XXXVII
Minora
Do‘stimning qabri.
Stern.
Koridordan g‘ovur-g‘uvur eshitildi, bu paytda esa odatda uning
oldiga hech kim chiqmas edi, dengiz burguti chag‘illab uchib ketdi,
eshik ochildi-da, qo‘lida aso tutgan va qalt-qalt titrayotgan mo‘ysafid
kyure Shelan uning ko‘ksiga yiqildi.
– Yo Rabbim! Bu qanaqasi bo‘ldi, bo‘taginam... Zolim! Men ana
shunday deyishim kerak edi, – shundan so‘ng mehribon qariya bir
og‘iz ham so‘z ayta olmay qoldi.
Jyulen, chol hozir yiqilib to‘shadimi, deb qo‘rqib ketdi. Yigit uni
qo‘ltig‘iga kirib stul oldigacha suyab bordi. Vaqt bir zamonlar juda
serg‘ayrat bo‘lgan bu odamning qaddini ancha bukib qo‘yibdi. Jyu-
lenga oldida avvalgi kyurening soyasigina turgandek ko‘rindi. Qariya
biroz nafasini rostlab olgach, yana tilga kirdi:
– Sizning Strasburgdan yozgan maktubingizni faqat o‘tgan kuni
oldim. Uning ichida verrerlik yo‘qsillarga atab yuborgan besh yuz
frank pulingiz ham bor ekan. Uni menga tog‘dagi qishloqqa – Li-
veryuga olib borib berishdi. Endi men o‘sha yerda, jiyanim Jannikida
yashayapman. Daf’atan kecha mana shu falokat to‘g‘risida xabar top-
dim... Yo Rabbiy! Nahot shu gap rost bo‘lsa! – Nigohi allanechuk so‘nib
qolgan qariya endi ortiq yig‘lamay qo‘ygandi. U beixtiyor gapirayotgan
odamdek qo‘shimcha qildi: – O‘sha besh yuz frank pulingiz o‘zingizga
kerak bo‘ladi endi, uni olib keldim.
– Men faqat o‘zingizni ko‘rsam bo‘ldi, otaxon! – deya xitob qildi
ta’sirlanib ketgan Jyulen. – Hali pulim bor yana.
508
Biroq shundan so‘ng u choldan bironta ham ma’noli gap eshita ol-
madi. Janob Shelanning ko‘zlariga o‘qtin-o‘qtin yosh chiqib, yuzlaridan
asta dumalardi, chol yigit uning qo‘lini o‘payotganini ko‘rib, hayratdan
esankirab qolgandek tuyulardi. Bir zamonlar olijanob tuyg‘ulardan
ruhlanib yuruvchi bu chehra endi har qanday ma’nodan xoli bo‘lib,
qotib qolgandek ko‘rinardi. Tezda cholni olib ketish uchun qandaydir
dehqon kirib keldi.
– Toliqish ham, ko‘p gapirish ham to‘g‘ri kelmaydi bu kishiga, –
dedi u Jyulenga qarab, shunda yigit bu odamning chol aytgan o‘sha
jiyani ekanligini tushundi. Janob Shelan kelib ketganidan so‘ng Jyu-
len shu qadar umidsizlikka tushdiki, ko‘nglini bo‘shata olmay qoldi.
Hamma narsa endi unga qayg‘uli, mungli bo‘lib ko‘rinardi, yuragi
go‘yo muzlab qolgandek edi.
U jinoyat qilganidan buyon boshidan kechirgan eng dahshatli
daqiqalar ana shu bo‘ldi. O‘limning badburush qiyofasi uning ko‘z
o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ldi. Ruhiy ulug‘vorlik va olijanoblikning
barcha ko‘lankalari xuddi bexosdan ko‘tarilgan to‘fonga uchragan
bulutdek parokanda bo‘lib ketdi.
Bu dahshatli ruhiy holat bir necha soat davom etdi. Ruhiy ja-
rohatni odatda jismoniy harakat va may bilan davolashadi. Biroq
Jyulen bunday vositani qo‘llaganda o‘zini manfur qo‘rqoq deya
hisoblagan bo‘lardi. U o‘zining torgina minorasida tinimsiz u
yoqdan-bu yoqqa yurgan dahshatli kun oxirida birdan shunday
xitob qildi: «Eh, shunaqayam ahmoq bo‘lamanmi! Agar hamma
qatori o‘z ajalim bilan o‘lishim lozim bo‘lganida, bu baxtsiz cholni
ko‘rib, shunday dahshatli umidsizlikka tushsam bo‘lardi, albat-
ta. Lekin ayni kuchga to‘lgan bir paytimda bir zumda hayotimga
chek qo‘yilishi meni xuddi ana shu ayanchli yemirilishdan xalos
etadi-ku axir».
Biroq bu mulohazalarga qaramay, Jyulen ko‘ngli bo‘shab, ruhi
tushganligini his etardiki, shu boisdan ham cholni ko‘rganidan so‘ng
uning dardi-dunyosi qorong‘i bo‘lib ketgandi.
Uning qalbida endi ilgarigidek o‘ziga nisbatan hech qanday qat-
tiqqo‘llik, ulug‘vorlik, qadimgi Rim askarlariga xos jasoratdan asar
ham qolmagan edi. O‘lim yuksak-yuksaklarda parvoz etib, unga o‘z
ko‘lankasini tashlar ekan, yigitga endi unchalik oson narsa bo‘lib
ko‘rinman qolgandi.
509
«Mana shu holat mening termometrim bo‘ladi, – dedi u o‘ziga-o‘zi.
– Bugun kechqurun men gilotina ostiga borayotgan paytimdagi
matonatdan o‘n daraja pastdaman. Bugun ertalab esa matonatim
kerakli darajada edi. Umuman olganda, baribir emasmi! Kerakli
daqiqada qo‘rqoqlik qilmasam bo‘ldi-da». Termometr haqidagi bu
fikr uning ko‘nglini birmuncha xush etib, aloha, dilidagi qayg‘uni
tarqatib yubordi.
Yigit ertasiga ertalab uyg‘onganida kechagi kunni eslab uyalib
ketdi. «Mening baxtim va osoyishtaligim xavf ostida». U hatto janob
bosh prokurorga xat yozib, undan oldiga hech kimni kiritmaslikni
iltimos qilmoqchi ham bo‘ldi. «Fuke nima bo‘ladi? – deya xayolidan
o‘tkazdi u. – Agar u bu yerga, Bezansonga kelgudek bo‘lsa, qattiq xafa
bo‘ladi-ku axir!»
Fukeni u taxminan ikki oydan beri eslamay yurgandi. «Stras-
burgda o‘zim ham g‘irt ahmoq ekanman, burnimning ostidan narini
ko‘rmay qolgan ekanman o‘shanda». Fuke haqidagi xotiralar anchaga
dovur uning xayolini band qilib, yigitning ko‘ngil tori yana susayib
ketdi. U hayajonlanib u yoqdan-bu yoqqa yurardi. «Mana, o‘lim da-
rajasidan yana yigirma gradus pasayib ketdim... Agar bundan keyin
ham shunaqa shalviraydigan bo‘lsam, undan ko‘ra o‘zimni-o‘zim
o‘ldirganim ma’qul. Mabodo o‘limim oldidan lattadek bo‘shashib
qolsam, anavi barcha abbat Maslonlar va janob Valenolarning boshi
osmonga yetmaydimi axir».
Fuke kelib qoldi, u mehribon soddadil odam qayg‘udan es-hushi-
ni yo‘qotayozgan edi. U faqat bir narsa haqida – butun mol-mulkini
sotib, qamoqxona nazoratchisiga pora berish va Jyulenni qochirib
yuborish to‘grisida gapirardi. U tinmay de Lavaletning qochishini
misol keltirardi.
– Sen meni ranjityapsan, – dedi unga Jyulen. – Janob de Lavalet
aybsiz edi, men esam aybdorman. Sen o‘zing istamasang ham meni
ana shu farq to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilyapsan...
– Lekin shunday qilishing joiz bo‘larmikin? Nega endi? Sen chin-
dan ham butun mol-mulkingni sotmoqchimisan? – deya ajablanib
so‘radi Jyulen birdan yana kuzatuvchanligi va har narsadan shub-
halanish odati qo‘zib.
Do‘stining nihoyat bu ajoyib taklifga qiziqib qolganidan xursand
bo‘lib ketgan Fuke o‘zining har bir yer-mulki uchun necha frank olishi
mumkinligini batafsil hisoblab bera boshladi.
510
«Qishloqi mulkdor uchun qanday ajoyib fidoyilik! – deb o‘ylardi
Jyulen. – Bo‘lmasam, bir vaqtlar men uning naqadar xasis, pulni
tejab-tergab sarflaydigan, ba’zan qurumsoqlik darajasiga yetib bo-
radigan xislatlarini ko‘rib, or qilardim. Endi bo‘lsa u shunday qilib
topgan barcha mol-mulkini men uchun qurbon qilmoqchi! «Rene»
gazetasini o‘qib yuradigan va men delya Mol saroyida uchratgan
anavi olifta yigitlarda Fukening manovi kulgili nuqsonlari yo‘q,
albatta. Lekin kutilmaganda katta meros olgan va shu boisdan ham
pulning qadrini bilmaydigan bir-ikkita o‘spirinni istisno qilganda,
o‘sha parijlik ko‘rkam yigitlardan qaysi birining qo‘lidan kelardi
bunday fidoyilik?»
Shu tobda Fukening fransuz tilini buzib gapirishi, beso‘naqay qi-
liqlarining hammasini unutgan Jyulen do‘stini quchoqlay ketdi. Hali
hech qachon provinsiya Parij bilan taqqoslanganida bunday ustun
kelish sharafiga muyassar bo‘lmagandi. Do‘stining ruhlanib ketganni
ko‘zlaridan uqib, boshi osmonga yetgan Fuke buni, qochishga rozilik,
deb tushundi...
Bu hotamtoylik janob Shelan kelib ketganidan so‘ng bo‘shashib
ketgan Jyulenga sabot va matonat bag‘ishladi. U hali juda yosh bo‘lsa-
da, lekin, menimcha, uning fazilatlari ko‘p edi. Behisob tengqurlari
qatori ta’sirchanlikdan ayyorlikka o‘tish o‘rniga u yoshi ulg‘aygani
sayin asta-sekin rahmdil va mehribon odam bo‘lib qolar hamda
o‘zining telbalarcha shubhachiligidan qutulib olardi... Darvoqe, bu
behuda karomatlarning nima keragi bor?
Jyulen o‘zining aniq javoblari bilan ishni bunday chuvalashti-
rishning oldini olmoqqa harakat qilishiga qaramay, uni borgan sari
ko‘proq so‘roq qila boshladi. – Men odam o‘ldirdim yoki, har qalay,
qasddan odam o‘ldirishga urindim, – deya takrorlardi u har gal so‘roq
payti.
Biroq uning ishini olib borayotgan sudya, avvalo, rasmiyatparast
chinovnik edi. Jyulenning javoblari so‘roqlarni sira ham kamaytirma-
di, bu javoblar sudyaning nafsoniyatiga tegmoqda edi. Uni dahshatli
zindonga o‘tqazmoqchi bo‘lganlari va faqat Fukening harakati tufay-
ligina o‘zi bir yuz sakson pog‘ona balandlikda joylashgan ana shu
shinam xonada qolganidan Jyulen bexabar edi.
Fuke o‘tin yetkazib beradigan obro‘-e’tiborli odamlar orasida ja-
nob abbat de Friler ham bor edi. Mehribon taxtafurush dasti daroz kat-
ta vikariyning oldiga kirmoq uchun qo‘lidan kelgan hamma harakatni
511
qildi. Janob de Friler unga Jyulenning ezgu fazilatlari va uning bir
vaqtlar seminariyaga ko‘rsatgan xizmatlarini eslab, sud yalarni
unga yumshoqroq munosabatda bo‘lishga ko‘ndirmoq uchun urinib
ko‘rajagini aytganida boyaqish taxtafurush quvonganidan te risiga
sig‘may ketdi. Fuke do‘stini qutqarib qolishga umid qila boshladi,
ketish oldidan u yerni o‘pguday bo‘lib ta’zim qilar ekan, janob katta
vikariydan ayblanuvchining gunohidan o‘tmoqni iltijo qilib duo o‘qish
uchun arzimagan olti luidor pulni qabul etishni va uni ruhoniylarga
tarqatishni iltimos kildi.
Fuke yanglishgan edi. Janob de Friler Valenoga mutlaqo
o‘xshamasdi. U Fukening luidorlarini olishdan bosh tortdi va, hatto,
soddadil dehqonga aqchasini asrab qo‘yish lozimligini shama qildi.
So‘ngra u bironta qaltis gap aytmay turib, buni Fukega uqtira ol-
masligini anglagach, unga bu pulni chindan ham barcha narsalardan
mahrum bo‘lgan bechora mahbuslarga ulashib berishni maslahat
ko‘rdi.
«Bu Jyulen deganlari juda g‘alati yigit ekan, – deya fikr yuritardi
janob de Friler. – Uning bu qilmishini sira tushunib bo‘lmaydi, men
uchun esa bunday narsa bo‘lmasligi kerak. Ehtimol uni fidoyi deb
ta’riflash mumkin bo‘lar... Har qalay, men bu gapning tagiga yeta-
man. Darvoqe, shundan so‘ng bizni mutlaqo hurmat qilmaydigan
va meni o‘lguday yomon ko‘radigan anavi de Renal xonimga po‘pisa
qilib qo‘yishning imkoni bo‘lar. Yo‘l-yo‘lakay esa, ehtimol, mana shu
seminaristchani negadir yaxshi ko‘radigan janob de lya Mol bilan
yarashib ham olarman».
Da’volashuv bo‘yicha kelishuv bitimiga bundan bir necha hafta
burun imzo chekilgan bo‘lib, abbat Pirar Bezansondan jo‘nab ketar
ekan, Jyulenning sirli nasl-nasabi haqida bir-ikki og‘iz gap aytishni
lozim ko‘rgan edi. Bu voqea badbaxt yigit Verrer cherkovida de
Renal xonimning hayotiga suiqasd qilgan xuddi o‘sha kuni sodir
bo‘lgandi.
Jyulen endi o‘limi oldidan bir ko‘ngilsizlik – otasining qamoq-
xonaga kelishidan qo‘rqardi. U, prokurorga xat yozib, oldimga hech
kimni kiritmaslik haqida iltimos qilsammikin, deya Fukega masla-
hat soldi. Uning shunday og‘ir daqiqada padari buzrukvori bilan
uchrashuvdan bunday dahshatga tushayotganini ko‘rib, soddadil
taxtafurushning meshchanlarga xos halol qalbi qattiq galayonga
keldi.
512
U hatto endi nima sababdan ko‘p odamlar uning do‘stidan nafrat-
lanishlarini tushungandek ham bo‘ldi. Ammo u Jyulenning boshiga
tushgan kulfatga nisbatan hurmati tufayli dilidagi gapni ochiq ayt-
madi.
– Har qalay, – dedi u sovuqqina ohangda Jyulenga, – oldingga odam
kiritmaslik haqidagi bu farmon otangta taalluqli bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |