XLI
Sud
Mamlakatda katta shov-shuvga sabab
bo‘lgan bu jarayonni hali uzoq eslab yurishadi.
Sudlanuvchining taqdiriga bo‘lgan qiziqish bor-
gan sayin zo‘rayib, oxiri hammani hayajonga sola
boshladi, zero uning jinoyati qanchalik g‘aroyib
ko‘rinmasin, u odamlarni dahshatga solmasdi.
U hatto dahshatli bo‘lgan taqdirda ham bu yigit
juda chiroyli edi. U juda tez ko‘tarilib borayotgan
edi-yu, birdan qoqilib tushib, hammani o‘ziga
xayrixoh qilib qo‘ydi. «Nahot uni o‘limga hukm
qilishsa?» – deya surishtirar edi ayollar tanish
erkaklardan va ranglari o‘chib, javob kutishardi.
Sent-Byov.
Nihoyat de Renal xonim bilan Matilda vahimaga tushib kutisha-
yotgan kun ham keldi.
Shaharda ko‘tarilgan shov-shuv ularni beixtiyor dahshatga
solmoq da edi, hatto Fukening ham matonatli qalbi iztirobga tushdi.
Bu romantik jarayonni eshitmoq uchun butun provinsiya Bezansonga
oqib kelmoqda edi.
529
Bir necha kun oldindanoq mehmonxonalarda bironta ham bo‘sh
joy qolmadi. Kirish bileti so‘rayverib janob sud raisining tinkasini
quritishgandi. Shaharning barcha xonimlari sud zaliga kirishni orzu
qilishardi, ko‘chalarda Jyulenning portretini sotishmoqda edi va
hokazo, va hokazo.
Matilda ana shu hal qiluvchi daqiqa uchun monsinor yepiskop
ning shaxsan o‘zi yozgan maktubini saqlab qo‘ygan edi. Fransuz
cherkovini boshqarib, episkoplarni ishdan olib, ishga qo‘yadigan
mazkur prelat Jyulenni oqlab hukm chiqarishni iltimos qilgandi.
Sud arafasida Matilda bu maktubni qudratli katta vikariyga olib
borib berdi.
Suhbat oxirida, Matilda ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kkanicha
chiqib ketishga hozirlanar ekan, janob de Friler nihoyat diplomatik
vazminligini yig‘ishtirib, o‘zi ham deyarli iyib dedi:
– Maslahatchilarning oqlab hukm chiqarishi haqida sizga kafolat
beraman: siz homiylik qilayotgan kimsaning gunohkor yoki gunohkor
emasligi, eng muhimi esa, qasddan jinoyat qilgani yoki qilmaganini
hal qiluvchi o‘n ikki kishidan oltitasi mening martabam o‘sishidan
manfaatdor do‘stlarimdir. Men o‘zimning yepiskoplik unvoniga
erishmog‘im ularga bog‘liq bo‘lib qolganini bu odamlarga ishora qilib
qo‘ydim. Baron Valenoni men Verrer shahriga mer qilib qo‘yganman.
Uning qo‘l ostidagi ikki odam – de Muaro va de Sholen janoblar, turgan
gap, uning chizgan chizig‘idan chiqishmaydi. Rostini aytganda, qur’a
bizga bu ishda ancha ishonchsiz bo‘lgan ikki maslahatchini duchor
qilib qo‘ydi, lekin ular g‘irt liberal bo‘lishsa-da, har qalay jiddiy ma-
salalarda menga itoat etishadi, men esa ulardan janob Valeno bilan
birgalashib ovoz berishni iltimos qildim. Oltinchi odam juda boy
fabrikant ekanligi menga ma’lum. U mahmadana va liberal, pinhona
harbiy mahkamadan allaqanday buyurtma olish dardida yuribdi
va, turgan gap, meni o‘ziga qarshi qilib qo‘yishni istamaydi. Janob
Valeno mening ko‘rsatmamga binoan ish yuritishini unga shipshitib
qo‘yishni buyurdim.
– O‘sha Valeno deganingiz kim o‘zi? – deya so‘radi bezovta bo‘lib
Matilda.
– Agar siz uni taniganingizda edi, muvaffaqiyat qozonajagimizga
sira shubha qilmagan bo‘lardingiz. U shunday gapdon, surbet, hayo-
siz va qo‘pol odamki, go‘yo ataylab ahmoqlarga yo‘lboshchilik qilish
uchun tug‘ilgan deysiz, 1814-yilda u yalangoyoq edi. Men uni prefekt
530
qilib qo‘ydim. Agar u bilan birgalashib ovoz berishmasa, u maslahatchi
hamkasblarni do‘pposlashdan ham toymaydi.
Matildaning ko‘ngli biroz joyiga tushdi. Kechqurun u yana bir
narsa haqida gaplashib olmog‘i lozim edi. Jyulen, nazdida oqibati
mutlaqo ravshan bo‘lgan bu ko‘ngilsiz mojaroni cho‘zib o‘tirmaslik
uchun sudda butunlay gapirmaslikka qaror qilgan edi.
– Advokatimning so‘zga chiqishi ham yetadi, – dedi u Matilda-
ga. – Men busiz ham barcha dushmanlarimga uzoq tomosha bo‘lib
o‘tiraman. Bu provinsiyaliklarning bari siz tufayli juda tez ko‘tarilib
ketganimdan g‘azablanib yurishibdi. Gapimga ishonavering, ularning
orasida meni o‘limga hukm qilishlarini istamaydigan bironta ham
odam topilmaydi. Lekin bu narsa meni qatlga olib ketishayotganida
ahmoqona bir tarzda bo‘kirib yig‘lashlariga xalal bermaydi.
– Sizni xo‘rlashsa, ular xursand bo‘lishadi, bu to‘g‘ri, – dedi Matil-
da, – lekin, menimcha, bu bag‘ritoshlikdan emas. Mening Bezansonda
paydo bo‘lishim va chekayotgan azoblarim barcha ayollarni menga
hamdard qilib qo‘ydi, sizning tarovatli husningiz esa qolgan ishni
to‘g‘rilab yuboradi. Sudyalaringiz oldida bir og‘izgina so‘z aytsangiz
bas, butun zal siz tomonda bo‘lib qoladi... – va hokazo, va hokazo...
Ertasi kuni ertalab soat o‘nda, Jyulen sud binosining katta zaliga
ravona bo‘lmoq uchun qamoqxonadan chiqqanida, jandarmlar hovli-
ga to‘plangan katta olomonni tarqatib yuborgunlaricha ancha ovora
bo‘lishdi. Jyulen miriqib uxlab olgandi, u o‘zini juda xotirjam his
etar va qalbida o‘zlari bag‘ritosh bo‘lmasalar-da, uni o‘limga hukm
etilishini qarsak chalib kutib oladigan manovi hasadgo‘ylar to‘dasiga
achinishdan bo‘lak hech qanday tuyg‘u sezmasdi. Yigit o‘zini olomon
orasidan olib o‘tishgan o‘sha chorak soat davomida odamlarning
unga chin yurakdan rahmlari kelayotganini ko‘rib, qattiq hayajonga
tushdi. U bironta ham adovatli so‘z eshitmadi. «Bu provinsiyaliklar
men o‘ylaganchalik yovuz emas ekanlar», – deya xayolidan o‘tkazdi u.
Sud binosining majlislar zaliga kirar ekan, Jyulen uning naqadar
nozik qilib qurilganiga qoyil qoldi. Bu toshdan nihoyatda hafsala bilan
yo‘nilgan bir talay ajoyib ustunlardan iborat sof gotika edi. U o‘zini
Angliyaga tushib qolgandek his etdi.
Lekin tezda sudlanuvchilar kursisining shundoq qarshisida,
sudyalar va maslahatchilar o‘tiradigan joyning tepasidagi uchta lojaga
joylashib olgan o‘n beshtacha ayolning ko‘hlikkina chehralari uning
butun diqqat-e’tiborini o‘ziga tortdi. Shundan so‘ng u tomashabinlar
531
tomon o‘girilib qaragan edi, amfiteatr uzra doira tashkil etgan butun
galereyani
55
faqat ayollar to‘ldirib o‘tirganini ko‘rdi. Ularning aksariya-
ti yoshgina qiz-juvonlar bo‘lib, ko‘pchiligi yigitga juda chiroyli ko‘rindi,
ularning ko‘zlari yiltirab turar, nigohlarida hamdardlik aks etar edi.
Pastdagi zal esa odamga liq to‘la edi, xaloyiq eshikdan yopirilib kirar,
soqchilar sira tinchlik o‘rnata olmay qiynalishardi.
Jyulenni ko‘rishga oshiqayotgan ishtiyoqmand ko‘zlar yigitning
baland supachadagi sudlanuvchi uchun ajratilgan joyga o‘tirayot-
ganini ko‘rgach, uning qulog‘iga hayratga tushgan va achinayotgan
odamlarning g‘ovur-g‘uvur gaplari chalindi.
Jyulen bugun yigirmaga ham kirmagandek ko‘rinardi: u juda od-
diygina, lekin g‘oyatda nozik did bilan kiyingan bo‘lib, jingala sochlar
va peshonasining chiroyi kishini hayratga solardi. Bugun uni Matil-
daning o‘zi kiyintirib qo‘ygandi. Jyulenning oppoq yuzi hammani lol
qoldirdi. U o‘z kursisiga o‘tirgan zahoti chor atrofdan ivir-shivir gaplar
eshitila boshladi: «Yo Xudoyim! Juda yosh-ku... Hali bola-ku axir... U
portretdagiga qaraganda ancha chiroyliroq ekan».
– Anavi tomonga bir qarang-a, sudlanuvchi, – dedi yigitga uning
o‘ng tomonida o‘tirgan jandarm, – lojada o‘tirgan anavi olti xonimni
ko‘ryapsizmi? – shunday deya jandarm unga maslahatchilar o‘tir-
gan joyning tepasida xiyol turtib chiqqan taxmonga o‘xshash lojani
ko‘rsatdi. – Anavi xonim prefektning rafiqasi, – deya davom etdi
jandarm, – uning yonidagisi esa markiza M***, u sizga juda xayrixoh.
Uning tergovchi bilan gaplashayotganini o‘z qulog‘im bilan eshitdim.
Uning ortida esa Dervil xonim o‘tiribdi.
– Dervil xonim deysizmi! – xitob qildi Jyulen qulog‘igacha qizarib.
«U sud zalidan chiqqan zahoti, – deya o‘yladi yigit, – de Renal
xonimga xat yozib yuboradi». U de Renal xonimning. Bezansonga
kelganidan bexabar edi.
Guvohlarni so‘roq qilish boshlandi. U bir necha soat davom etdi.
Bosh prokuror o‘zining ayblovchi nutqini boshladi. «Dervil xonim
unaqa emas, u ko‘ngli bo‘shlardan emas», – deya o‘yladi Jyulen, biroq
u xonimning ikki yuzi lov-lov yonib turganini sezib qoldi.
Bosh prokuror fransuz tilini rasvo qilib buzganicha balandpar-
voz bir ruhda sodir bo‘lgan jinoyatning naqadar yovuzligi haqida
gap sotmoqda edi. Jyulen Dervil xonim yonida o‘tirgan ayollar uning
55
Galereya – teatr yoki boshqa zallardagi o‘rindiqlarning ustki qavati (tarj.).
532
nutqini ochiqdan-ochiq norozilik bilan tinglashayotganini sezib
qoldi. Maslahatchilardan ba’zilari, chamasi, bu xonimlarning tanish-
lari bo‘lsa kerak, ular bilan bir-ikki og‘iz so‘zlashib olishar, aftidan,
ularni tinchitishardi. «Mana buni, chamasi, yaxshilik alomati desa
bo‘ladi», – deya xayolidan o‘tkazdi Jyulen. Shu paytga qadar u mana
shu sud zaliga to‘plangan barcha bu odamlarga nisbatan qalbida
cheksiz nafrat his etmoqda edi. Prokurorning bema’ni suxandonligi
bu jirkanch tuyg‘usini yanada kuchaytirib yubordi. Biroq Jyulenning
dilidagi bu sovuq tuyg‘u yigit tevarak-atrofida ko‘rayotgan ochiq-oydin
hamdardlik oldida yengilib, asta-sekin g‘oyib bo‘ldi.
U himoyachisining yuzidagi qat’iyatni ko‘rib, dilida mamnun
bo‘lib qo‘ydi. «Faqat, iltimos, ortiqcha gaplar aytmang», – deya asta
shivirladi yigit unga himoyachi so‘z olishga hozirlik ko‘rayot ganida.
– Bu yerda Bossyuetning kitobidan olib sizga qarshi aytilgan
barcha tumtaroq gaplar faqat sizning foydangizga bo‘ldi, – dedi
advokat. Chindan ham u nutq boshlaganidan so‘ng oradan besh
daqiqa o‘tmasdanoq deyarli barcha ayollarning qo‘lida dastro‘mol
paydo bo‘ldi. Bundan ruhlanib ketgan advokat sud maslahatchilariga
murojaat qilib, nihoyatda ta’sirli so‘zlar aytdi. Jyulenning eti jimirlab
ketdi, u hozir ko‘zlariga tirqirab yosh chiqib ketishini sezib turardi.
«Yo Rabbim! Dushmanlarim nima deydi?»
U yig‘lab yuboray deb turganida, baxtiga, ko‘zi baron de Valenoning
surbet nigohi bilan to‘qnash kelib qoldi. «Bu laganbardorning ko‘zlari
naq yonib turibdi-ya, – dedi u o‘zicha, – ablahning tantana qilishini
qarang! Agar shu voqea men qilgan jinoyatning yagona oqibati bo‘lgan
taqdirda ham men unga la’nat o‘qimog‘im lozim edi. Xudo bilsin, qish
kechalari ularnikiga mehmonga borganida u men to‘g‘rimda de Renal
xonimga nimalar deb vaysaydi». Bu fikr bir zumda boshqa barcha
xayollarni siqib chiqardi. Lekin birozdan so‘ng Jyulenning xayolini
zalda ko‘tarilgan g‘ala-g‘ovur va ma’qullovchi xitoblar bo‘lib yubordi.
Advokat hozirgina o‘z nutqini tugatgan edi. Jyulen uning qo‘lini qisib
qo‘yish lozimligini esladi. Vaqt juda tez o‘tib ketgan edi.
Advokat bilan sudlanuvchiga ovqat olib kelishdi. Ana shunda
Jyulen bir narsani ko‘rib qattiq hayratga tushdi: ayollardan birontasi
ham tamaddi qilib olish uchun zaldan chiqib ketmagan edi.
– Rostini aytsam, ochimdan o‘lay deyapman, – dedi himoyachi,
– siz-chi?
– Men ham, – deya javob qildi Jyulen.
533
– Uni qarang, mana janob prefektning rafiqasiga ham ovqat kel-
tirishdi, – dedi advokat kichkina loja tomon ishora qilib. – Bardam
bo‘ling: hammasi yaxshi ketyapti.
Sud majlisi qaytadan boshlandi.
Rais yakunlovchi nutq so‘zlayotganida soatlarning zang urishi
eshitildi, vaqt yarim kecha bo‘lgan edi. Rais so‘zlashdan to‘xtab, kutib
turishga majbur bo‘ldi, barcha toqatsizlanib kutib turgan bu sukunat
ichra soatlarning bong urishi zalda aks sado bermoqda edi.
«Mana, mening so‘nggi kunim ham keldi», – deya o‘yladi Jyulen.
Shundan so‘ng u butun vujudini burch tuyg‘usi qamrab olayotganini
his etdi. Shu paytga qadar u hammasiga bardosh berib, ko‘ngilbo‘shlik-
ka yo‘l qo‘ymay kelayotgan va so‘nggi so‘zdan voz kechishga qaror
qilgan edi. Biroq rais undan biror narsa qo‘shimcha qilishni istamay-
sizmi, deya so‘raganida u o‘rnidan turdi. Yigit shundoq ro‘parasida
Dervil xonimning ko‘zlarini ko‘rib turardi. Ayolning ko‘zlari unga
qandillarning shu’lasida haddan tashqari yaltirab ko‘rinayotgandek
tuyuldi. «Yig‘layaptimi, deyman?» – deya xayolidan o‘tkazdi Jyulen.
– Janobi maslahatchilar!
O‘limim oldidan odamlarning nafratiga e’tibor bermasligim mum-
kin, deb o‘ylagandim. Biroq ana shu nafrat oldidagi qo‘rquv meni so‘z
olishga majbur qilyapti. Men sira ham sizning tabaqangizga mansub
emasman, janoblar, siz oldingizda o‘zining ayanchli qismatiga qarshi
isyon ko‘targan oddiy bir fuqaroni ko‘rib turibsiz.
– Men sizlardan rahm-shafqat so‘ramoqchi emasman, – deya davom
etdi Jyulen tovushi dadillashib. – Hech narsaga umid qilayotganim yo‘q,
meni o‘lim kutmoqda; shunday jazoga munosibman. Men har qanday
tahsinga munosib, g‘oyatda hurmatli bir ayolning hayotiga suiqasd
qildim. De Renal xonim men uchun onadek mo‘tabar bir ayol edi. Ji-
noyatim nihoyatda dahshatli va men uni qasddan qildim. Shunday qilib
men o‘lim jazosiga munosibman, janobi maslahatchilar. Biroq kamroq
darajada aybdor bo‘lgan taqdirimda ham men bu yerda yoshligim
uchun sira ham rahm-shafqat qilib o‘tirmay, meni qattiq jazoga hukm
qiladigan odamlarni ko‘rib turibman. Ular yo‘qsillikda ezilgan; lekin
yaxshi ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lgan va shu boisdan takabbur
boyonlar, yaxshi jamiyat, deb ataydigan muhitga suqilib kirishga jur’at
etgan past tabaqa yigitlariga ibrat bo‘lsin uchun ham shunday qiladilar.
Mening jinoyatim mana shu, janoblar, va u nihoyatda qattiqqo‘llik
bilan jazolanadiki, zero meni o‘zim tengi odamlar sud qilayotgani yo‘q.
534
Men bu yerda maslahatchilar kursisida bironta ham boyib ketgan
dehqonni ko‘rmadim, hammasi g‘azabga mingan burjualar, xolos...
Yigirma daqiqa davomida Jyulen ana shu ruhda so‘zlab, dilidagi
hamma gapni aytib oldi. Kiborlar oldida yaltoqlik qiladigan prokuror
o‘tirgan kursisida g‘azabidan sakrab-sakrab tushardi. Jyulenning
nutqi birmuncha mavhumligiga qaramay, barcha ayollar ho‘ng-ho‘ng
yig‘lashmoqda edi. Hatto Dervil xonim ham dastro‘molini ko‘zidan
olmay qo‘ygandi. Nutqini tugatishdan avval Jyulen yana bir bor
o‘z jinoyatidan pushaymon ekanligi hamda bir vaqtlar, o‘sha baxtli
kunlarda de Renal xonimni naqadar hurmat qilgani va unga bo‘lgan
cheksiz sadoqati haqida eslatib o‘tdi... Dervil xonim birdan qichqirib
yubordi-da, hushidan ketib yiqildi.
Maslahatchilar o‘z xonasiga kirib ketishganida kechasi soat birga
zang urgan edi. Ayollardan birontasi ham o‘z joyini tark etmadi, ko‘pgina
erkaklar ko‘zlarini artib o‘tirishardi. Avvaliga odamlar qizg‘in suhbat-
lashib o‘tirishdi, biroq maslahatchilar hukmini zoriqib kutishar ekan,
barcha holdan toyib, zal asta-sekin jimib qoldi. Bu tantanali daqiqalar
edi. Qandillarning shu’lasi xira torta boshladi. Nihoyatda charchagan
Jyulen yonginasidagi odamlarning, maslahatchilar bunday uzoq qolib
ketishgani yaxshilik belgisimi yoki yomonlik nishonasimi, deya suhbat-
lashishlariga quloq solib o‘tirardi. Barcha o‘zining tomonida ekanligi
yigit ko‘ngliga xush yoqdi, maslahatchilar hamon qaytishmasdi, lekin
shunga qaramay bironta ham ayol zaldan chiqib ketmadi.
Mana soat ikkiga ham zang urdi – shundan so‘ng darhol g‘ala-
g‘ovur eshitildi. Maslahatchilar xonasining kichkina eshigi lang
ochildi. Janob baron de Valeno oldinda viqor bilan dabdabali qadam
tashlardi, bo‘lak maslahatchilar uning ortidan kelishardi. U yo‘talib
oldi-da, so‘ngra maslahatchilar bir ovozdan, haqiqat va vijdon amri
bilan Jyulen Sorel qotillikda, qotillik bo‘lganda ham qasddan qilingan
qotillikda aybdor, degan qarorga kelishganini ma’lum qildi. Bu qaror-
dan o‘lim jazosi kelib chiqardi, hukm shu zahoti e’lon qilindi. Jyulen
soatiga qaradi, u janob de Lavaletni eslagan edi, soat ikkidan chorak
o‘tganini ko‘rsatib turardi. «Bugun juma», – deya
o‘yladi u.
Ha, ammo meni qatlga yuborayotgan Valeno uchun bu baxtli kun...
Meni juda qattiq qo‘riqlashadi, shu boisdan ham Matilda de Lavalet
xonim kabi meni qutqara olmaydi... Shunday qilib, uch kundan keyin,
xuddi mana shu soatda men buyuk «bo‘lishi mumkin» haqida, aniq bir
fikrga kelib olaman».
535
Shu payt allakimning qattiq qichqirib yuborgani uni hushiga
keltirdi. Atrofdagi ayollar ho‘ngrab yig‘lashmoqda edi, hamma bir
cheti devorga tutashgan gotik ustunning qoq tepasidagi kichkina tax-
moncha tomon o‘girilib qaradi. Keyinchalik u o‘sha yerda Matildaning
yashirinib o‘tirganini bilib oldi. Qichqiriq boshqa eshitilmaganidan
so‘ng barcha yana jandarmlar olomon orasidan olib o‘tishga harakat
qilayotgan Jyulen tomon o‘girildi.
«Anovi muttaham Valenoga hiringlab kulish uchun imkon ber-
maslikka harakat qilamiz, – deya o‘yladi Jyulen. – U o‘lim jazosi kelib
chiqadigan o‘sha qarorni naqadar chuchmal bir g‘amginlik bilan
o‘qiganini aytmaysizmi! Hukmni o‘qiyotganida hatto anavi boyaqish
sud raisining ham ko‘zidan yosh chiqib ketdi, bo‘lmasam u anchadan
buyon sudya bo‘lib ishlaydi axir. Bir vaqtlar de Renal xonim tufayli
oramizdagi raqobat uchun nihoyat o‘ch olayotganidan Valenoning
boshi osmonda bo‘lsa kerak!.. Demak, men endi xonimni ko‘rmas
ekanman-da! Hammasi tamom... U bilan vidolasha olmaymiz, buni
sezib turibman. Qilgan jinoyatimdan qanday dahshatga tushayot-
ganimni unga ayta olganimda naqadar baxtiyor bo‘lardim-a.
Mana o‘sha so‘zlar: meni adolatli hukm qilishdi».
XLII
Jyulenni yana qamoqxonaga olib borib, o‘lim jazosiga hukm qilin-
gan mahbuslar uchun mo‘ljallangan kazematga joylashtirishdi. Doim
eng mayda tafsilotlarigacha hamma narsaga e’tibor berib yuradigan
yigit bu gal o‘zini yuqoridagi minorasiga boshlamay, boshqa xonaga
olib kirishganini hatto sezmadi ham. Uning butun xayoli so‘nggi
daqiqada uni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lsa, de Renal xonimga ni-
malar deyishi haqidagi fikr bilan band edi. U, xonim darhol gapimni
bo‘lib qo‘ysa kerak, deya o‘ylardi. Shu boisdan ham u gapni shunday
qilib aytmoqni istardiki, xonim birinchi so‘zlardan keyinoq uning
qilmishidan pushaymon ekanligini tushunsin. «Shunday jinoyatdan
so‘ng xonimni yolg‘iz uni sevishimga qanday ham ishontira olardim:
Chunki men shuhratparastlik tufaylimi, Matildaga bo‘lgan sevgim
uchunmi, har qalay unga suiqasd qildim axir».
Uyquga yotar ekan, uning badani dag‘al bo‘z choyshabni his etdi.
Shundan so‘ng uning ko‘zi ochilgandek bo‘ldi. «Ha, aytmoqchi! Men
kazematdaman-ku, – dedi u o‘ziga-o‘zi, – o‘limga hukm qilinganlar
kazematida. Adolatdan bu...» «Graf Altamiraning hikoya qilishicha,
536
Danton o‘limi oldidan o‘zining do‘rildoq ovozi bilan shunday degan
ekan: «Juda qiziq, axir qatl qilinmoq fe’lini hamma zamonga solib
tuslab bo‘lmas ekan. Men qatl qilinaman, sen qatl qilinasan, deyish
mumkin, lekin men qatl qilingan edim deyilmaydi».
«Xo‘sh, nega endi bunday deyish mumkin emas ekan, – deya
davom etdi Jyulen, – agar oxirat mavjud bo‘lsa-chi?.. Rostini aytganda,
agar u yerda xristianlar xudosiga duch kelib qolsam, holimga voy –
u mustabid va har qanday mustabid kabi butun vujudi qasoskorlik
bilan yonadi. Tavrotda har xil dahshatli jazo usullari tasvirlangan.
Men hech qachon uni sevgan emasman va uni sidqidildan sevish
mumkinligini hatto xayolimga ham keltirgan emasman. U shafqatsiz
(shundan so‘ng yigit Tavrotdagi ba’zi iqtiboslarni esladi). U dahshatli
bir tarzda meni jazolaydi...
Lekin u yerda meni Fenelon xudosi qarshi olsa-chi! Ehtimol, u
menga: ko‘pgina gunohlaringni kechiraman, chunki sen ko‘p sevgan-
san, deb aytar...
Xo‘sh, men ko‘p sevdimmi o‘zi? Ha, men de Renal xonimni sevgan
edim, lekin men qabohatga yo‘l qo‘ydim. Bu o‘rinda ham men barcha
boshqa ishlardagi kabi qandaydir shukuhni deb oddiy va sofdil xis-
latlardan yuz o‘girdim...
Ha, lekin istiqbolim naqadar porloq edi mening... Urush boshlansa
gusarlar polkovnigi bo‘lardim, tinchlik paytida esa elchixona kotibi,
keyin elchi... zero bu ishlarni tezda o‘zlashtirib olardim, albatta... Hatto
g‘irt ahmoq bo‘lgan taqdirimda ham markiz de lya Molning kuyovi
birovning raqobatidan qo‘rqarmidi deysiz? Mening barcha tentak-
liklarimni kechirib yuborishar yoki ularni fazilat deya e’lon qilishgan
bo‘lardi. Qarabsizki, men xizmat ko‘rsatgan odam sifatida Vena yoki
Londonga o‘xshash biror joyda ayshimni surib yashasherardim»...
«Yanglishyapsiz, taqsir, uch kundan so‘ng boshingizni taningizdan
judo qilishadi».
Jyulen daf’atan xayoliga shunday oqilona fikr kelganidan xaxolab
kulib yubordi. «Chindan ham bir insonning vujudida ikki xil tabiat
birga yashaydi, – deya xayolidan o‘tkazdi u. – Jin ursin, bu istehzoli
kesatiq qayoqdan o‘rmalab chiqdi o‘zi?»
«Ha, rost aytasan, oshna, uch kundan so‘ng sening kallangni oli-
shadi, – deya javob qildi u o‘zining o‘sha sarkash suhbatdoshiga. – Ja-
nob de Sholen bu sahnani tomosha qilmoq uchun abbat Maslon bilan
sherik bo‘lib, birorta derazani ijaraga olishadi. Ana shu deraza uchun
537
ijara haqini to‘lash lozim bo‘lganida esa, qiziq, bu ikki muhtaram
zotning qaysi biri qaysi birining pulini o‘marib qolarkin?»
Shu payt yigit birdan Rotruning «Vyacheslav» asaridagi ana shu
misralarni eslab qoldi:
V l a d i s l a v:
...Ruhim tayyor.
Q i r o l
Do'stlaringiz bilan baham: |