiligini va qisqa tutashuv tokini aniqlang.
№
|
R (Ω)
|
I (A)
|
r
|
|
Imax (A)
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
3.
|
|
|
4.
|
|
|
5.
|
|
|
Nazorat savollari
Tok manbaining elektr yurituvchi kuchi deb nimaga aytiladi.
Kuchlanishning EYUKdan qanday farqi bor.
Nima uchun kalit uzuq va berk bo`lgan hollarda voltmetrning ko`rsatishlari har xil bo`ladi.
Tok manbaining ichki qarshiligi qanday sabablarga ko’ra yuzaga keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |