Zarafshon shahar
12-umumta’lim maktabi
boshlang’ich 2-“D”sinf o’qituvchisi
Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovnaning
“Qiziqarli matematika” to’garagi uchun yozilgan ishlanmasi
“Qiziqarli matematika” 2016yil.15-yanvar
Mavzu:Tenglamalar
Maqsad: O’quvchilarga tenglamalar haqida kengroq tushunchalar berish ,ularning bilimlarini mustahkamlash,matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Masalalarni tenglamalar orqali bajarishga o’rgatib borish.
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, rag’bat kartochkalari.multmediya
Uslub: Tushuntirish, didaktik o’yinlar
Mashg’ulotning borishi
1. O’quvchilar diqqatini jamlash
2. Asosiy qism
Mavzu: Tenglama bu noma’lum sonni topib tenglik hosil qilish.Topilishi kerak bo’lgan noma’lum son x(iks) bilan belgilanadi.
x+35=50 bu tenglama.Tenglama quyidagicha yechiladi. Tenglik to’g’ri bo’lishi uchun x ning o’rniga qanday sonni qo’yish kerakligini bilib olish kerak.
Qaysi son noma’lum. Birinchi qo’shuluvchi. Yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchini ayirib noma’lum qo’shiluvchini hosil qilamiz.
x+35=50 Tekshirish:
x=50-35 15+35=50
x=15 50=50
Ayirmaga ayriluvchini qo’shib kamayuvchini hosil qilamiz.
x- 14=31 Tekshirish:
x=31+14 45-14=31
x=45 31=31
Ayriluvchi noma’lum. Kamayuvchidan ayirmani ayirib ayriluvchini hosil qilamiz.
75-x=45 Tekshirish:
x=75-45 75-30=45
x=30 45=45
Mustaqil yechish uchun tenglamalar.
x+28=62 x-25=22 54-x=37
Masala.Berilgan masalani tenglama asosida yeching.
Do’konda 42taqo’g’irchoq bor edi. Bir necha qo’g’irchoq sotilgandan so’ng, yana 30ta qo’g’irchoq qoldi. Do’konda nechta qo’g’irchoq sotilgan?
Bor edi-42ta
Sotildi- x ta
Qoldi-30ta
Yechish: 42-x=30
x=42-30
x=12
Javob: Do’konda 42ta qo’g’irchoq sotilgan
Mustaqil yechish uchun masala.
Nargiza daraxtdan bir necha olma uzdi. 6ta olmani do’gonasiga berdi. Unda 12ta olma qoldi. Nargiza nechta olma uzgan?
“Chaqqon bilimdonlar” o’yini
45+38 23+22 59-36
67-28 18+20 78-37
“Quvnoq vagonlar” o’yini. Vagonlarga tenglamalar yozilgan bo’ladi. Ular o’quvchilarga tarqatiladi. Birinchi yechgan o’quvchi parovoz bo’ladi.Keyin yechgan o’quvchilar ketma-ket vagon bo’lib joylashib turishadi. Oxiri bo’lgan o’quvchi biror she’r aytib berishi kerak.
73-x=21
x+24=52
x-9=18
Shaklda nechta uchburchak borligini toping.
3.Mashg’ulotni yakunlash; Rag’batlantirish.
Uyga vazifa: x+45=80 91-x=38
Do'stlaringiz bilan baham: |