Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XL

Xotirjamlik

Ilgari telba bo‘lganim uchun ham hozir ana 

shunday donishmand bo‘lib qolganman. Daqiqa-

dan naridagisini ko‘ra olmaydigan bechora fay-

lasuf, bilim doirang buncha qash shoq bo‘lmasa! 

Sening nigohing insonning ko‘zga ko‘rinmas 

ehtiroslarining pinhona faoliyatini ko‘rishga 

ojizlik qilar ekan.



V. Gyote.

So‘roq boshlanib, bu suhbat bo‘linib qoldi. So‘roqdan so‘ng darhol 

uni himoya qilish topshirilgan advokat bilan so‘zlashib olishga to‘g‘ri 

keldi. Bular Jyulenning butunlay beg‘am va latif xotiralarga to‘la ha-

yotidagi yagona noxush damlar edi.

– Qotillik, qotillik bo‘lganda ham oldindan o‘ylab, qasddan qilingan 

qotillik, – deya tinimsiz takrorlardi u sudyaga ham, advokatga ham. – 

Men juda afsuslanyapman, janoblar, – deya qo‘shimcha qildi u jilmayib, 

– lekin har qalay bu hol sizga hech qanday tashvish orttirmasa kerak.

«Oxir-oqibatda, – dedy o‘ziga-o‘zi Jyulen anovi nusxalardan qutul-

gach, – men jasur odam ekanman va, turgan gap, manovi ikki nusxadan 

yurakliroqman. Ular uchun bu baxtsiz oqibat bilan yakkama-yakka 

olishuv kulfatning cheki, dahshatlar gultojidir. Men esa bu ish bilan 

u sodir bo‘ladigan kundagina jiddiy shug‘ullanaman».

«Gap shundaki, men bundan ham ortiqroq kulfatlarni boshdan 

kechirganman, – deya faylasuflik qilishda davom etardi Jyulen. – 

Strasburgga birinchi marta borganimda, Matilda mendan butun-

lay yuz o‘girganiga ishonchim komil bo‘lgan paytda men bundan 

ham ko‘proq iztirob chekkan edim... Bo‘lmasam, uning sevgisiga 

erishmoqqa qanday ehtiros bilan intilgan edim-a, endi bo‘lsa unga 

mutlaqo befarq qarayapman. Sirasini aytganda, bu sohibjamol qiz 

yonimda bo‘lgan paytdagidan ko‘ra yolg‘iz o‘zim qolganimda o‘zimni 

baxtliroq his etyapman».

Qonunchi va rasmiyatparast odam bo‘lmish advokat uni telba deb 

hisoblar va umumning, Jyulen rashk ustida qo‘liga to‘pponcha olgan, 

degan fikriga qo‘shilardi. Bir kuni u yurak yutib, bu gap haqiqatga 




525

to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, lekin himoya uchun ajoyib asos bo‘lishi 

mumkin edi, deya shama qildi. Biroq Jyulen darhol o‘zining jizzaki va 

betoqat tabiatini namoyish etdi.

– Agar ajalingizdan besh kun burun o‘lmoqchi bo‘lsangiz, afan-

dim, – deya qichqirdi u g‘azabdan es-hushini yo‘qotib, – bu gapni 

xayolingizdan chiqarib tashlang va bu dahshatli bo‘htonni ikkinchi 

og‘zingizga ola ko‘rmang.

Ehtiyotkor advokat birdan meni bo‘g‘ib qolsa-ya, degan xayolga 

borib bir lahza qo‘rqib ketdi.

Advokat himoya nutqini tayyorlayotgandi, zero hal qiluvchi daqiqa 

yaqinlashmoqda edi. Bezansonda, umuman butun departamentda 

hamma faqat ana shu jarayon haqida gapirardi. Jyulen bu gaplarning 

baridan bexabar edi, u bunday gaplarni o‘ziga aytmaslikni qattiq 

iltimos qilgandi.

O‘sha kuni Fuke bilan Matilda unga, o‘zlarining o‘ylashlaricha, 

ancha umidvor qiladigan ba’zi bir ovozalarni aytmoqchi bo‘lishdi. 

Jyulen birinchi so‘zlarni eshitiboq ularni to‘xtatib qo‘ydi.

– Meni o‘z holimga qo‘yinglar. Barcha bu ikir-chikir gaplaringiz, 

hayot haqidagi bu hikoyalaringiz ozmi-ko‘pmi mening nafsoniyatim-

ga tegadi va meni osmondan yerga qulashga majbur etadi. Har kim 

o‘z bilgicha o‘ladi, shuning uchun men ham o‘lim haqida o‘zimcha 

o‘ylashni istayman. Boshqalar bilan nima ishim bor? Mening boshqalar 

bilan munosabatim yaqinda butkul uziladi. Sizlardan o‘tinaman, bu 

odamlar haqida menga boshqa gapirmang, tergovchi bilan advokat-

ning jonimga tegayotgani ham yetar.

«Chamasi, chindan ham orzularga berilib o‘lish mening pe-

shonamga yozilganga o‘xshaydi, – derdi u o‘ziga-o‘zi. – Biror ikki 

haftadan so‘ng barchaning unutib yuborishga imoni komil bo‘lgan 

mendek benom-u nishon bir odamning lo‘ttibozlik qilib, o‘zini ahmoq 

qilib ko‘rsatishining nima keragi bor...

Har qalay juda qiziq, men faqat endi, umrimning oxirini ko‘rayot-

gan bir paytda hayotdan lazzatlanish san’atini o‘rganyapman».

U ana shu so‘nggi kunlarini o‘z minorasining eng tepasida joy-

lashgan torgina maydonchada, Matilda Gollandiyadan ataylab oldi-

rib kelgan ajoyib sigaralarni chekkanicha u yoqdan-bu yoqqa yurib 

o‘tkaz moqda edi. Durbini bo‘lgan barcha odamlar u o‘sha maydon-

chada paydo bo‘ladigan daqiqani har kuni zoriqib kutishlarini esa 

yigit hatto xayoliga ham keltirmasdi. Uning butun fikr-yodi Verjida 



526

edi. U Fuke bilan de Renal xonim haqida hech qachon gaplashmasdi, 

biroq do‘sti unga ikki-uch marta xonimning tez tuzalib borayotganini 

aytganida Jyulenning yuragi orziqib tushdi.

Jyulenning qalbi butunlay shirin xayollar ummoniga g‘arq bo‘lib 

yurar ekan, Matilda har qanday asilzoda qiz kabi kundalik turfa ishlar 

bilan shug‘ullanardi. U de Fervak xonim bilan janob de Friler o‘rta-

sidagi do‘stona yozishmani shu qadar yo‘lga qo‘ya oldiki, yepiskoplik 

deya atalmish buyuk so‘z aniq tilga olinib bo‘ldi.

Benefitsiylar ro‘yxatini tuzuvchi muhtaram prelat jiyani yozgan 

maktubning oxiriga o‘z qo‘li bilan «O‘sha badbaxt Sorel shunchaki 


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish