1-variant Savollar. Ixtisoslashgan mehmonxona turlari” fanining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering



Download 54,7 Kb.
bet1/6
Sana18.02.2021
Hajmi54,7 Kb.
#59312
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-variant


1-variant

Savollar.

  1. Ixtisoslashgan mehmonxona turlari” fanining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.

  2. Motel joylashtirish vositasiga ta’rif bering.


Javoblar.

1-savolga javob.

Ixtisoslashgan mehmonxona turlari” fanining maqsad va vazifalari

Mehmonxona xizmati asosiy xizmatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, O‘zbekistonning turizm sohasida o‘z o‘rniga ega. Shuning uchun yurtimiz bo‘ylab sayohat qiladigan ichki va xorijiy turistlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, jumladan mavjud mehmonxonalarning turlariga qarab o‘z xizmatlarini taqdim qilishi talabetiladi. Turistlarning sayohatdan maqsadi, sayohatning qay tarzda amalga oshirilishi, unga sarflanadigan mablag‘larning hajmi, sayohat qilinadigan hududning o‘ziga xosligiga qarab turli ixtisoslashgan joylashtirish vositalarida joylashishi mumkin.

Ushbu «Ixtisoslashgan mehmonxona turlari» fani turizm ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun umumkasbiy fani sifatida ahamiyatli hisoblanib, 2-kursda o‘qitiladi.

Mazkur kursda talabalar yurtimizda va xorijda o‘z xizmatlarini turistlarga taklif qilib kelayotgan ayrim ixtisoslashgan mehmonxona turlarining faoliyati, xizmatlar tarkibi, afzallik va kamchiliklari, klassifikatsiyasi bo‘yicha turlarini tashkil qilishning xuquqiy ta’minoti hamda shakllantirish imkoniyatlari bo‘yicha nazariy va amaliy asoslari haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Fanni o‘qitishdan maqsad – ixtisoslashgan mehmonxona turlari, klassifikatsiyasi, xizmat ko‘rsatish turlari haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni kelajakdagi ish faoliyatlarida qo‘llash va talabalarni shu sohadagi mahoratlarini rivojlantirishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarga ixtisoslashgan mehmonxona turlari va xizmat ko‘rsatishning nazariy asoslari, aynan ixtisoslashgan turlarini O‘zbekiston xududlarida tashkil qilishhamda xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan ixtisoslashganturlarini tajriba asosida o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:


  • “Ixtisoslashganmehmonxona turlari” fanning mazmun va mohiyati;

  • Motel, xostel, rotel, botel, flaytel, flotel kabi joylashtirish vositasida ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘ziga xos tomonlari;

  • Kurort mehmonxonalari, ovchilar va baliqchilar uylari, oromgohlar, tur bazalar, sport bazalari va turistik qishloq, mehmon uylarida vositasida ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘ziga xos tomonlari;

  • G‘aroyib mehmonxonalarning boshqa mehmonxonalardan farqli jihatlari;

  • Individual ixtisoslashgan mehmonxonalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi.

  • Ixtisoslashgan mehmonxonalarda bronlashtirish tizimini tashkil etish;

  • O‘zbekistonda ixtisoslashgan mehmonxonalarni tashkil etishning xuquqiy ta’minoti;

  • O‘zbekistonda ixtisoslashgan mehmonxonalarni tashkil etishni xududiy rejalashtirish haqida bilish va ulardan foydalana olish.

  • Ixtisoslashgan mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • Ixtisoslashgan mehmonxonalarni tashkil etish geografiyasi;

  • O‘zbekistonda ixtisoslashgan mehmonxonalarni shakllantirish imkoniyatlari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir bo‘luvchi bino ( yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek, mehmonxona mahsulidan shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlanadi.

Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. Ko‘pincha nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning ofislari, vaqtinchalik vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi. Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi.

Mamlakatimizda turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab - quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar joylarda ko‘plab zamonaviy ob’ektlar barpo etilishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 7 -avgustdagi 631 - sonli “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu hujjatga muvofiq, joylarda oilaviy mehmon uylari tashkil etilmoqda. Ularda 10 nafargacha sayyohga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. Tasdiqlangan Nizomga muvofiq, tijorat banklari oilaviy mehmon uylari tashkil etishni ixtiyor qilgan xususiy tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 300 barobarigacha miqdorda besh yil muddatga, jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratishi mumkin. Shuningdek, bunday uylar ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida zarur jihoz va uskunalar bilan ta’minlanishi, moddiy - texnik bazasi yaratilishi, zarur vaqtda tashrif buyuruvchilarga tibbiy va boshqa xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishi lozim.

Oilaviy mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uy - joydir. bunda mazkur joy har bir yashovchi shaxsga 3x2 m hisobidan to‘g‘ri keladigan turarjoy maydoniga ega bo‘lishi “oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatilgan.

Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega bo‘lgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Oilaviy mehmon uyini tashkil etish uchun tegishli turar joyga ega bo‘lgan shaxs oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va uning yagona reestriga kirish uchun ariza berishi kerak. Mazkur reestr Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Mavsumiy bo‘lmagan davrda mehmon uylarining egalari ro‘yxatga olish va soliq organlariga mehmon uyi faoliyati vaqtincha to‘xtatish va ular o‘z faoliyatini vaqtincha amalga oshirmaydigan qayd etilgan davrga soliq hisoblanishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan vaqtincha o‘z faoliyatlarini to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladilar.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2019 yilning II-chorak davomida “Oilaviy mehmon uylari yagona reestri”ga 71 ta oilaviy mehmon uylari kiritilib, umumiy hisobda oilaviy mehmon uylari soni 179 taga yetib, ulardagi joylar soni 1589 tani tashkil etadi.

Oilaviy mehmon uylari soni hududlar kesimida olinganda Samarqand viloyatida 34, Qashqadaryo viloyatida 24, Toshkent viloyatida 22, Surxondaryo viloyatida 20, Buxoro viloyatida 19, Toshkent shahrida 18, Xorazm viloyatida 13, Jizzax viloyatida 10, Navoiy viloyatida 7, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6, Farg‘ona viloyatida 3, Andijon viloyatida 2, Sirdaryo viloyatida 1 tani tashkil etmoqda.

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, oilaviy mehmon uylari o‘zida 1966 nafar mahalliy va 2882 nafar xorijiy, umumiy hisobda 4848 nafar sayyohni qabul qilgan.

Bugungi kunda Samarqand shahrida 220 kishiga mo‘ljallangan 25 ta mehmon-uyi mavjud bo‘lib, 2019 yilda Samarqand viloyatida 70 dan ziyod yangi oilaviy mehmon - uyi ochilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, respublikamizda oilaviy mehmon uyi bilan shug‘ullanuvchi 36 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan bir vaqtning o‘zida 300 ga yaqin mehmonga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Mehmon uylari mehmonxona biznesining eng jozibali tarmog‘iga aylanmoqda. Bu kabi mehmon uylarini xududlarda tashkil qilish ancha qo‘lay va samaraliligi bilan boshqa turdagi mehmonxonalardan farq qiladi. Jumladan, xorijiy davlatlarda tashkil etilgan mehmon uylari o‘zining antiqa tashkil etilganligi bilan butundunyo turistlarini jalb qilmoqda. Shulardan biri Keniya poytaxti Nayrobi yaqinida ajoyib dang‘illanma uy bor, huddi ertaklardagi qasrga o‘xshaydi. Bu uy o‘tgan asrning 30 - yillarida Devid Dunkan tomonidan qurilgan. 1974 - yilda uni er - xotin Lesli - Melvilllar sotib olib, u yerda yo‘qolish arafasida turgan Roshikd jirafalarini qutqarish markazini tashkil qildilar. Keyinchalik bu yerda otel ham ochildi.

Otelda mehmonlar uchun o‘nta xona ajratilgan bo‘lib, ular qadimgi rusumda jihozlangan. Ammo otelning asosiy xususiyati - jirafalardir. Ular har tong odamlar bilan muloqot qilish uchun keladilar. Hayvonlar o‘zlarini mutlaqo erkin his qiladilar, ularni silash, ovqatlantirish va ular bilan suratga tushish mumkin.

Bu kabi mehmon uylarini tashkil qilish ham mahalliy turistlarni ham xorijdan tashrif buyurayotgan turistlarning talabini bemalol qondira oladi va yuqori darajadagi xizmat turlarini ko‘rsata oladi.




Download 54,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish