(tarj.).
261
Sen-Jiro, provinsiyada yashab bo‘lmaydi, deya ta’kidlashda davom
etardi, shunda Jyulen unga iymanibgina janob de Renalni misol qilib
ko‘rsatdi.
– Topgan misolingizni qarang-a! Yoshsiz-da, yigitcha, – deya
xitob qildi Falkoz. – Renal sandon bo‘lib qolmaslik uchun ham gurzi
bo‘lishga oshiqdi. Gurzi bo‘lgandayam, berahm gurzi bo‘ldi u! Lekin
sezib turibman, tez orada uni Valeno qulatsa kerak! Taniysizmi o‘sha
muttahamni? Juda pixini yorgan-da! Bir kun kelib, ko‘z ochib-yum-
gunicha taxtdan qulatishsa-yu, o‘rniga Valeno o‘tirib olsa, o‘sha janob
de Renalingiz nima deb sayrarkin?
– Ana o‘shanda u o‘z jinoyatlari bilan o‘ralashib qolaveradi, – dedi
Sen-Jiro. – Demak, Verrerni bilar ekansiz-da, yigitcha? Xo‘sh, gap
bunday, o‘sha mustabidona makr-hiylalari uchun go‘ringda to‘ngiz
qo‘pgur Bonapart manovi barcha renallar va shelanlarni hokimiyat
tepasiga chiqarib qo‘ydi, ular esa, o‘z navbatida, valeno va maslonlar
saltanatiga yo‘l ochib berishdi.
Siyosat sirlari haqidagi dilni siyoh qiluvchi bu suhbat Jyulenning
e’tiborini o‘ziga tortib, uni shirin xotiralardan chalg‘itmoqda edi.
Parijni birinchi marta olisdan ko‘rganida, u deyarli hayajonlan-
madi ham. Kelajak haqidagi havoyi orzular kechagina u Verrerda
o‘tkazgan yigirma to‘rt soatning hali so‘nib ulgurmagan yorqin
xotiralari oldida orqaga chekinmoqda edi. U, agar poplarning sur-
betlarcha quyushqondan chiqishi natijasida yana respublika barpo
etilib, asilzodalar ta’qib ostiga olinsa, ma’shuqasining bolalarini hech
qachon tashlab ketmaslikka hamda ularni qutqarib qolish va himoya
qilish uchun boshqa barcha ishlaridan voz kechishga o‘zicha ont ichib
borardi.
U Verrerga kirib borgan o‘sha kechada, narvonini de Renal
xonimning derazasiga tiragan o‘sha daqiqada bironta begona odam
yoki janob de Renalning o‘ziga duch kelib qolganda-chi, unda holi ne
kechardi?
Ma’shuqasi uni quvib yuborishga uringan, Jyulen esa qorong‘ida
uning yonida o‘tirib, uni bunday qilmaslikka ko‘ndirmoqchi bo‘lgan
o‘sha ikki soatni eslashning o‘zidan qanchalar huzur qilish mum-
kin! Jyulenga o‘xshash odamlarning qalbida bunday xotiralar
bir umr saqlanib qoladi. Uchrashuvning oxiri esa unga bir yil
muqaddam kechgan voqealarni, sevgilarining dastlabki kunlarini
eslatardi.
262
Biroq shu payt kareta to‘xtadi-yu, Jyulenning shirin xayollari to‘zib
ketdi. Ular Jan-Jak Russo ko‘chasidagi pochta stansiyasining hovlisiga
kirib borishgan edi.
– Men Malmezonga bormoqchi edim, – dedi u yoniga kelib to‘xta-
gan kabrioletni ko‘rib.
– Bemahalda u yerga borib nima qilasiz, afandim?
– Bu yog‘i bilan ishingiz bo‘lmasin! Marhamat, haydang.
Chinakamiga ehtirosga berilgan odam faqat o‘zini o‘ylaydi. Xuddi
shu boisdan ham, nazarimda har bir odam, barcha menga qiziqib
qarayapti, deb o‘ylaydigan Parijda ehtiroslar juda bema’ni bo‘ladi.
Men Jyulenning Malmezonga borgach, qanday zavqlanganini tasvir-
lab o‘tirmayman. U yig‘lardi. Yig‘lardi, deysizmi? Shu yili qurilgan
anavi jirkanch oq devorlar butun parkni bo‘lak-bo‘lak qilib turganiga
qaramasdan-a? Buni qarangki, afandim, ha, u yig‘lardi; Jyulen uchun
ham, keyingi avlod uchun ham Arkol ko‘prigi, Muqaddas Yelena va
Malmezon orasida hech qanday farq yo‘q edi.
Kechqurun Jyulen teatrga borishga jazm etishdan avval ancha
ikkilanib turdi: u bu xudobezor joy haqida juda g‘alati fikrda edi.
Qattiq ishonchsizlik uning gavjum Parijni zavq bilan tomosha
qilishiga xalal berardi; uning yuragiga faqat o‘z qahramoni qoldirgan
yodgorliklargina ta’sir etardi. «Shunday qilib, demak, men har xil fit-
nalar va munofiqliklar markaziga yetib keldim! Abbat de Frilerning
homiylari xuddi shu yerda hukmronlik qilishadi».
Uchinchi kuni kechqurun sinchkovlik uning hamma yoqni tomo-
sha qilib olish va shundan keyingina abbat Pirarning oldiga borish
niyatidan ustun keldi. Abbat sovuq va quruq bir ohangda uni janob
de lya Molning uyida qanday hayot kutayotganini tushuntirib berdi.
– Agar bir necha oydan so‘ng foydali odam bo‘lib chiqmasangiz,
seminariyaga qaytib ketaverasiz, ammo endi sizning himoyachingiz
bo‘ladi. Siz markizning uyida yashaysiz, u Fransiyadagi eng katta
davlat arboblaridan biri hisoblanadi. Siz qora kostyum kiyib yurasiz,
lekin u ruhoniylar kiyimi bo‘lmay, motam tutgan odamlarning ki-
yimiga o‘xshagan bo‘ladi. Men haftasiga uch marta sizni o‘zim tavsiya
qilgan seminariyada uluhiyat bo‘yicha mashg‘ulotlarni davom ettir-
mog‘ingizni talab qilaman. Har kuni choshgoh payti siz markizning
kutubxonasida hozir bo‘lasiz, u sizga suddagi da’volashuvlari va
bo‘lak ishlari bo‘yicha yozishmalar olib bormoqni tonshirmoqchi.
Markiz o‘z nomiga kelgan har bir xatning hoshiyasiga qanday javob
263
bermoq haqida qisqagina qilib ikki og‘iz so‘z yozib qo‘yadi. Mening
nazarimda, – uning o‘ziga ham shu gapni aytdim, – uch oydan so‘ng
siz bu javoblarni yozish bobida shunday bir malaka hosil qilasizki,
markizga qo‘l qo‘yish uchun o‘n ikkita xat olib borsangiz, u sakkiz
yoki to‘qqiztasiga imzo chekib bera oladi. Kechqurun soat sakkizda
siz hamma narsalarni yig‘ishtirib, uning yozuv stolini tartibga solasiz
va soat o‘nda ishni tugatib ketaverasiz. Ehtimol shunday ham bo‘larki,
– deya davom etdi abbat Pirar, – bironta keksa xonim yoki biror janob
tilyog‘lamalik bilan sizga markizning nomiga kelayotgan xatlarni
ko‘rsatmog‘ingiz uchun olam-olam boylik yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri oltin
taklif qilishlari mumkin.
– Ah, taqsir! – deya xitob qildi Jyulen qizishib.
– Bag‘oyat qiziq, – dedi abbat zaharxandalik bilan iljayib, – shu
kambag‘alligingiz bilan, buning ustiga seminariyada bir yil tahsil
ko‘rganingizdan keyin ham qalbingizda olijanob g‘azabning saqla-
nib qolganiga hayronman. Chamasi, hech nimani o‘rganmaganga
o‘xshaysiz!
– Zotiga tortish emasmikan bu? – dedi abbat ovozini pasaytirib,
xuddi o‘zicha mulohaza yuritayotgandek. – Eng qizig‘i shundaki, –
deya qo‘shimcha qildi u Jyulenga razm solib, – markiz sizni tanir ekan...
Lekin qayoqdan tanishini sira bilolmadim. Boshlanishiga u sizga yuz
luidor maosh belgiladi. Bu odam faqat o‘zining rind tabiatiga bo‘ysu-
nadi – uning kamchiligi ana shu. Tentaklik bobida, u chamasi, sizdan
ham qolishmasa kerak. Agar u ishingizdan xursand bo‘lsa, vaqti kelib
maoshingiz sakkiz ming frankka qadar ko‘tarilishi mumkin.
– Lekin u bu pulni sizga, – deya achitib davom etdi abbat, – chiroyli
ko‘zlaringiz uchun to‘lamasligini tushunsangiz kerak, albatta. Uning
uchun foydali odam bo‘la oling. Sizning o‘rningizda bo‘lganimda men
kamroq gapirishga, o‘zim bilmaydigan narsalar haqida umuman og‘iz
ochmaslikka harakat qilgan bo‘lardim.
– Ha, aytganday, – – deya gap qotdi abbat, – siz uchun ba’zi bir
ma’lumotlar ham to‘plab qo‘yganman: janob de lya Molning oilasi
haqida aytishni unutay debman. Uning ikki farzandi bor: bir o‘g‘li va
bir qizi. O‘g‘li o‘n to‘qqizlarda, kelishgan, olifta, choshgoh payti soat
ikkida xayoliga nima kelib qolishini bilmaydigan yengiltak yigit. Lekin
ancha aqlli, dovyurak, Ispaniyada jang qilgan. Sababini bilmayman-u,
lekin markiz sizning yosh graf Norber bilan do‘stlashib ketishingizga
umid qilmoqda. Men unga sizning lotin tilini ancha yaxshi bilishingizni
264
aytgan edim. Ehtimol, u sizning o‘g‘liga Sitseron va Vergiliy to‘g‘risida-
gi ba’zi mashhur gaplarni o‘rgatib qo‘yishingizga umid qilayotgandir.
Sizning o‘rningizda bo‘lganimda, men bu barno yigitchaning meni
mazax qilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymagan va uning bag‘oyat odob
bilan, lekin kinoya aralash aytadigan shirin gaplariga uchmoqdan
avval, ularni dilimda bir necha bor takrorlab, yaxshilab o‘ylab ko‘rgan
bo‘lardim.
Yashirib o‘tirmayman, turgan gap, yosh graf de lya Mol sizga
mensimay qaraydi. Zero, shuning uchun hamki, siz oddiy avomning
farzandisiz, uning ajdodi esa saroy amaldori o‘tgan va ming besh yuz
yetmish to‘rtinchi yilning yigirma oltinchi aprelida Grev maydonida
boshini kundaga qo‘yish sharafiga muyassar bo‘lgan.
Siz esa bor-yo‘g‘i verrerlik duradgorning o‘g‘lisiz va uning otasidan
maosh olib yashaysiz. Ana shu tafovut haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring
va Moreri shajaranomasidan ushbu oilaning tarixini o‘qib oling. Ular-
ning ziyofatlariga kelib turadigan barcha xushomadgo‘ylar, o‘rni kelib
qolganda, bu tarixiy asarni biror yo‘l bilan tilga olmasdan o‘tmaydilar.
Keyinchalik mening oldimga shikoyat qilib kelmaslik uchun gu-
sarlar eskadronining komandiri, Fransiyaning bo‘lajak peri janob graf
Norber de lya Molning hazil-mutoyibalariga javob bermoqdan oldin
yaxshilab o‘ylab oling.
– Nazarimda, – deya javob qildi qip-qizarib Jyulen, – mendan
nafratlanadigan odamning gaplariga javob bermay qo‘ya qolishim
kerak.
– Siz bunday nafratni tasavvur ham eta olmaysiz, u faqat o‘ta
nazokatli gaplar bilangina izhor etiladi. Agar tentak bo‘lganingizda,
siz albatta osongina aldanib qo‘ya qolardingiz, bordsho har nima qilib
bo‘lsa-da, durustroq martabaga erishmoqni istasangiz, u holda siz
o‘zingizni laqma qilib ko‘rsatmog‘ingiz lozim bo‘lur edi.
– Agar kunlardan birida, bu ishlar menga to‘g‘ri kelmas ekan, de-
sam-u o‘sha yuz uch raqamli hujramga qaytib ketsam, – dedi Jyulen,
– nima, u holda ko‘rnamak hisoblanamanmi?
– Ha, albatta, – deya javob qildi abbat, – bu xonadonning barcha
hamtovoqlari sizga tuhmat yog‘dirishga harakat qilishadi, ammo
shunda men paydo bo‘laman. Absum gui feci
32
. Ularga men, shunday
qarorga keldim, deb aytaman.
32
Bu ishni qilgan odam – men (lot.).
265
Janob Pirarning zarda bilan, deyarli darg‘azab bo‘lib gapirishi
Jyulenni qattiq tashvishga solib qo‘ygan edi: shu tufayli u abbatning
so‘nggi so‘zlarining ham qadriga yeta olmadi.
Gap shunda ediki, abbat Jyulenga mehr qo‘yib qolgani uchun
o‘zini yozg‘irardi va o‘zga odamning taqdiriga shu yo‘sinda aralashib,
go‘yo shakkoklik qilayotgandek, qalbini qandaydir qariyb xurofiy bir
vahima qoplamoqda edi.
– Siz u yerda yana, – deya davom etdi u go‘yo qandaydir ko‘ngil-
siz vazifani bajarayotgandek norozi bir ohangda, – siz u yerda yana
markiza de lya Mol xonimga ham duch kelasiz. Bu sochlari oqishtob,
baland bo‘yli xonim juda xudojo‘y, dimog‘dor, g‘oyat odobli, lekin
hech narsaga arzimaydigan hovliqma ayol. U o‘zining aristokratik
urf-odatlari bilan mashhur bo‘lgan keksa gersog Shonskiyning qizi.
Bu basavlat xonimni o‘z tabaqasiga mansub ayollar tabiatining tub
mohiyatini juda yaxshi aks ettiruvchi ajoyib namuna desa bo‘ladi. U
o‘zining nazarida hurmatga loyiq yagona fazilat – bu salib yurishla-
rida ishtirok etgan ajdodlarga ega bo‘lmoq ekanligini yashirib ham
o‘tirmaydi. Pul, uningcha, ikkinchi darajali narsa bo‘lib, unchalik
ahamiyatga molik ham emas. Bu gapdan ajablanyapsizmi? Siz bilan
biz endi provinsiyada emasmiz, do‘stginam.
Uning mehmonxonasida siz podshohlarimiz haqida iltifotsizlik
bilan gapirishga jur’at etadigan talaygina katta amaldorlarga duch
kelasiz. De lya Mol xonimning o‘ziga kelsak, u har gal qirol oilasidan
bo‘lgan bironta shahzoda yoki xususan malika nomini tilga olganida
albatta ehtirom ila tovushini pasaytiradi. Uning oldida Filipp Ikkinchi
yoki Genrix Sakkizinchilarning yovuz maxluq o‘tganliklari haqida
gapirmaslikni maslahat beraman. Ular qirol bo‘lishgan, bu esa ularga
barcha odamlar, ayniqsa siz bilan bizga o‘xshash chakana odamlar
oldida beqiyos izzat-hurmatda bo‘lish huquqini beradi. Ammo, –
deya davom etdi janob Pirar, – biz ruhoniylarmiz, – har qalay u sizni
shunday hisoblaydi va ruhoniy sifatida uning oxiratini qutqarib olish
uchun xizmat qiladigan malayga o‘xshash bir odammiz.
– Taqsir, – dedi Jyulen, – chamamda, men Parijdan tez orada jo‘nab
ketadiganga o‘xshayman.
– U holda sizga oq yo‘l tilayman, xolos. Lekin yodingizda bo‘lsin,
bizning kasb-korimizda katta mansabdorlarning soyasiga sig‘inmay
turib biron narsaga erishib bo‘lmaydi. Ammo mening bilishimcha,
sizning tabiatingizga xos tushunib bo‘lmaydigan xislatlar, agar ha-
266
yotingizni mustahkam yo‘lga qo‘ya olmasangiz, sizni quvg‘inga mah-
kum etgay – siz uchun o‘rtacha yo‘l bo‘lmaydi. Xomxayolga berilmay
qo‘ya qoling. Odamlar sizga murojaat qilishganida bu narsaning sizga
yoqmaganligini darhol sezishadi, kishilar bir-biriga tezda el bo‘lib
ketadigan bizning mamlakatimizda esa siz, agar o‘zingizni hurmat
qilishga majbur etmasangiz, sho‘rpeshana bo‘lib yashashga mahkum
bo‘lgaysiz. Agar markiz de lya Molning miyasiga bu fikr kelib qolma-
ganida Bezansonda holingiz ne kechardi? Bir kun keladiki, u siz uchun
qanday ajoyib ish qilganini o‘zingiz ham tushunib qolasiz va agar
nonko‘r maxluq bo‘lib chiqmasangiz, undan ham, uning oilasidan ham
umrbod minnatdor bo‘lib yurasiz. Sizdan ancha o‘qimishliroq bo‘lgan
qanchadan-qancha faqir abbatlar Parijda yillar davomida diniy ma-
rosimlarni ijro etganlari uchun o‘n besh su va Sorbonnadagi ilmiy
muzokaralari uchun o‘n su olib yashaganlar!.. Yodingizdami, bultur
qishda sizga anavi muttaham kardinal Dyubuaning dastlabki yillar
qanday yashaganini hikoya qilib bergan edim. Yoki siz o‘z mag‘rur-
ligingiz bilan ehtimol, undan ham iste’dodliroqman, deb o‘ylarsiz?
Mana, masalan, meni olaylik: o‘zim og‘ir-vazmin, o‘rtamiyona
bir odamman, shu boisdan ham butun umrimni o‘sha seminariyada
o‘tkazaman, deb o‘ylab, bolalarcha tentaklik bilan unga mehr qo‘yib
qoldim. Oqibati nima bo‘ldi? Iste’foga chiqish haqida ariza berganim-
da, meni busiz ham ishdan olib tashlamoqchi bo‘lib yurishgan edi.
O‘sha paytda tirikchilik uchun qancha mablag‘im bo‘lganini bila-
sizmi? Bor-yo‘q kapitalim besh yuz yigirma frankdan iborat bo‘lib,
ikki-uch tanishlardan bo‘lak do‘stlarim ham yo‘q edi. Janob de lya Mol
bilan ilgari sira ham uchrashmagan edik, lekin boshimga og‘ir kun
tushganida u menga najot qo‘lini cho‘zdi: uning bir og‘iz gapi bilan
meni qavm ruhoniysi etib tayinlashdi. Qavmim anchayin badavlat
odamlardan iborat, turli illatlarga mukkasidan ketgan kishilar yo‘q
unda. Men olayotgan daromadning qilayotgan mehnatimga nisbatan
qanchalar ko‘pligini esa, hatto aytishga ham uyalaman. Yengiltaklikni
yig‘ishtirib, aql bilan ish tutmog‘ingiz uchun ham ko‘p gapiryapman.
Ha, yana bir gapim bor: baxtga qarshi men ancha jizzaki odam-
man, ehtimol, bir kun kelib siz bilan biz gaplashmay qo‘yishimiz ham
mumkin.
Agar markizaning takabburligi yoki o‘g‘ilchasining hazil-mazaxlari
joningizga tegib, bu xonadonda ortiq turolmay qolsangiz, sizga masla-
hatim, Parijdan yuz-yuz ellik chaqirim naridagi biror seminariyada
267
tahsilni nihoyasiga yetkazing. Yana shuni aytmog‘im kerakki, janub-
dan ko‘ra shimol afzalroq. Shimolda aholi birmuncha madaniyatliroq,
adolatsizlik ham kamroq uchraydi va shuni ham tan olmoq lozimki,
– deya qo‘shimcha qildi u tovushini pasaytirib, – Parij gazetalarining
yaqinligi, har qalay, bu kichkina mustabid hokimlarni ma’lum qadar
jilovlab turadi.
Agar munosabatimiz bir-birimizga nisbatan ayni muddao bo‘lib
boraversa-yu, markizning uyi sizga to‘g‘ri kelmay qolsa, menga vikariy
bo‘lmoqni taklif etaman, shunda qavmdan tushadigan daromadning
yarmi sizniki bo‘ladi. Menga Bezansonda qilgan ajoyib taklifingiz
uchun, – deya qo‘shimcha qildi u minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lgan
Jyulenni to‘xtatib, – sizga bundan ham ko‘proq qarzdorman. Agar
o‘shanda besh yuz yigirma frank mablag‘im bo‘lmaganida, siz meni
qutqarib qolgan bo‘lur edingiz.
Abbatning tovushida boyagi zaharlilik g‘oyib bo‘lgandi. O‘zi uchun
uyat bo‘lsa ham Jyulen ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lganini his etdi, shu
tobda u keksa do‘stini quchoqlab olgisi kelardi; u o‘zini tutib turolmadi
va iloji boricha dadil ovozda dedi:
– Men yorug‘ dunyoga kelibmanki, otam meni yomon ko‘rardi,
bu mening uchun juda katta baxtsizlik edi, lekin men endi tasodif-
dan umrbod minnatdor bo‘lgayman, siz men uchun ota o‘rniga ota
bo‘ldingiz, taqsir.
– Yaxshi-yaxshi, – deya xijolat chekib ming‘illadi abbat va se-
minariya direktoriga munosib bir pand-nasihat aytish imkoniyatidan
xursand bo‘lib qo‘shimcha qildi, – hech qachon «tasodif» demaslik
kerak, bo‘tam, doim «Xudoning karami» deb ayting.
Kirakash fayton to‘xtadi-yu, ko‘chir ulkan darvozada osig‘liq tur-
gan birinj bolg‘achani qo‘liga olib, uni taqillatdi. Bu de lya Mol saroyi
edi, o‘tkinchilar bunga shubha qilmasliklari uchun esa shu so‘zlar
darvoza tepasiga o‘rnatilgan qora marmar taxtaga o‘yib yozilgandi.
Bu dabdaba Jyulenga yoqmadi. Axir ular yakobinchilardan
o‘lgudek qo‘rqishadi-ku! Ularga har bir devor ortida Robesper va
uning jodu ortilgan aravasi yashiringandek tuyulardi. Bu qo‘rquv
shu darajaga borib yetardiki, ba’zan odam kulaverib, ichagi uzil-
gudek bo‘lardi. Bu yerda esa, mabodo isyon ko‘tarilib, olomon hu-
jum qilib qolgudek bo‘lsa go‘yo u adashib qolmasligi uchun ataylab
o‘z uyini ko‘z-ko‘z qilishayotgandek edi. Jyulen bu fikrini abbat
Pirarga aytdi.
268
– Eh, bechora bo‘taginam! Bunaqada ko‘p o‘tmay menga vikariy
bo‘ladiganga o‘xshaysiz. Namuncha miyangizga bunaqa dahshatli
fikrlar kelmasa-ya!
– Axir o‘z-o‘zidan shunday xulosa kelib chiqyapti-da, – deya javob
qildi Jyulen.
Darbonning basavlat ko‘rinishi va, ayniqsa, hovlining chinniday
tozaligini ko‘rib, Jyulen juda zavqlanib ketdi. Havo ochiq bo‘lib, quyosh
charaqlab turardi.
– Qanday ajoyib arxitektura! – dedi u o‘z hamrohiga.
Bu imorat esa Volter o‘limidan xiyol oldin, Sen-Jermen qasabasida
didsizlik bilan qurilgan uylardan biri edi. Moda bilan go‘zallik hech
qachon shu qadar bir-biridan uzoq bo‘lmagandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |