Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

g‘ururim uchun tig‘ bo‘lib ko‘rinardi, ehtimol, shunda mehmonxonaga 


548

kirib kelayotgan bironta tortinchoq olifta kabi qadam tashlashimda 

xiyol epsizlik sezilardi. Zehni o‘tkir odamlardan birontasi, – agar bu 

provinsiyaliklar orasida shunday odam topilsa, albatta, – mening 

qo‘rqoqlik qilayotganimni fahmlashi mumkin bo‘lardi... Lekin hech 

kim buni ko‘rmas edi».

Shundan so‘ng u biroz yengil tortdi. «Hozir men qo‘rqyapman, 

– deya takrorladi u o‘ziga-o‘zi xirgoyi qilib, – lekin hech kim buni 



ko‘rmas edi».

Biroq eng katta ko‘ngilsizlik ertasi kuni sodir bo‘ldi. U anchadan 

beri otasi uni ko‘rgani kelmoqchi ekanligidan xabardor edi. Shu kuni 

ertalab, Jyulen hali uxlab yotganida uning zindoniga soch-soqoli op-

poq oqargan keksa duradgor kirib keldi.

Jyulenning ruhi tushib ketdi, yigit hozir boshiga jirkanch 

ta’na-malomatlar yog‘ilishini kutib turardi. Ustiga-ustak, otasini yo-

mon ko‘rishi haqidagi fikr unga qattiq azob bermoqda edi.

«Falak bizni yer yuzida ana shunday yonma-yon qilib yaratgan, 

– deya xayolidan o‘tkazardi yigit, nazoratchi uning kamerasini biroz 

tartibga solar ekan. – Biz bir-birimizga shu qadar ko‘p yomonlik qil-

dikki, bundan ortig‘ini o‘ylab topishning o‘zi mushkul bo‘lsa kerak. 

Mana endi u o‘limim oldidan meni so‘nggi tepki bilan siylash uchun 

yetib keldi». Ular yolg‘iz qolishlari bilanoq chol uning boshiga achchiq 

malomat so‘zlarini yog‘dira boshladi. 

Jyulen chidab turolmay, yig‘lab yubordi. «La’nati qo‘rqoqlik, – deya 

takrorladi u o‘ziga-o‘zi g‘azab bilan. – Mana endi u mening qanday 

qo‘rqoqlik qilayotganimni hammayoqqa jar soladi, Valeno ham, 

Verrerda hukmronlik qilayotgan anovi barcha manfur yolgonchilar 

ham rosa tantana qiladilar endi. Ular Fransiyada qudratli odam 

hisoblanadilar, barcha ustunliklar, barcha ijtimoiy noz-ne’matlar 

o‘shalarning qo‘lida axir. Shu paytga qadar men o‘zimga-o‘zim: «Ular 

mo‘may-mo‘may pul topishadi, bu to‘g‘ri, ular izzat-hurmatda, lekin 

mening ruhim olijanob», deya olardim.

Endi bo‘lsa ularning ishonchli guvohi bor, u mening o‘lim oldida 

qanday qo‘rqqanim haqida lof urib, butun Verrerga jar soladi. Shunda 

bunday sinov oldida qo‘rqoqlik qilishim barchaga o‘z-o‘zidan ayon 

bo‘lib qoladi».

Jyulen deyarli umidsizlikka tushgan edi. U otasidan qanday qilib 

qutulishini bilmasdi. Bu ziyrak cholni aldab, mug‘ambirlik qilishga 

esa madori qolmagandi.



549

U otasidan qutulish yo‘llarini birma-bir xayolidan o‘tkaza boshladi.

– Mening jamg‘argan pulim bor! – deya birdan xitob qildi u.

Juda vaqtida aytilgan bu xitob cholning basharasidagi ifodani 

ham, Jyulenning butun ahvolini ham bir lahzada o‘zgartirib yubordi.

– Uni qanday tasarruf etishni o‘ylab ko‘rmoq kerak, – deya davom 

etdi Jyulen endi birmuncha xotirjam ohangda. U so‘zlari qanday 

ta’sir qilganini ko‘rgach, dilidagi xo‘rlik tuyg‘usi bir zumda g‘oyib 

bo‘ldi-qo‘ydi.

Keksa duradgor, bu pullarni qo‘ldan chiqarib yubormasam go‘rga 

edi, deya ochko‘zlikdan qalt-qalt titramoqda edi, Jyulen bu pulning 

qandaydir qismini akalariga qoldirmoqchi ekan. Chol bu haqda il-

hom bilan uzoq gapirdi. Jyulen dilida huzur qilib kulishi mumkin edi.

– Gap bunday: vasiyatni qanday yozishni dilimga soldi Xudo. 

Akalarimga ming frankdan qoldiraman, qolgani esa sizga. 

– Buni yaxshi o‘ylabsiz, – deya javob qildi chol, – chindan ham 

ana shu qolgan pul menga tegishi kerak edi o‘zi, lekin yaratgan 

egam sizga shafqat qilib, dilingizga insof solgan bo‘lsa va siz mo‘min 

xristian sifatida bandalikni bajo keltirmoqchi bo‘lsangiz, barcha qi-

yomat qarzlardan qutulib qo‘yganingiz ma’qul. Sizni boqish, o‘qitib 

voyaga yetkazish uchun ozmuncha pul sarfladimmi, bu haqda o‘ylab 

ko‘rmabsiz...

«Mana, otalik mehri!» – deya alam bilan takrorladi Jyulen, nihoyat, 

yolg‘iz o‘zi qolgach. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqxona nazoratchisi 

kirib keldi.

– Taqsir, keksa otalari bilan ko‘rishgandan so‘ng men doim o‘z 

mahbuslarimga bir shisha ajoyib shampan vinosidan keltiraman. Bir 

shishasining olti frank turishi sal qimmatroq, albatta, lekin ko‘ngilni 

xush etadi qurmag‘ur.

– Uch stakan keltiring-da, – dedi unga xuddi yosh boladek quvonib 

ketgan Jyulen, – keyin yana ikki mahbusni chaqiring, ular koridorda 

sayr qilib yurishibdi shekilli, qadam tovushini eshityapman.

Nazoratchi katorgadan qochgan ikki mahbusni boshlab kirdi. Bu 

odamlar ikkinchi marta qo‘lga tushishgach, yana katorgaga qaytmoq-

lari lozim edi. Ular o‘taketgan jinoyatchi bo‘lib, juda quvnoq, ayyor, 

sovuqqon va jasurlikda tengi yo‘q kishilar edi.

– Menga yigirma frank bering, – dedi ulardan biri. Jyulenga, 

– shunda sizga butun hayotimni borligicha hikoya qilib beraman, 

eshitsangiz huzur qilasiz.



550

– Yolg‘on-yashiq bo‘lmaydimi? – dedi Jyulen.

– O‘lay agar, – deya javob qildi jinoyatchi, – mana oldingizda 

oshnam o‘tiribdi, u yigirma frank olganimni ko‘rib, hasaddan yorilay 

deyapti. Agar bir og‘iz yolg‘on so‘z aytsam, darrov meni fosh qiladi.

Uning hikoyasi chindan ham dahshatli edi. Bu hikoya uning ni-

hoyatda dovyurakligidan dalolat berardi-yu, lekin u pul degan narsaga 

mukkasidan ketgandi.

Ular chiqib ketishgach, Jyulen o‘zini butunlay boshqacha odam 

bo‘lib qolgandek his etdi. Uning dilidagi o‘ziga nisbatan bo‘lgan 

adovat tuyg‘usi mutlaqo g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. De Renal xonim jo‘nab 

ketganidan so‘ng uning dilini o‘rtayotgan ruhiy azob asta-sekin og‘ir 

g‘ussaga aylanadi.

«Agar bu zohiran yaltiroqlikdan ko‘zim shu qadar qamashib ket-

maganida, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – men Parij mehmonxonalari otamga 

o‘xshash halol odamlar yoki manovi jinoyatchilar kabi epchil mut-

tahamlarga liq to‘la ekanligini ko‘rgan bo‘lardim. Ha, bu jinoyatchi 

haq gapni aytdi, axir kiborlardan birontasi ham ertalab uyg‘ongani-

da: bugun qornimni qanday to‘yg‘azsam ekan, degan xayoldan boshi 

qotmaydi. Yana halolliklari bilan maqtanishlariga o‘lasanmi! Sud 

maslahatchisi bo‘lib qolishganida esa, ular bir bechorani ochlikdan 

o‘layotgani sababli kumush qoshiq bilan vilka o‘g‘irlagani uchun ka-

torgaga hukm qilishadi-da, keyin bu ishlaridan faxrlanib yurishadi.

Mabodo saroyda biron lavozimga ko‘tarilish imkoniyati tug‘i-

lib qolsa yoki, aytaylik, ministrlikka tayinlash yoki bu lavozimdan 

mahrum bo‘lish haqida gap ketgudek bo‘lsa, asilzodalar mehmonxo-

nasida charx uradigan o‘sha halol janoblarim manovi ikki jinoyatchi 

qorin to‘ydirish dardida qilgani kabi har qanday yovuz ishdan ham 

qaytishmaydi.

Dunyoda hech qanday tabiiy huquq yo‘q. Bu so‘z – yaqinda mening 

boshimni tanimdan judo etilishini talab qilgan bosh prokurorga 

munosib bo‘lmish shunchaki bo‘lmag‘ur safsata. Uning bobokaloni 

esa Lyudovik XIV zamonida odamlarning mulkini musodara qilish 

payti boyib ketgan ekan. Huquq u yoki bu ishni taqiqlab, uni qilgan 

odamlarni jazoga tortish haqida qonun chiqarilganidan keyin paydo 

bo‘ladi. Qonun chiqarilgunicha esa bor tabiiy narsa bu och yurgan 

yoki sovqotayotgan tirik jonning jismoniy kuchi yoki ehtiyojidir, xolos. 


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish