Qog’ozni xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas



Download 34 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi34 Kb.
#715542
Bog'liq
Qog’ozni xitoyl


Qog’ozni xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas.

Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o’zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo’lgan. Qog’oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxatachalari yoki shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o’ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o'g'ir bo’lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o’rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvir qiling, bitta o’rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo’lgan ekan? Bunday «Bambukli kitob»ni ko’tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo’lgan.


Ikkinchidan, faqat Xitoyliklargina uzoq davrlar mobaynida ipak va shoyi ishlab chiqarish sirlarini bilishgan va qog’oz ishlab chiqarish jarayoni aynan ipak uchun pillalarni texnik qayta ishlash bosqichidan rivoj topgan. Bu hodisa quyidagicha yuz bergan: Ipakchilik bilan shug’ullanuvchi ayollar, ipak qurti pillalarini qaynatib olib, keyin bo’yraga yoyishgan va suvga bo’ktirib, bir jinsli bo’tqasimon massa hosil bo’lgunicha ishqalashgan. Bu bo’tqani suvdan siqib olishgach, shoyi qo’goz hosil bo’lgan. Lekin, bunday mexanik va issiqlki ta’sirlaridan keyin bo’yralar yuzasi bo’ylab yupqa tolasimon qatlam, paydo bo’lib, quritib, sidirib olingach juda yupqa, ammo yozuv uchun qulay qog’ozga aylangan. Keyinchalik ipakchilar, yaroqsiz ipak pillalarini maxsus saralab, maqsadli ravishda qog’oz ishlab chiqarishga yo’naltiradigan bo’ldilar. Bunda ular, doimiy tanish jarayonni takrorlar edilar: pillalarni qaynatishardi, yuvib olib mayadalab, qog’oz bo’tqasi hosil bo’lunicha ishqalab aralashtirishardi. Va nihoyat ytayyorlangan qog’oz qatlamlarini quritib olib, shaklga keltirib tayyor mahsulot ko’rinishida taqdim etishardi. Mazkur jarayon ular uchun odatiy ish – ipak va shoyi tayyorlashdan juda kam farq qilgan. Bunday usulda tayyorlangan qog’oz ham ancha qimmat turgan, chunki uning xom ashyosining o’zi ham qimmat edi.

Tabiiyki, qog’ozni faqat ipak tolasidan qilish shart emasligi, unga tola beradigan har qanday xom ashyo, xususan o’simliklarning ham mos kelaverishi mumkinligini tez orada anglab yetishdi. 105 yilda Imperator saroyidagi mansabdorlardan biri Tsay Lune ski baliqchilik to’rlaridan qog’ozning yangi turini tayyorlab ko’rdi. Sifati bo’yicha u pilla qog’ozidan qolishmas, tannarxi bo’yicha esa, ancha arzon edi. Bu muhim ixtiro nafaqat Xitoy, balki butun insoniyat uchun katta ahamiyatga ega edi. Tarixda birinchi bor odamlar yozish uchun sifatli va arzon materialga ega bo’ldilar. Shu sababli ham Tsay Lunning ismi, insoniyatning buyuk ixtirochilari qatorida yodga olinadi.



Keyingi asrlarda qog’oz tayyorlash jarayoni rivojiga katta ta’sir qilgan bir necha takomillashtiruvlar joriy etildi. IV asrga kelib qog’oz bambuk taxtachalarini iste’moldan butunlay siqib chiqardi. Tajribalar orqali qog’ozni endilikda daraxr po’stlog’i, qamish yoki boshqa tolali o’simlioklardan olish usullari o’ylab topildi. Ayniqsa bambukdan qog’oz tayyorlash texnologiyasining kashf etilishi Xitoy uchun katta ahamiyatgo molik hodisa bo’ldi. Chunki mazkur o’simlikning Xitoyda katta miqdorlarda o’sib yetilishi, xom ashyoga bo’lgan talabni cheksiz qondirish imkoniyatini berardi. Bambukni titib, tilib mayda payrahalar holiga keltirishgan va uni so’ndirilgan ohak bilan ivitib, hosil bo’lgan quyqani bir necha kun mobaynida qaynatib olishgan. So’ngra quyqani o’ralarga sizdirib olib, maxsus yog’ochlar bilan tuyib chiqshgan va xamirsimon yopishqoq massa hosil bo’lgunicha suv bilan aralashtirib turishgan. Mazkur xom ashyoni maxsus shaklli qoliplarga quyib, presslashgan. Qolipdan chiqarilganda yupqa, yozuv uchun mutlaqo yaroqli qog’oz hosil bo’lgan. Qo’gozga kerakli o’lcham berib qirqib chiqish bilan jarayon yakunlangan va mahsulot tayyor holda iste’molchilarga yuborilgan.

Vaqt o’tishi bilan Xitoyliklar qog’oz tayyorlashni san’at darajasida o’zlashtirdilar. Asrlar davomida ular o’z odatlariga ko’ra qog’oz tayyorlash texnologiyasini boshqa xalqlardan qattiq sir saqlashdi. Lekin, 751-yilda, Tyan-Shan tog’lari etagidagi arablar bilan to’qnashuvda bir nechta xitoylik qog’oz ustalari asirga tushib qolishdi. Ulardan arablar qog’oz tayyorlash usullarini o’rganib oldilar va keying bir necha asr davomida yevropani mazkur mahsulot bilan ancha samarali ravishda ta’min qildilar. Yevropaliklar madaniylashgan xalqlar ichidagi qog’oz tayyorlashni eng kech o’zlashtirgan hisoblanadilar. Bu san’atni arablardan o’rgangan birinchi Yevropa xalqi – ispanlar bo’lishdi. 1154-yilda qog’oz ishlab chiqarishi Itlaiyda, 1228-yilda Germaniyada, so`nra esa Angliyada ham o’zlashtirildi. Keyingi asrlarda qog’oz butun jahon bo’yicha keng tarqalib, bosqichma bosqich yangi qo’llanish sohalariga kirib bormoqda. Qog’ozning hayotimizda tutgan ahamiyati shunchalik muhimki, farang biblograf mutaxassisi A.Sim fikriga ko’ra, bizning eramizni «Qog’oz erasi» deb atasak ham bo’laverar ekan…
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish