qo‘nimsiz edi. Bu epitetning provinsiyada eng yomon sifat hirobla-
nadigan betayin degan ma’nodan farqi juda oz edi.
«Qiziq, – dedi o‘ziga-o‘zi bir kuni Jyulen Matilda chiqib ketgach,
– u meni shu qadar ehtiros bilan sevsa-yu, men esa bunga mutlaqo
befarq qarasam. O‘lim yaqinlashgan sari inson hamma narsaga loqayd
qaraydigan bo‘lib qoladi, deb o‘qigan edim, ammo o‘zingni ko‘riamak
his etish va munosabatingni o‘zgartira olmaslik dahshat bo‘lar ekan.
Demak, men xudbin ekanman-da?». Shundan so‘ng u o‘zini-o‘zi qattiq
koyiy boshlardi.
Yigitning qalbida shuhratparastlik o‘lgan bo‘lib, uning xokidan
yangi bir tuyg‘u o‘sib chiqqan edi: Jyulen buni de Renal xonimga
suiqasd qilganidan pushaymonlik, deya atardi.
Aslida esa u de Renal xonimga bo‘lgan sevgidan es-hushini
yo‘qotayozgan edi. U yolg‘iz qolib, bironta odamning xalal berishidan
qo‘rqmagan paytlari Verrer yoki Verjida o‘tkazgan o‘sha baxtiyor
kunlar haqidagi xotiralarga berilar ekan, dilida qandaydir ajib bir
tuyg‘u his etardi. O‘sha kezlari bir lahzada o‘tib ketgan eng kichik
voqealar ham uning uchun nafis va latif bir ma’no kasb etgandi. U
Parijda qozongan muvaffaqiyatlarini hech qachon eslamasdi, ularni
o‘ylasa zerikib ketardi.
Yigitning kundan-kun avj olib borayotgan bu ruhiy holatini rashk-
chi Matilda ham ma’lum darajada payqab qolgan edi. U ba’zan o‘zi
Jyulenning yolg‘izlikka bo‘lgan muhabbati bilan kurashishga majbur
bo‘layotganini juda aniq sezardi. Ba’zan qiz dahshat bilan de Renal
xonimning nomini tilga olardi. Shunda u yigitning seskanib tushganini
ko‘rardi. Uning Jyulenga nisbatan otashin sevgisi kundan-kun alanga
olib borardi, bu tuyg‘uga hech nima to‘sqinlik qila olmasdi.
«Agar u o‘lsa, uning ortidan men ham o‘laman, – derdi u o‘ziga
to‘la ishonch bilan. – Mendek asilzoda bir qizning o‘lim jazosiga
hukm etilgan o‘z mahbubini bunday sajda qilish darajasida sevishini
eshitishsa, Parij mehmonxonalaridagilar nima deyisharkin? Faqat
qahramonlar davridagina bunday sevgini uchratish mumkin edi.
Ha, Karl To‘qqizinchi va Genrix Uchinchi paytida qalblar xuddi ana
shunday sevgi bilan yongan».
Ehtirosi jo‘sh urgan daqiqalarda u Jyulenning boshini ko‘ksiga
bosib turar ekan, o‘ziga-o‘zi dahshat bilan derdi: «Qanaqasiga endi?
Nahot shunday chiroyli bosh tanidan judo qilinsa? Ah, hali shunaqa-
mi, – deya qo‘shimcha qilardi u o‘zining qandaydir jozibali tomoni
522
bo‘lgan bu qahramonligidan ruhlanib, – u holda oradan bir kun
o‘tmasdanoq hozir mana shu jingala sochlarga yopishgan lablarim
abadiy soviydi-qo‘yadi».
Qahramonlik va sevgi ehtiroslarining bunday jo‘sh urishi haqidagi
xotiralar uni o‘ziga qandaydir asir qilib olgandi. Aslida jozibali tuyu-
ladigan, lekin shu paytga qadar bu takabbur qalb uchun notanish
bo‘lgan o‘zini o‘zi o‘ldirish haqidagi fikr endi qizning diliga joylashib
olgach, uni butunlay o‘ziga zabt etgandi.
«Yo‘q, ajdodlarimning qoni tomirida sovib qolmabdi», derdi o‘zi-
ga-o‘zi faxrlanib Matilda.
– Sizga katta bir iltimosim bor» – dedi qizga bir kuni Jyulen, – bo-
langizni Verrerda bironta enagaga bering, de Renal xonim esa o‘sha
enagani nazorat qilib turadi.
– Qanday shafqatsiz gaplarni aytyapsiz menga. – shunday deya
Matilda oppoq oqarib ketdi.
– Ha, rost, meni kechir, oldingda benihoya aybdorman! -– deya
xitob qildi hushiga kelgan Jyulen Matildani bag‘riga bosar ekan. Biroq
u qizni tinchitishga muvaffaq bo‘lib, Matilda yig‘idan to‘xtagandan
keyin u yana o‘sha fikrga qaytdi. Ammo endi yigit ancha ehtiyotkor-
lik, faylasufona g‘amginlik bilan so‘zladi. U yaqin orada o‘zi mahrum
bo‘ladigan kelajak haqida gapirmoqda edi. – Shuni tan olmoq kerakki,
jonginam, muhabbat, bu – hayotdagi tasodifdir, lekin bunday tasodifga
faqat yuksak qalb sohiblarigina musharraf bo‘la oladi. O‘g‘limning
o‘limi aslida sizning nasl-nasabingiz uchun baxt bo‘lardi, hamma
xizmatkorlaringiz buni juda yaxshi his etishadi. Isnod va baxtsizlik
farzandi bo‘lgan bu bolani hech kim pisand qilmaydi... Men shunday
bir vaqtning kelishiga umid qilamanki, bu vaqtning qachon kelishi
haqida gapirishni mutlaqo istamayman, lekin mening matonatim
shunday bo‘lishini oldindan sezyapti, siz mening vasiyatimga amal
qilib, markiz de Kruaznuaga turmushga chiqasiz.
– Bu nima deganingiz? Mendek badnom bo‘lgan bir qiz-a?
– Badnomlik tamg‘asi siznikidek bir nomga yopishishi mumkin
emas. Siz beva bo‘lasiz, beva bo‘lganda ham telba yigitning bevasi
bo‘lasiz, bor gap shu. Sizga bundan ham aniqroq qilib aytishim
mumkin: mening jinoyatimga hech qanday tamagirlik aralashgan
emas, shu boisdan ham u unchalik nomus bo‘lib hisoblanmaydi.
Ehtimol, o‘sha paytga borib bironta qonun chiqaruvchi faylasuf,
zamondoshlarining barcha xurofotiga qaramay, o‘lim hukmini
523
bekor qilishga erishar. Ana shunda o‘rni kelib qolsa, biror do‘sto-
na ovoz: «Mademuazel de lya Molning birinchi eri yodingizdami,
to‘g‘ri, u telba edi, lekin bechora sira ham yovuz yoki zolim emasdi.
Uning boshini olib juda bema’ni ish qilishgan...» – deyishi mumkin.
Shundan so‘ng mening xotiramdan sira nomus qilmasangiz bo‘ladi,
ayniqsa oradan biroz vaqt o‘tgach... Agar sizga uylansa, jamiyatdagi
sizning mavqeingiz, sizning davlatingiz va ochig‘ini aytishga ijozat
etasiz, sizning o‘tkir aql-idrokingiz janob de Kruaznuaga shunday
obro‘-e’tibor keltiradiki, uning o‘zi hech qachon bunga erisha ol-
magan bo‘lur edi. Axir uning oliy nasl-nasab va jasoratdan bo‘lak
ko‘zga tashlanadigan boshqa hech nimasi yo‘q. Bu fazilatlar bilan
esa 1729-yilda muvaffaqiyatga erishish mumkin edi, zero o‘shanda
hamma narsani shu fazilatlar hal qilardi. Endi, oradan bir asr o‘tgach,
bu xislatlar shunchaki anaxronizm hisoblanadi va faqat insonning
dilida umid uyg‘otadi xolos. Hozir fransuz yoshlariga yo‘lboshchilik
qilmoq uchun dilda ba’zi boshqa fazilatlar ham bo‘lmog‘i kerak.
Siz ana shu g‘ayrat va shijoatingiz bilan eringizni a’zo bo‘lishga
majbur etgan bironta siyosiy guruhni qo‘llab-quvvatlaysiz. Siz Fron-
da zamonida shuhrat qozongan Shevrez yoki Longevil xonimlar-
ning munosib vorisi bo‘lishingiz mumkin... Lekin u paytga borib,
jonginam, hozir sizga ilhom bag‘ishlab turgan ilohiy o‘t birmuncha
so‘nib qoladi.
– Sizga shu narsani aytmoqqa ijozat etgaysizki, – deya qo‘shim-
cha qildi u Matildaning etini biroz o‘ldirganidan so‘ng, – oradan o‘n
besh yil o‘tgach, hozir dilingizdagi menga bo‘lgan muhabbatingiz
sizga tentaklik, ehtimol uzrli, lekin har qalay tentaklik bo‘lib tuyula
boshlaydi.
U birdan xayolga tolib, jimib qoldi. Uning miyasini yana Matil-
daning g‘azabini qo‘zg‘atgan o‘sha fikr chulg‘ab olgan edi: «Oradan
o‘n besh yil o‘tgach, de Renal xonim mening o‘g‘limni jonidan yaxshi
ko‘radi, siz esa uni unutib yuborasiz».
524
Do'stlaringiz bilan baham: |