Motel tushunchasi va uning paydo bo‘lish tarixi
Hozirgi kunda turizm sohasi juda tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib uning rivojlanishida nafaqat yangi ish o‘rinlari ochilib mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Yangi har-xil ko‘rinishdagi mehmonhonalar qurilmoqda. Ulardan biri motel bo‘lib endi u haqda gaplashamiz.
Motel - bu mehmonxona dizaynida qurilgan bo‘lib, u shafyorlar uchun yotoq vazifasini bajaradi va unda yuk mashinalari qo‘yadigan parki bor.
Bu so‘z ikkinchi jahon urushida keyin kirib kelgan. Bu so‘z motor va hotel birikmasidan paydo bo‘lgan. Birinchi motellar 1920-yildan boshlab katta yo‘l yoqalarida qurila boshlagan, chunki uzoq yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar shu yerlarda to‘xtab dam olgan.
Motellar mehmonxonalarga qaraganda ancha arzon va qulay bo‘lgan. 1960-yillarda mashina sayohati osha boshlagandan keyin motellarning ishi rivojlana boshlagan chunki qish kunlari ob-havo sovib, yo‘llar muzlay boshlagan payti haydovchilar motellarda dam olgan .
Motellarning tuzilishi: motellarda mehmonlar uchun ajratilgan xonalar bo‘lib unda yakka yoki oila bo‘lib turish mumkin. Yana menejer uchun ajratilgan xona, ko‘pchilik motellarda rekeptionlar uchun kichkina joy, 1ta suzish havzasi va kichkina oshxona bor.
Motel avtomobil va yuk mashinalari egalari uchun mo‘ljallangan parkovka maydonchasiga ega bo‘lgan mehmonxona turidir. Ushbu so‘z lug‘atlarda II jahon urushidan so‘ng ishlatila boshlagan. Birinchi ushbu turdagi mehmonxona San luis Obisponing Milestaun Mo-Tel nomi bilan Kaliforniyada 1925-yilda qad rostlagan (Hozirgi Motel Inn). Odatda bunday turdagi mehmonxonalar umumiy bitta binoda bir qancha kichik xonalarni birlashtirgan hisoblanadi. Shuningdek, ularning eshigi parkovka (avto mashinalar turar joyi) ga qaragan bo‘lishi zarur. Motellar ko‘p hollarda yakka tartibda boshqariladi.
Uzun va keng, ravon yo‘llar 1920-yillarda rivojlanishi bilan uzoq muddatli sayohatlar ham avj oldi. Ushbu holatda sayyohlar yo‘l ustidagi arzon va bir kechani qulay o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan mehmonxonalaega ehtiyoj sezishdi va bu narsa motellar tashkil topishiga olib keldi. Motellar 1960-yillardan boshlab ommalasha boshladi. Buning sababi esa o‘sha davrdagi AQShning mashhur zanjir mehmonxonalari uzun trassalarda kechani o‘tkazishga mo‘ljallangan mehmonxonalarni qurishi bo‘ldi.
Motellar oddiy mehmonxonalardan yirik trassalarda joylashganligi, kam qavatliligi va darvozasi tashqariga qaraganligi bilan farq qiladi. Motellarning barchasida avtomobillar turar joyi yoki garaji bo‘lishi zarur.
Motellarni rivojlantirish uning atrofida turli infratuzilmani shakllantirish bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yoqilg‘I shahobchalalri, istirohat bog‘I, restoran va barlar, kinoteatrlar kabilarni tashkil qilish mumkin.
Odatda motellar “I”, “L” yoki “U” shaklida quriladi. Uning tarkibiga nomerlar, xodimlar xonasi, qabulxona va oshxona, imkon bo‘lsa basseyn ham kiritiladi. Motellarda asosan ikki kishilik xonalar mavjud bo‘lib bir qavatdam iborat.
1950-1960 – yillarda barpo qilingan motellar qurilishida madaniy yodgorliklar namunalari, kovboy suratlari, hindularga xos bo‘lgan bezaklardan foydalanilgan. US ROUTE – 66 bunday turdagi motellarga yorqin misol bo‘la oladi. Ushbu shakllar va mavzularni neon chiroqlar bilan yorqin bezatilgan.
1970 – 1980-yillarda mustaqil motellar oz’ joylarini Motel 6 va Ramada kabi zanjirlarga bo‘shatib berishdi. Ushbu holat motellarning standard mehmonxonalar uslubi bilan birlashib ketishiga sabab bo‘ldi.
