KOMPYuTERLAR. KOMPYuTERLARNING STRUKTURASI.
Mikroprotsessor katta integral sxemalariga asoslangan kompyuterlar inson faoliyatining barcha soxalariga, xatto maishiy xayot bilan bog‘liq jarayonlarga kirib keldi. Masalan: to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish dastgoxlari, aloqa vositalari, radio va televidenie, aviatsiya va kosmonavtika, xatto uy ro‘zg‘or anjomlari bo‘lgan xolodilnik, kir yuvish mashinasi, kondinsioner, televizor, video va audio apparatlar, elektr pechlar va boshqalar. Korxona, tashkilotlar va firmalar ofislari uchun birinchi zarur vositaga aylangan kompyuterlar endi xonadonlarimizda oila a’zolarining sevimli xobbisiga aylandi.
Kompyuterlarning - elektron hisoblash mashinalari (EHM) ning turli strukturalari mavjud bo‘lib, ularning sanoat va xalq xo‘jaligining ko‘pgina soxalarida qo‘llanilishiga misollar 1.1 - rasmda keltirilgan.
Kompyuterlardan foydalanuvchilarning aksariyati uchun uning ichki tuzilishi va ishlash prinsiplari «qora quticha» kabi sirli tuyuladi.
Umuman olganda kompyuterlar asosini ikki tuzuvchi: apparat vositalari va dastur ta’minoti tashkil etadi. Apparat vositalari deganda kompyuterda joylashgan bosma platalarga o‘rnatilgan katta integral sxemalar, ularning o‘zaro bog‘lanish sxemalari, kompterning tashqi xotira qurilmalari, displey, klaviatura, audio vositalar, printer, skaner, videokamera, raqamli fotoapparatlar va boshqa bir qator qurilmalarni bog‘lovchi interfeyslar nazarda tutiladi. Dastur ta’minoti esa o‘z ichiga sistema dasturlarini, amaliy dasturlarni, drayver dasturlari va x. k. larni oladi. Kompyuterlar turli ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaramay, struktura jixatidan 1.2 - rasmda keltirilgan umumlashtirilgan struktura sxemasiga ega bo‘lib, ular o‘z ichiga barcha EHMlar uchun zarur bo‘lgan asosiy qismlarni oladi.
Zamonaviy kompyuterda konstruktiv jixatdan sistema g‘ilofida barcha asosiy qurilmalar va ularning markaziy protsessor bilan bog‘lovchi vositalar joylashgan. Markaziy protsessorning tezkorligi va ichki xotira qurilmasining xajmi kompyuterning samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich xisoblanadi. Bu kattaliklar bilan batafsil tanishishga kitobning keyingi qismlari bagishlangan. Xozir esa eng dastlabki ma’lumotlar bo‘lgan - kompyuter ichki kodlari, ularda qo‘llaniladigan asosiy elementlar, bo‘g‘imlar va qurilmalar bilan tanishishni boshlaymiz.
1.1. Kompyuterlarning ichki kodlari.
Kompyuterlarda axborot elektr kuchlanishining ikki xil satxi bilan xarakterlanuvchi, vaqt bo‘yicha turli kenglikka ega bo‘lgan, to‘g‘ri burchakli impulslar sifatida qabul qilinadi, saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi.
bu yerda: U – kuchlanish; t - vaqt.
Kompyuterlarda turli algoritmik tillar asosida dasturlar tuzish, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, buxgalterlik hisoblari va boshqa vazifalarni bajaruvchi dasturlarni yaratish mumkin. Shunga qaramay faqat «Mashina tili» da ma’lumotlar va komandalar sistemasi kompyuter apparat qismining tuzilishi va ishlash prinsipini tushunish imkoniyatini beradi. Mashina tilida ma’lumotlar va dastur komandalari “1” va ”0” raqamlari ketma-ketinligidan iborat kodlar sifatida qo‘llaniladi. Ko‘p xollarda “1” raqamiga impulslar satxining yuqori qiymati, “0” raqamiga esa quyi qiymati mos keladi.
masalan: «1» – 2,5 dan 5 voltgacha, «0» – 0 dan 0,4 voltgacha, 0,4 voltdan 2,4 voltgacha satxga ega bo‘lgan impuls signallari “noto‘g‘ri” axborotning, ya’ni elektr zanjirlarida nosozlik borligining belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |