Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

qa yerda uch kishi to‘planib, Xudoning buyuk nomiga imon keltira  

oladi?»


«Yolg‘izlikda yashamoq!.. Qanday azob!..»

«Men aqldan ozyapman, lekin nohaqman, – dedi Jyulen peshonasi-

ga shapatilab. – Men shu yerda, mana shu qamoqxonada yolg‘izman, 

lekin yorug‘ dunyoda yolg‘iz yashaganim yo‘q, qudratli burch g‘oyasi 

meni ruhlantirib kelgan. Va men o‘zim belgilab bergan ana shu burch, –  



553

adashganmidim yoki haqmidim, – men uchun momaqaldiroq payti 

tagida panoh topishim mumkin bo‘lgan qudratli daraxt tanasidek 

bir narsa edi. To‘g‘ri, men ikkilanardim, qayon borgum bilolmay 

uyoqdan-buyoqqa talpinardim. Oxir-oqibatda, men ham oddiy bir 

insonman... lekin bu yo‘lda xato qilmadim...

Yolg‘izlik haqida o‘ylashimga qamoqxonadagi manovi rutubat 

sabab bo‘lyapti...

Lekin riyokorlikka la’nat o‘qib, nega har qalay o‘zim riyokorlik 

qilyapman. Axir meni qiynayotgan narsa – o‘lim ham, qamoqxona ham, 

rutubat ham emas, balki de Renal xonimning yonimda yo‘qligi. Agar 

Verrerda xonimni ko‘rmoq uchun uning uyidagi yerto‘lada haftalab 

o‘tirganimda-chi, o‘shanda ham shunday zorlanarmidim?»

«Mana u, zamondoshlarimning ta’siri, – dedi u ovozini chiqa-

rib, achchiq iljayar ekan. – O‘lim bo‘sagasida yolg‘iz o‘tirib, o‘zim 

bilan o‘zim gaplasha turib ham baribir riyokorlik qilyapman... O, o‘n 

to‘qqizinchi asr!

...O‘rmondagi ovchi miltiqdan o‘q uzadi, uning o‘ljasi qulab tushadi, 

ovchi o‘sha o‘ljasi tomon yugurib borar ekan, etigi bilan baland chu-

moli inini bosib o‘tadi-da, uni buzib yuboradi, natijada, chumolilar va 

ularning tuxumlari har tomonga sochilib ketadi... Chumoli zotining 

eng dono faylasuflari ham dahshatli gumbur-gumbur eshitilib, o‘t 

chaqnaganidan so‘ng bir lahzada ularning boshpanasini yakson et-

gan ulkan qora narsa, bu – bor-yo‘g‘i ovchining etigi ekanligini hech 

qachon fahmlab yetishmaydi.

Bir kunlik kapalak ochiq yoz kuni ertalab soat to‘qqizda tug‘ila-

di-da, kechga yaqin, soat beshlarda o‘ladi, shunday ekan, u bechora 

tun so‘zining ma’nisini qanday tushunsin?

Unga yana besh soat yashashga imkon bering, shunda u tunning 

nima ekanligini ko‘rib, bilib oladi.

Men ham xuddi shunday – yigirma uch yoshimda o‘lib ketaman. 

De Renal xonimning yonida yashamog‘im uchun menga yana besh 

yil umr bering-chi...

Shunday deya u Mefistofel kabi xaxolab kulib yubordi. «Bu buyuk 

muammolar haqida mulohaza yuritish g‘irt telbalik-ku!

1. Men riyokorlik qilishdan to‘xtamayapman – go‘yo bu yerda 

kimdir bo‘lib, gaplarimga quloq solib turganday.

2. Men yashash va sevishni unutib qo‘yayapman, holbuki sanoqli 

kunlarim qoldi... Hayhot! De Renal xonim yonimda yo‘q. U o‘zini no-




554

musga qo‘ymasligi uchun eri endi uni Bezansonga kelishiga boshqa 

ruxsat bermasa kerak.

Mening yolg‘izligim ana shundan, dunyoda har qanday yovuzlik va 

qasoskorlikdan xoli bo‘lgan, mehribon, adolatli, marhamati keng Xu-

doning mavjud emasligi haqidagi gapning bunga mutlaqo daxli yo‘q!..

O! Qani endi u mavjud bo‘lganida edi. Men uning oyog‘iga yiqilgan 

bo‘lardim. «Men o‘limga munosibman, – degan bo‘lardim unga, – lekin, 

ey qudratli Parvardigor, ey marhamati keng yaratgan egam, o‘zim 

sevgan o‘sha mahbubamni ato et menga!»

Vaqt yarim kechadan oshib qolgan edi. Jyulen uxlab qoldi. Oradan 

ikki-uch soat o‘tgandan keyin esa uning oldiga Fuke kirib keldi.

Jyulen dilida nelar kechayotganini aniq bilgan odam kabi o‘zini 

qat’iyatli va dadil his etmoqda edi.



XLV

– Men boyaqish abbat Sha-Bernarni bu yerga chaqirib, uning 

ta’bini xira qilmoqchi emasman, – dedi u Fukega. – U shundan so‘ng 

uch kungacha ovqat yeyolmay yuradi. Lekin sen abbat Pirarning 

do‘stlaridan bo‘lmish bironta yansenistni topishga harakat qil, faqat 

u ig‘vogar bo‘lmasin.

Fukening o‘zi ham do‘stining bu haqda iltimos qilishini kutib 

yurgan edi. Shunday qilib, Jyulen barcha odob qoidalariga binoan 

provinsiyaning jamoat fikri undan talab qilishi mumkin bo‘lgan 

barcha ishlarni bajardi. Abbat de Frilerning harakati tufayli va, 

hatto, ruhoniy pirni nomunosib tanlaganiga qaramay qamoqxonada 

o‘tirgan Jyulen har qalay kongregatsiyaning himoyasida edi, agar 

u o‘zini aqlliroq tutganida, uning qochishiga ham yordam bergan 

bo‘lishardi. Biroq kazematning buzuq havosi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan 

bo‘lib, uning aql-idroki zaiflashib bormoqda edi. De Renal xonim 

uning yoniga qaytib kelganida uning o‘zini naqadar baxtiyor his 

etganini bilsangiz edi.

– Mening burchim, avvalo, sening yoningda bo‘lish, – dedi xonim 

uni o‘par ekan. – Men Verrerdan qochib keldim...

Jyulen uning oldida o‘zini ayab o‘tirmadi, shu tobda u har 

qanday mayda izzat-nafsdan xoli edi, yigit ayolga o‘zining barcha 

ojizliklari haqida hikoya qilib berdi. Xonim uni ardoqlab, silab- 

siypaladi.



555

Kechqurun yigitning kazematidan chiqqan zahoti u Jyulenga 

xuddi o‘z o‘ljasidek yopishib olgan o‘sha isqirt ruhoniyni darhol 

xolasining uyiga chaqirishni buyurdi, bu odam Bezansondagi yosh 

asilzoda xonimlarning iltifotiga erishmoqdan bo‘lak hech narsaga 

da’vo qilmayotgani tufayli de Renal xonim uni Brey-le-O monastiriga 

borib, to‘qqiz kun davomida ibodat qilishga osongina ko‘ndira qoldi.

Bu paytda Jyulen sevgi nashidasi va quvonchdan naqadar es-

hushi ni yo‘qotib qo‘yganini tasvirlashga esa qalam ojizlik qiladi.

De Renal xonim o‘ng-so‘lga oltin sochib, o‘zining xudojo‘yligi bi-

lan mashhur bo‘lgan, benihoya badavlat xolasining obro‘-e’tiboridan 

foydalanib, ba’zan uni suiiste’mol qilib bo‘lsa ham Jyulen bilan kuniga 

ikki marta ko‘rishishga ijozat oldi.

Matilda bu to‘g‘rida xabar topgach, rashkdan es-hushini 

yo‘qotayozdi. Janob de Friler o‘zining butun obro‘-e’tiboriga qara-

may, odob qoidalarini buza olmasligini, Matildaga o‘z do‘sti bilan 

ko‘rishishga kuniga bir martadan ortiq imkon yaratib berolmasligini 

aytishga majbur bo‘ldi. Matilda de Renal xonimning har bir qadamidan 

xabardor bo‘lmoq uchun uning ortidan ayg‘oqchi qo‘ydi. Janob de 

Friler qizga Jyulenning unga munosib emasligini isbotlamoq uchun 

o‘zining butun aql-zakovatini ishga solmoqda edi.

Biroq Matilda qancha ko‘p azob cheksa, Jyulenni shuncha ko‘p 

sevardi va shu boisdan ham yigitning boshiga ta’na-malomatlar 

yog‘dirmagan kuni yo‘q edi.

Jyulen o‘zi bema’nilik bilan sharmanda etgan bu baxtsiz qizga 

nisbatan iloji boricha sof ko‘ngil bilan muomalada bo‘lishga harakat 

qilar, biroq de Renal xonimga bo‘lgan sevgisi har gal zo‘r chiqardi. U 

barcha bahonalari hech qanday natija bermay, de Renal xonimning 

to‘g‘ri-yo‘riq kelib-ketishiga Matildani ishontira olmagach, o‘ziga-o‘zi 

derdi: «Yaqinda bu mojaro tugaydi, ish pirovardiga yetay deb qoldi, 

agar durustroq mug‘ambirlik qilolmayotgan bo‘lsam, shu hol aybimni 

yuvib ketadi».

M-l de lya Molga markiz de Kruaznuaning o‘limi haqida xabar 

keldi. Haddan tashqari katta boylik egasi bo‘lmish janob de Tale Matil-

daning g‘oyib bo‘lishi haqida bir necha qaltis taxminlar aytibdi. Janob 

de Kruaznua undan o‘z so‘zlarini qaytarib olishni talab qilibdi. Janob 

de Tale shunda unga ishonarli tafsilotlarga to‘la imzosiz maktublarni 

ko‘rsatgan ekan, bechora markiz bu gaplarda ma’lum qadar haqiqat 

borligiga ishonmay iloji qolmabdi.



556

Janob de Tale xatlarni ko‘rsata turib, qo‘polroq hazil qilibdi. 

G‘azab va qayg‘udan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan markiz undan kechirim 

so‘rashni shu qadar qat’iyat bilan talab qilibdiki, millioner kechirim 

so‘rashdan ko‘ra duelga chiqishni afzal ko‘ribdi. Ahmoqlik tantana 

qilibdi va parijlik yoshlar orasida sevgiga eng munosib bo‘lgan bir 

yigit salkam yigirma to‘rt yoshida halok bo‘libdi.

Bu o‘lim Jyulenning holdan toygan yuragiga qandaydir juda og‘ir 

ta’sir qildi.

– Bechora Kruaznua, – dedi u Matildaga, – bizga nisbatan ni-

hoyatda halol va vijdonan munosabatda bo‘lgandi, axir onangizning 

mehmonxonasidagi sizning barcha ehtiyotsiz qiliqlaringizdan so‘ng 

u mendan juda nafratlanmog‘i kerak edi. Uning uchun meni duelga 

chaqirish hech gap emasdi, axir pisand qilmay yurgandan so‘ng 

tug‘ilgan nafrat odatda juda shiddatli bo‘ladi.

Janob de Kruaznuaning o‘limi Jyulenning Matildaning kelajagi 

haqidagi barcha rejalarini o‘zg‘artirib yubordi, u bir necha kun 

davomida turli yo‘llar bilan qizga endi janob de Lyuzga turmushga 

chiqmog‘i lozimligini isbotlashga harakat qilib yurdi.

– U tortinchoq odam, unchalik iezuit ham emas, – derdi u, – u 

so‘zsiz ma’lum bir mavqega erishadi. Uning shuhratparastligi rahmatli 

Kruaznuanikiga qaraganda birmuncha barqarorligi bilan ajralib tura-

di, uning avlodida gersoglar yo‘q; shu boisdan ham u Jyulen Sorelning 

bevasiga sira o‘ylab o‘tirmay bajonidil uylanaveradi.

– Boz ustiga, bu beva har qanday yuksak tuyg‘ulardan nafratla-

nadigan bo‘lib qolgan, – dedi sovuq ohangda Matilda, – zero u dunyoda 

ko‘p narsalarni boshdan kechirdi; oradan yarim yil o‘tmasdanoq u o‘zi 

sevgan odamning barcha kulfatlarning sababchisi bo‘lmish boshqa 

bir ayol bilan don olishayotganini ko‘rib turibdi.

– Bu gapingiz adolatdan emas. De Renal xonimning oldimga kelib 

turishi Parijda meni afv etilishimga harakat qilib yurgan advokatning 

suxandonligi uchun ajoyib mavzu bo‘ladi; u yerdagi amaldorlarga qur-

bon bo‘lgan ayol o‘z qotilini qanday mehr bilan parvarish qilayotganini 

tasvirlab beradi. Bu hol ularga ta’sir qilishi mumkin va, ehtimol, bir 

kun kelib siz meni yana bironta melodramaning qahramoni sifatida 

ko‘rarsiz... – va hokazo, va hokazo.

Qattiq rashk qilish va, shu bilan birga, qasos olishning iloji 

yo‘qligi, kelajakda hech qanday umid bo‘lmagan cheksiz qayg‘u 




557

(chunki, agar hatto Jyulenni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan taqdirda 

ham, qanday qilib uning yuragini qaytadan zabt etadi axir), hozir 

bu bevafo mahbubini har qachongidan ham ko‘proq sevishini tu-

shunganidan nomus qilishi va azob chekishi, bularning bari m-l de 

lya Molni tund va indamas qilib qo‘ydiki, janob de Frilerning ser-

takalluf diqqat-e’tibori ham, Fukening do‘lvorroq samimiyati ham 

unga tasalli berolmay qoldi.

Jyulenga kelsak, u agar yonida Matilda bo‘lgan daqiqalarni hi-

sobga olmaganda, faqat dilidagi sevgi bilan yashar va kelajak haqida 

deyarli o‘ylamas edi. Yigit qalbida to‘lib-toshgan, nihoyatda pokiza 

bo‘lgan kezlari tug‘yon uradigan tuyg‘u shu qadar qudratli bo‘lar 

ediki, de Renal xonim ham yigitning g‘uborsiz quvonchiga deyarli 

sherik bo‘lmoqda edi.

– Biz Verji o‘rmonlarida sayr qilib yurgan paytlarda, – derdi unga 

Jyulen, – men nihoyatda baxtiyor bo‘lishim mumkin edi-yu, biroq ti-

yiqsiz shuhratparastligim meni o‘shanda qandaydir yiroq-yiroqlarga 

olib ketardi. O‘shanda lablarimga shu qadar yaqin turgan manovi 

ajoyib qo‘llarni yuragimga bosish o‘rniga, men sening yoningdan 

xayolan kelajakka ketib qolardim, butun fikr-xayolim qandaydir beqi-

yos mavqega erishmoq uchun g‘olib chiqishim lozim bo‘lgan behisob 

janglarda edi... Yo‘q, agar siz meni ko‘rgani shu yerga, qamoqxonaga 

kelmaganingizda, men ehtimol, baxtning nima ekanligini bilmay o‘lib 

ketgan bo‘lardim. 

Birin-ketin sodir bo‘lgan ikki voqea uning osuda hayotiga raxna 

soldi. Jyulenning ruhoniy piri yansenist bo‘lishiga qaramay, iezuitlar-

ning kirdikorlaridan qochib qutula olmadi va o‘zi ham sezmay ular-

ning quroliga aylanib qoldi.

Kunlardan birida u Jyulenning oldiga kirib keldi-da, agar u 

o‘zini-o‘zi o‘ldirishdek kechirilmas gunohga botishni istamasa, afv 

etishlariga erishmoq uchun qo‘lidan kelgan hamma chorani qo‘lla-

mog‘i lozimligini aytdi. Binobarin, ruhoniylar Parijdagi adliya ministr-

ligida katta e’tiborga ega ekanlar, hozir buning juda oson yo‘li bor: u 

tantanali ravishda cherkovga murojaat qilmog‘i kerakki, toki bu ish 

hammaga oshkor bo‘lsin.

– Hammaga oshkor bo‘lsin! – deya takrorladi Jyulen. – Shunaqa 

deng! Demak, siz ham, hazratim, missionerga o‘xshab lo‘ttivozlik 

qilmoqchi ekansiz-da.




558

– Sizning yoshingiz, – deya qat’iyat bilan uning gapini bo‘ldi yan-

senist, – Tangri sizga ato etgan tarovatli husningiz, jinoyatingizning 

hanuzgacha sir bo‘lib kelayotgan sababiyati, mademuazel de lya 

Molning sizni qutqarish uchun qilayotgan qahramonona harakatlari, 

xullas, siz jabr yetkazgan xonimning o‘zi sizga ko‘rsatayotgan g‘aroyib 

do‘stlikka qadar – bularning bari Bezansondagi yosh ayollar ko‘zida 

sizni qahramon qilib qo‘ydi. Ular sizni deb butunlay hamma narsani, 

hatto siyosatni ham unutib yuborishdi...

Sizning murojaatingiz ularning qalbiga ta’sir etadi va unda 

chuqur iz qoldiradi. Siz din uchun juda katta foyda keltirmog‘i-

ngiz mumkin, shunday ekan, nahot men, bu o‘rinda iezuitlar ham 

xuddi shunday yo‘l tutishgan bo‘lardi, degan mayda bir mulohaza 

tufayli ikkilanib o‘tirsam! Ana shunaqa o‘zi, hatto ularning haris 

tamagirligidan qochib qutulgan ana shu favquloddagi ish yuzasi-

dan ham ular bizga to‘sqinlik qilishlari mumkin ekan! Yo‘q, bunday 

bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz! Sizning murojaatingiz tufayli to‘kilajak 

ko‘z yoshlari Volter asarlarining o‘nta nashrining halokatli ta’sir 

kuchini yo‘qqa chiqaradi.

– Agar men o‘zimdan-o‘zim nafratlanadigan bo‘lsam, – deya 

sovuqqina e’tiroz bildirdi Jyulen, – u holda menga nima qoladi? Men 

shuhratparast edim, bundan sira ham pushaymon bo‘layotganim 

yo‘q, o‘shanda zamonamiz qanday talab qilgan bo‘lsa, shunday yo‘l 

tutdim. Endi esa so‘nggi kunlarimni yashamoqdaman. Lekin oldindan 

bilaman, agar bironta razil ish qilganimda, o‘zimni dunyodagi eng 

baxtsiz odam deb his etgan bo‘lardim...

Jyulenning dilini yanada qattiqroq og‘ritgan ikkinchi voqea 

de  Renal  xonim  bilan  bog‘liq  edi.  Kimligini  aniq  bilmayman-u, 

lekin uning qandaydir makkora dugonasi bu soddadil, tortinchoq 

ayolga Sen-Kluga borib, qirol Karl X oyog‘iga yiqilishni maslahat  

beribdi.

U bir marta Jyulen bilan judolikda yashashga ahd qilib, o‘zini qur-

bon qilgan edi, ana shundan so‘ng u chekkan barcha azoblar oldida 

hammaning ko‘zida sha’niga dog‘ tushirishdek bir ko‘ngilsizlik – il-

gari bu hol unga o‘limdan ham battar bo‘lib tuyular edi, – endi unga 

arzimas bir gap bo‘lib ko‘rina boshladi.

– Men qirolning oldiga borib, sen mening o‘ynashim ekanligingni 

ochiqdan-ochiq aytaman: insonning hayoti, buning ustiga, Jyulendek 




559

bir insonning hayoti har qanday ehtiyotkordikdan ustun turmog‘i 

kerak. Men, u faqat rashk tufayli hayotimga suiqasd qildi deb aytaman. 

Bundan vaziyatda qirol yoki maslahatchilarning insoniy himoyasi 

tufayli bechora yigitlarning hayoti saqlab qolingan hollar juda ko‘p 

bo‘lgan-ku axir.

– Sen bilan ortiq sira ko‘rishmayman, seni qamoqxonaga kirit-

masliklarini iltimos qilaman, – deya qichqirib yubordi Jyulen, – agar 

ikkovimizni ham butun dunyo oldida sharmanda etadigan ana shu 

ishni qilmaslik haqida ont ichmasang, qayg‘udan ertagayoq o‘zim-

ni-o‘zim o‘ldiraman. Parijga boraman, deysan-a! Bu gapni o‘zing 

o‘ylab topgan emassan. Ayt menga, qaysi makkora ayol o‘rgatdi 

senga buni...

Bu qisqa hayotdan qolgan ana shu sanoqli kunlarimizda bax-

timizdan lazzatlanaylik. Hayotimizni hammadan pinhon tutamiz. 

Mening jinoyatim barchaga ayon. Mademuazel de lya Molning qudratli 

tanish-bilishlari ko‘p, gapimga inon, u insonning qo‘lidan keladigan 

barcha choralarni ko‘ryapti. Bu yerda, provinsiyada barcha boyon-

lar, barcha nufuzli kishilar menga qarshi. Sening bu ishing badavlat, 

ayniqsa, yengil hayot kechirayotgan mo‘tadil kishilarning battar 

g‘azabini qo‘zg‘atadi... Barcha bu maslonlar, valenolar va ulardan 

yaxshiroq bo‘lgan minglab boshqa odamlarning ustimizdan kulishiga 

imkon bermaslik kerak.

Jyulen kazematning og‘ir havosidan deyarli bo‘g‘ila boshlagan edi. 

Yigitning baxtiga, uning qatl etajaklarini e’lon qilgan kunlari quyosh-

ning rohatbaxsh nuridan hammayoq nurafshon bo‘lib, Jyulen o‘zini 

dadil va mardona his etmoqda edi. Sof havoda yurib borish unga shu 

qadar shirin bir lazzat bag‘ishladiki, odatda uzoq safardan qaytgan 

dengizchi nihoyat quruqlikka qadam qo‘yganida shunday rohat qiladi. 

«Hechqisi yo‘q, hammasi yaxshi ketyapti, – dedi u o‘ziga-o‘zi, – men 

qaltiramayapman».

Hech qachon bu bosh hozir tanidan judo bo‘lmog‘i lozim bo‘lgan 

paytdagidek shu qadar ko‘tarinki kayfiyatga berilmagan edi. Bir 

vaqtlar Verji o‘rmonlarida kechirilgan totli daqiqalar uning xayoliga 

birin-ketin quyilib kelardi.

Hammasi juda oddiygina, odob bilan, u tomondan hech qanday 

dabdabasiz sodir bo‘ldi.

Bundan ikki kun avval u Fukega shunday degan edi:




560

– Ruhiy ahvolim qanday bo‘lishiga kafolat bera olmayman, bu 

kazemat shu qadar chirkin, havosi shu qadar rutubatliki, ba’zan 

bezgak tutgan odamdek, a’zoyi badanim qaltirab, esim qandaydir 

og‘ib qoladi, lekin dilimda qo‘rquv yo‘q. Umid qilmay qo‘ya qolishsin, 

bo‘zarib ketmayman.

U o‘sha oxirgi kuni Fuke bilan Matilda va de Renal xonimni olib 

ketishi lozimligini oldindan kelishib qo‘ydi.

– Sen ularni bir karetada jo‘nat, – dedi u do‘stiga, – keyin ko‘chirga 

tayinla, otlarni yeldirib haydasin. Ular yo bir-birlarining quchog‘iga 

yiqiladilar, yoki cheksiz nafrat bilan o‘zlarini bir-birlaridan chetga 

oladilar. U holda ham, bu holda ham bechoralar dillaridagi dahshatli 

qayg‘udan xiyol yengil tortadilar.

Jyulen de Renal xonimni hayotiga suiqasd qilmaslik va Matil-

daning o‘g‘lini o‘z tarbiyasiga olish haqida ont ichishga majbur  

qildi.


– Kim bilsin? Ehtimol, biz o‘limimizdan keyin ham biror narsani 

his etarmiz? – degan edi u bir kuni Fukega. – Men Verrer uzra qad 

ko‘targan katta tog‘dan kichkina g‘orda tinchgina yotmoqni istar-

dim, «Tinchgina yotmoq» iborasining to‘g‘riligini qara. Yodingdami, 

men senga bir kuni hikoya qilgan edim: men necha bor o‘sha g‘orga 

chiqib tunaganman. U yerda o‘tirar ekanman, pastda, shundoq ko‘z 

o‘ngimda Fransiyaning eng ko‘rkam vodiylari yastanib yotardi. Men 

ularni yuqoridan turib tomosha qilardim, qalbim xom xayollar bilan 

yonardi. O‘shanda bu men uchun ehtiros manbai edi. Xullas, o‘sha 

gorni hanuzgacha yaxshi ko‘raman, keyin bu fikrimga qo‘shilmay ilo-

jing yo‘q, – u chindan ham shunday joylashganki, faylasufning ruhini 

beixtiyor o‘ziga jalb etadi. Gap bunday, bizning bezansonlik mehribon 

kopgregatsiyachilarimiz dunyodagi hamma narsadan foyda ko‘rsak 

deyishadi, agar yo‘lini topib gaplashsang, ular senga mening omonat 

boshimni sotishlari mumkin...

Fuke bu mudhish bitimda muvaffaqiyat qozondi. Tunda u o‘z 

xonasida do‘stining jasadi yonida yolg‘iz o‘tirar ekan, birdan eshik 

ochilib, Matilda kirib kelganini ko‘rdi-yu, hayratdan og‘zi ochilib 

qoldi. Bundan atigi bir necha soat oldin u qizni Bezansondan ellik 

chaqirimcha narida qoldirib kelgan edi. Matildaning ko‘zlari olazarak 

edi, nigohida qandaydir telbalik aks etardi.

– Men uni ko‘rmoqchiman, – dedi qiz.




561

Fuke javob berishga ham, joyidan jilishga ham botinmadi. U yerda 

yotgan katta zangori plashga ishora qildi: Jyulenning boshi tanidan 

judo qilingan jasadi ana shu plashga o‘rab qo‘yilgan edi.

Matilda jasad oldida tiz cho‘kdi. Bonifatsiy de lya Mol va Margarita 

Navarrskaya haqidagi xotiralar unga, shubhasiz, qandaydir misli yo‘q 

matonat bag‘ishlamoqda edi. U qaltiroq qo‘llari bilan plashni ochdi. 

Fuke teskari qaradi.

U Matildaning xonada qanday shiddat bilan u yoqdan-bu yoqqa 

yurishini eshitib turardi. Qiz birin-ketin bir necha shamni yoqib 

qo‘ydi. Fuke yurak yutib o‘girilib qaraganida, qiz oldida turgan kichki-

na marmar stolchaga Jyulenning boshini qo‘yib, uning peshonasidan 

o‘payotganini ko‘rdi...

Matilda seviklisini uning o‘zi tanlagan qabrga kuzatib qo‘ydi. 

Ruhoniylarning katta protsessiyasi tobutni kuzatib borardi, Matilda 

esa derazalariga parda tutilgan karetada o‘zi benihoya sevgan yigit-

ning boshini tizzasiga qo‘yganicha yolg‘iz o‘zi o‘tirardi.

Tun allamahalda protsessiya Yura tog‘ining eng baland tarmoq-

laridan birining cho‘qqisiga yetib bordi va o‘sha yerda, behisob 

shamlardan nurafshon bo‘lib turgan kichkina g‘orda yigirma ruhoniy 

Jyulenga janoza o‘qishdi. Protsessiya o‘tib borayotgan tog‘dagi kichki-

na qishloqlarning aholisi bu g‘aroyib dafn marosimiga qiziqib, ularga 

qo‘shilib olgan edilar.

Uzun motam kiyimi kiygan Matilda paydo bo‘lib, janozadan so‘ng 

uning buyrug‘iga binoan xaloyiqqa mingta besh franklik tanga socha 

boshlashdi.

Fuke bilan yolg‘iz qolgach, u seviklisining boshini o‘z qo‘llari bilan 

dafn etmoqchi ekanini aytdi. Fuke qayg‘udan jinni bo‘layozgan edi.

Matildaning harakati tufayli bu kimsasiz g‘or Italiyadan katta pul-

ga buyurtma qilib keltirilgan haykallar bilan bezatildi. De Renal xonim 

va’dasini buzmadi. U o‘zini-o‘zi o‘ldirishga harakat qilmadi-yu, lekin 

Jyulen qatl etilganidan so‘ng oradan uch kun o‘tgach, o‘z bolalarini 

bag‘riga bosib turib, dunyodan ko‘z yumdi.

* * *


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish