XXXIV
Aqlli odam
Prefekt baytalida ketib borar ekan, o‘zicha:
«Ajab amas, men ministr, Kengash raisi, gersog
bo‘lib ketsam... Urushni men mana bunday olib
borardim... Har xil yangilik tarafdorlarini mana
bunday qilib tor-mor etardim-da, oyoqlariga
kishan urardim», deya xayol qilib borardi.
«Globus».
O‘n yillarcha davom etgan shirin xayollarning qudratli hukmini
aql-idrok dalillari bilan yengib bo‘lmas ekan. Markiz jahl qilish aqldan
emas, degan fikrga qo‘shilardi, biroq qizi bilan Jyulenni sira kechira
olmasdi. «Qani endi o‘sha Jyulen ittifoqo biror falokatga yo‘liqib o‘lib
ketsa...» – deya o‘ylardi u ba’zan. Shu yo‘sinda aqlga to‘g‘ri kelmaydigan
orzular bilan o‘ziga tasalli bermoqchi bo‘lardi. Bo‘ esa abbat Pirarning
barcha dono maslahatlari ta’sirini yo‘qqa chiqarardi». Oradan bir oy
o‘tdi, lekin ular hamon bir bitimga kelisha olmadi.
Bu oilaviy ishda, xuddi siyosiy ishlardagi kabi, markizning mi-
yasiga ajoyib fikrlar kelib qolardi-da, u shu bilan ikki-uch kun il-
homlanib yurardi. Ana shunda u har qanday bo‘lak rejani rad etardi,
chunki bunday rejalar sog‘lom mulohazalarga asoslangan bo‘lardi.
Sog‘lom mulohazalar esa markizga faqat ular uning o‘zi xush ko‘rgan
488
rejani qo‘llab-quvvatlagan paytdagina yoqardi. Uch kun davomida u
haqiqiy shoirlarga xos bir ilhom bilan ishni o‘zi istagan izga solish
ustida mehnat qilardi, biron oradan yana bir kun o‘tardi-da, markiz
bu gaplarni ortiq o‘ylamay qo‘yardi.
Avvaliga Jyulen hayron bo‘lib yurdi – u markizning sustkashlik
qilishidan gangib qolgan edi, biroq oradan bir necha hafta o‘tgach, u
janob de lya Molning bu ish yuzasidan qanday qarorga kelishni bilmay
qolganini tushuna boshladi.
De lya Mol xonim va uydagi barcha bo‘lak odamlar, Jyulen ularning
yer-mulklarini boshqarish ishlari bo‘yicha provinsiyaga jo‘nagan, deb
o‘ylashardi. Yigit abbat Pirarning uyida yashirinib yurar va deyarli
har kuni Matilda bilan ko‘rishib turar edi. Har kuni ertalab qiz ota-
sining oldiga kirardi-da, u bilan bir soatcha gaplashib o‘tirardi. Lekin
ba’zan ular butun xayollarini qamrab olgan bu ish haqida haftalab
so‘zlashmay qo‘yishardi.
– O‘sha yigitning qayerda ekanligini men hatto bilishni ham
istamayman, – dedi bir kuni qiziga markiz. – Mana, bu xatni unga
yuboring.
Matilda xatni o‘qib chiqdi:
«Langedokdagi yerlar yiliga 20 600 frank daromad beradi. Shun-
dan 10 600 frankni qizimga va 10 000 frankni janob Jyulen Sorelga
sovg‘a qilaman. Yerlar ham, albatta, ularga o‘tadi. Notariusga ayting,
ikkita alohida vasiqa tayyorlab, ertaga oldimga olib kirsin, shundan
so‘ng oramizdagi barcha aloqalar uziladi. Ah, taqsir! Men sizdan shuni
kutganmidim?
Markiz de lya Mol»
– Chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman, – dedi quvnoq
ohangda Matilda. – Biz Ajen va Marmand yaqinidagi d’Egiyon qasri-
ga ko‘chib boramiz. Aytishlaricha, u yerlar juda xushmanzara joylar
bo‘lib, Italiyaning o‘zginasi emish.
Bu tuhfa Jyulenni nihoyatda hayratga soldi. Endi bu ilgari biz
bilgan o‘sha bukilmas va sovuqqon odam emasdi. O‘g‘lining taqdi-
ri avval-boshdanoq uning butun fikr-xayolini chulg‘ab olgandi.
Kutilmaganda qo‘liga kirayotgan va o‘zidek kambag‘al bir odam
uchun ancha katta tuyuladigan bu boylik uni shuhratparast qilib
qo‘ydi. Endi xotini bilan ikkovining 36 000 ming frank rentasi bor
edi. Matildaga kelsak, uning butun vujudi endi o‘zi doim faxrlanib
489
erim deb ataydigan Jyulenni sevishdek yagona bir tuyg‘u bilan band
edi. Uning butun izzat-nafsi faqat ana shu nikohni tan olmoqlariga
muvaffaq bo‘lishga qaratilgan edi. U o‘z taqdirini shunday ajoyib
yigit bilan bog‘lab juda aqlli ish qilgani uchun o‘ziga tinimsiz tahsin
o‘qirdi. Shaxsiy fazilatlar... U tayanadigan va o‘zi yaxshi ko‘radigan
dalil ana shu edi.
Uzoq davom etgan ayriliq, turli-tuman ishlar, ba’zi-ba’zida
uchrashib, o‘z sevgilari haqida gaplashib olish, bularning bari bir
vaqtlar Jyulen kashf etgan dono siyosatning samarali ta’sir qilishiga
nihoyatda yordam bermoqda edi.
Nihoyat, Matilda o‘zi endi chinakamiga sevib qolgan odam bilan
ahyon-ahyondagina uchrashayotganidan toqati toq bo‘lib, qalbi
g‘alayonga keldi.
Jahl ustida u otasiga Otello ruhidagi so‘zlar bilan boshlangan bir
xat yozdi:
«Men jamiyat janob markiz de lya Molning qiziga bag‘ishlashi
mumkin bo‘lgan oqsuyaklarga xos huzur-halovatdan Jyulenni afzal
ko‘rdim. Mayda shuhratparastlik va bema’ni manmanlikning bu qu-
vonchlarini men tan olmayman. Mana, bir yarim oydirki, erim bilan
judolikda yashayapman. Sizga bo‘lgan hurmatimni izhor qilmoq uchun
shuning o‘zi ham yetarli bo‘lsa kerak. Kelasi haftaning payshanba
kunigacha men tug‘ilgan uyimni tark etaman. Sizning saxovatingiz
tufayli biz endi davlatmand odam bo‘lib qoldik. Muhtaram abbat
Pirardan bo‘lak hech kim sirimdan voqif emas. Men to‘g‘ri uning
oldiga boraman, u bizni nikohlab qo‘yadi, bir soatdan keyin esa biz
Langedokka jo‘naymiz va Sizning ijozatingiz bo‘lmaguniga qadar
Parijga qaytib kelmaymiz. Faqat bir narsadan yuragim siqilyapti: bu
gaplarning bari Siz va mening to‘g‘rimda nordon latifalar to‘qilishiga
sabab bo‘ladi. Bironta ahmoqning hazil-mutoyibasidan so‘ng bizning
jasur Norberimiz Jyulenga dag‘dag‘a qilishga majbur bo‘ladi. – Ana
shunda, – men Jyulenni yaxshi bilaman, – shunga ta’sir ko‘rsatolmay
qolaman. Ko‘z o‘ngimizda isyon ko‘targan plebeyning qalbi namoyon
bo‘ladi. Sizdan tiz cho‘kib iltimos qilaman, otajon, kelasi payshanba
kuni janob Pirarning cherkoviga mening nikoh marosimimga albatta
boring. Shunda siz turli g‘iybatlarning oldini olgan va yagona o‘g‘lingiz
bilan mening erim hayotini xavf-xatardan saqlab qolgan bo‘lasiz...»
va hokazo, va hakazo. Bu maktub markizning yuragiga g‘ulg‘ula solib
qo‘ydi. Demak, endi bironta qarorga kelish zarur. Barcha ko‘nikmalari,
490
barcha do‘stona aloqalari markiz uchun hech qanday ahamiyatga ega
bo‘lmay qoldi.
Ana shu qaltis sharoitda birdan uning yoshligidagi buyuk sinovlar-
da toblangan xarakterining barcha muhim xususiyatlari namoyon
bo‘ldi. Muhojirlik uqubatlari uni xayolparast qilib qo‘ygan edi. Ikki
yil davomida ulkan boylikka ega bo‘lib, qirol saroyida obro‘ orttirib
yurgach, 1790-yil birdan uni muhojirlikning dahshatli komiga tash-
ladi. Bu og‘ir hayot maktabi yigirma ikki yoshli yigitning qalbini qay-
tadan bichib tikkandek bo‘ldi. U aslida o‘zini hisobsiz boyligi o‘rtasida
o‘tov tikkan jahongirdek his etardi, markiz sira ham bu boylikning
asiri bo‘lib qolmadi. Biroq uning qalbini oltinning halokatli og‘usidan
saqlab qolgan xuddi ana shu tuyg‘ular markizni boshqa bir ishtiyoq-
ning qurboni qilib qo‘ygan edi; u nima qilib bo‘lsa-da, qizi uchun
gersoginyalik unvoniga erishishni orzu qilardi.
O‘tgan ana shu bir yarim oy ichida markiz gohida birdan xayo-
liga kelib qolgan fikrga bo‘ysunib, Jyulenni davlatmand odam qilib
qo‘ymoq chi ham bo‘lardi, yo‘qsillik uning o‘zi, ya’ni markiz de lya
Mol uchun qandaydir inson qadrini xo‘rlaydigan, sharmandali bir
narsa, uning kuyovi uchun esa aql bovar qilmaydigan bir hol bo‘lib
tuyular va u orqa-oldiga qaramay pul sarflay boshlar edi. Ertasi kuni
esa xayoli uni tamoman boshqa yoqqa qarab olib qochardi; uning
nazarida, Jyulen isrofgarchilik darajasiga borib yetayotgan bunday
saxovatning ma’nisini tushunadigan, ismini o‘zgartirib, Amerikaga
qochib ketadigan va u yerdan Matildaga maktub yo‘llab, bundan buyon
o‘zini yo‘q deb hisoblashni iltimos qiladigandek tuyulardi. Janob de lya
Mol bu xatni yozilgan, deb tasavvur qilar ekan, uning qiziga qanday
ta’sir qilishini ko‘z o‘ngiga keltirmoqchi bo‘lardi.
Barcha bu orzularni Matildaning chinakam maktubi parokanda
qilib yuborgan kuni markiz Jyulenni qanday qilib o‘ddirsam yoki g‘o-
yib bo‘lishga majbur etsam, deya uzoq xayol surib yurganidan so‘ng,
birdan uning ko‘ngli yigitga ajoyib mavqe yaratib berishni tusab qoldi.
U Jyulenga o‘z amloklaridan birining nomini beradi, xo‘sh, unga unvon
ham olib bersa nima qiladi? Uning qaynotasi gersog Shonskiy yolg‘iz
o‘g‘li Ispaniyada halok bo‘lgach, o‘z unvonini Norberga bermoqchi
bo‘lib yurgani haqida unga bir necha marta gapirgan edi...
«Jyulenning ish sohasidagi ajoyib qobiliyati, beqiyos jasorati va,
ehtimol, bir qadar shukuhga ega ekanligini tan olmay ilojim yo‘q, –
deya mulohaza yuritardi o‘zicha markiz. – Biroq qalbining tubida
491
qandaydir kishini qo‘rqitadigan jihati bor uning. U hammada shunday
taassurot qoldiradi, demak, chindan ham allanima bor». (Bu «allani-
ma»ni ilg‘ab olish qanchalik qiyin bo‘lsa, u keksa markizning jo‘shqin
xayolini shunchalik vahimaga solardi.)
«Mening qizim tunov kuni yozgan xatida (biz bu xatni keltirib
o‘tirmadik) «Jyulen bironta ham salon, bironta ham to‘daga qo‘shilib
olmadi», deya buni juda nozik ifoda qilib bergandi. U menga qarshi
bironta ham to‘daning yordamiga orqa qilmayotir, demak, agar men
undan yuz o‘girsam, u yolg‘iz o‘zi shumshayib qolaveradi... Bu hol uning
jamiyatning hozirgi ahvolini bilmasligidan dalolat bermasmikin? Men
unga: mavqeini oshirib, nufuzga ega bo‘lmoqqa faqat salonlarning
yordamidagina erishish mumkin, deb ikki-uch marta aytgan edim...
Yo‘q, unda qulay fursatni sira ham qo‘ldan boy bermaydigan biron-
ta sulloh odamga xos quvlik va epchillik yo‘q... Bu xarakter Lyudovik XI
ruhiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Boshqa tomondan olganda esa men
uning sira ham yuksak qoidalarga amal qilmayotganini aniq ko‘rib
turibman. Men uni tushunolmay qoldim... Ehtimol u o‘z tuyg‘ulariga
erk bermaslik uchun ham barcha bu qoidalarni o‘ylab topgandir?
Bir narsaga shubha qilmasa bo‘ladi: u nafratga sira ham dosh
bera olmaydi, men xuddi ana shu narsa bilan uni jilovlab turibman.
U nasl-nasab oldida sajda qilmaydi, ochig‘ini aytganda, bizni
sidqidildan hurmat qilishini sezmayotirman. Bu – uning kamchiligi.
Biroq, oxir-oqibatda, seminariyada tahsil ko‘rgan bironta pastkash
faqat pul va hayotiy noz-ne’matlarning yetishmasligi tufayligina
armon qilishi mumkin. Jyulenning dardi esa butunlay boshqacha, u
o‘zidan nafratlanishlariga sira ham yo‘l qo‘ymaydi».
Qizining maktubidan iskanjaga tushib qolgan janob de lya Mol
qandaydir qarorga kelish lozimligini yaxshi tushunardi. Shu boisdan
ham avvalo eng muhim bir narsani aniqlab olmoq lozim edi: «Jyulen
qizimning ko‘nglini ovlashga jur’at etishiga mening qizimni dunyo-
dagi hamma narsadan ortiq ko‘rishim va yuz ming ekyu rentaga ega
ekanligimni bilgani sabab bo‘lmadimikin?
Matilda meni buning aksiga ishontirmoqchi bo‘lyapti... Yo‘q,
qadr li janob Jyulen, men bu masalada sira ham shubha bo‘lmasligini
istayman.
Bu nima o‘zi – chindan ham haqiqiy, tiyiqsiz, yuragini to‘satdan
zabt etgan muhabbatmi? Yoki bu jamiyatning yuqori pog‘onasiga
ko‘tarilish, o‘ziga tezlik bilan ajoyib mavqe yaratish yo‘lida pastkashlik
492
bilan qilingan nayrangmi? Matilda – juda ziyrak qiz, u ana shu mu-
lohaza Jyulenni mening ko‘z o‘ngimda badnom etishi mumkinligini
darhol sezgan, shu boisdan ham u, yigitni o‘zim birinchi bo‘lib sevib
qoldim, deya iqror bo‘lyapti.
Nahot shunday mag‘rur qiz es-hushini butunlay yo‘qotib, oldindan
shunday shama qilsa! Kechqurun bog‘da uning qo‘lini qisib qo‘ygan-
mish – qanday dahshat, uni yoqtirishi haqida ishora qilmoq uchun
go‘yo boshqa adabliroq usul qurib qolganday!
Do'stlaringiz bilan baham: |