Turli oilalar tomonidan boshqariladigan mustaqil motellar hozirgi kunda ham topiladi. Ayniqsa bunday motellarni eski trassalarda uchratish mumkin. Ushbu turdagi motellar xizmat ko‘rsatishda juda cheklangan hisoblanadi. Ya’ni, odatda xususiy motellar restoran yoki barga ega bo‘lmaydi. Xonalar fondi ham unchalik ko‘p emas.
Journey’s End korporatsiyasi (1978-yilda tashkil topgan, Bellevil, Ontario) ikki qavatli shunday mehmonxona qurdilarki, undagi narx va shart-sharoit motellardagi kabi edi. Xonalar fondi va dizayn standard mehmonxonalardagi kabi bo‘lib, ammo basseyn, restoran, bar va konferens zal mavjud emas edi. Korporatsiyaning bunday mehmonxonani qurishdan maqsadi motellardagi uslub kabi standard mehmonxonalarda ham arzon va individual sayyohlar uchun mehmonxonalar yaratish bo‘lgan.
Xalqaro zanjirlar ham tezda ushbu uslubni o‘z mehmonxonalarida qo‘llay boshlashdi. Choike Hotels zanjiri 1982-yilda Komfort-Inn nomi bilan cheklangan ekonom klassdagi brendlarni taklif qila boshladi. Shunday qilib aeroport va vokzallar, turli shaharlarga yaqin hududlarda ekonom brend mehmonxonalari barpo etilishi urf bo‘ldi. Ushbu holat mehmonxonalarning xalqaro bozorida aynan zanjirlar brendlari uchun katta foyda olish imkonini berdi va raqobatni oshirdi.
1990-yilgacha Motel 6 va Super 8 standard mehmonxonalaridagidek ichki koridorlarga ega bo‘lgan motellarni qura boshladi. Yuqorida Ramada va Holiday Inn zanjirlari mehmonxonalarda motel uslubini qo‘llayotgan bir paytda, yirik motel zanjirlari ham standard mehmonxonalar uslubini sohaga joriy qilishdi. Ichki korridorni tashkil qilish ham motellar rivojida bir qadam bo‘ldi va motellarga mijozlarni jalb qilishning omiliga aylandi.
XXI asrda innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi motellarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Motellar o‘z mijozlarini ko‘paytirish maqsadida turli texnologiyalardan keng foydalanishni boshladi. Masalan hozirgi kundagi mavjud motellarning aksariyati LKD televizori, Vi-Fi internet zonasi, mikroto‘lqinli pech, minibar uskunasi kabi jihozlarni taklif qilishadi. Motelni band qilish uchun esa onlayn to‘lovlar ham amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, xonalar eshigini ochishda maxsus kartalardan foydalanilmoqda. Ko‘pchilik mustaqil motellar zanjirli brendlar bilan raqibatni saqlash maqsadida zamonaviy texnologiyalarni qo‘shimcha qulaylik sifatida qo‘llashmoqda. Motellar bir kecha faqatgina tunab qolish uchun shart-sharoit emas, balki dam olish uchun qo‘shimcha xizmatlarni ham joriy qilishmoqda. Bunday holatlar insonlarning motel va standard mehmonxona o‘rtasidagi farqni anglab olishi uchun imkon bermayabdi. Ya’ni, motellardagi yaratilgan qulayliklar standard mehmonxonalaridagi kabi.
Motellarning xalqaro jihatdan rivojlanishi bevosita AQShga borib taqaladi. Ammo, AQSh bilan bir qatorda Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda ham motellar mehmonxona industriyasining bir qismi hisoblanadi. Xususan, Avstraliyaning ilk motellari Nyu-Sauz Vestdagi Vest End moteli va Tasmaniyadagi Penzans moteli hisoblanadi. Motel tipidagi mehmonxonalar Tailand, Germaniya va Yaponiya kabi mamlakatlarda ham tashkil qilingan. Ammo, ushbu hududlarda bunday mehmonxonalar “motel” emas, balki arzon mehmonxonalar sifatida talqin qilinadi. Misol uchun Yevropadagi Formula-1 mehmonxonasini olsak bo‘ladi. Umuman motellar yirik trasslarga ega bo‘lgan va avto-sayohatlar rivojlangan mamlakatlarda ko‘proq barpo etilmoqda.
Rivojlangan motellarga ko‘plab misollar keltirsak bo‘ladi. Quyida dunyoga mashhur va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan motellarni ko‘rishingiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |