XXXVI
Noxush tafsilotlar
Meni qo‘rqoqlik qiladi, deb o‘ylamay qo‘ya
qolinglar: men o‘zim uchun qasos ol dim. Qil-
mishimga yarasha meni o‘limga hukm qilsangiz
arziydi, mana men, ushlang lar meni. Ruhimga
duo qilsangiz bas.
Shiller.
Jyulen qimir etmay turardi, uning ko‘zi hech nimani ko‘rmasdi.
U biroz hushiga kelgach, qavm ahlining cherkovdan qochib chiqa-
yotganini sezdi. Ruhoniy mehrobni tark etgan edi. Jyulen qiy-chuv
solib cherkovdan chiqib ketayotgan qandaydir ayollar ortidan asta
yurdi. Ayollardan biri oldinga intilib uni qattiq itarib yuborgan edi,
yigit yiqilib tushdi. Uning oyog‘ini olomon qulatib yuborgan kursi
bosib qoldi, u o‘rnidan tura boshlagan edi, kimdir yoqasidan ushla-
ganini sezdi – bu forma kiygan jandarm edi. Jyulen beixtiyor kichkina
to‘pponchalarini olmoqchi bo‘lgan edi, biroq boshqa bir jandarm shu
payt uning tirsagidan tutdi.
500
Uni qamoqxonaga olib borishdi. So‘ng qandaydir xonaga olib kirib,
qo‘liga kishan urishdi-da, yolg‘iz o‘zini qoldirishdi. Eshik yopilib, kalit
qulf ichida ikki marta sharaqlab buraldi. Bu ishlarning bari juda tez
sodir bo‘lib, yigit bu paytda hech nima sezmadi.
– Mana endi, hammasi tamom bo‘ldi deyish mumkin, – dedi u
hushiga kelar ekan, baland ovoz bilan. – Xo‘sh, demak, ikki haftadan
so‘ng gilotina... yoki u paytgacha o‘zimni o‘zim o‘ldirishim kerak.
Uning fikri shundan nariga o‘tmasdi, unga xuddi kimdir miyasini
mahkam siqib turgandek tuyulardi. U, bironta odam ushlab turma-
ganmikin, deya orqasiga o‘girilib qaradi-yu, bir lahza o‘tmay qattiq
uyquga ketdi.
De Renal xonim uncha qattiq yaralanmagan ekan. Birinchi o‘q
uning shlyapasini teshib o‘tibdi, u o‘girilib qaragan zahoti ikkinchi
marta o‘q uzilibdi. O‘q xonimning yelkasiga tegibdi-da, – mo‘jizani
qarang! – yelka suyagini sindirib, qaytibdi va gotik ustunga borib
urilgach, uning bir bo‘lagini uchirib yuboribdi.
Jarohatni yaxshilab ko‘zdan kechirib, uni bog‘lab qo‘yar ekan, juda
bama’ni odam bo‘lmish jarroh de Renal xonimga: «Sizning sog‘ayib
ketishingizga to‘la kafolat bera olaman», deganida ayol juda xafa bo‘ldi.
Anchadan buyon u sidqidildan o‘ziga o‘lim tilab yurardi. Uning
janob de lya Molga yozgan maktubi (bu maktubni unga hozirgi piri
majburan yozdirgan edi) haddan tashqari uzoq davom etgan qa-
yg‘u-alamdan sillasi qurigan bu qalb uchun so‘nggi zarba bo‘lgan edi.
Bu qayg‘u Jyulen bilan ayriliqdan chekayotgan hijron alami bo‘lib,
xonimning o‘zi buni vijdon azobi, deya atardi. Uning hozirgi piri –
yaqindagina Dijondan kelgan taqvodor va serhafsala yosh ruhoniy
buni juda yaxshi tushunardi.
«Mana shunday, birovning qo‘lidan o‘lib ketish, axir bu sira ham
gunoh emas-ku, – derdi o‘ziga-o‘zi de Renal xonim. – Ehtimol, o‘limga
xursand bo‘layotganimni yaratgan Parvardigor kechirar». U: «Jyulen-
ning qo‘lidan o‘lish naqadar lazzatli bo‘lardi axir!» – deya qo‘shimcha
qilishga botinmasdi.
Jarroh va uni ko‘rgani yopirilib kelgan barcha dugonalaridan
qutulgan zahoti xonim oqsochi Elizani huzuriga chaqirdi.
– Qamoqxona nazoratchisi nihoyatda berahm odam, – dedi u
Elizaga anordek qizarib. – U, turgan gap, menga yoqaman, deb boya-
qishga juda yomon muomala qiladi... Men shuni o‘ylab juda azob
chekyapman. O‘sha nazoratchining oldiga borib, go‘yo o‘zingizning
501
nomingizdan unga manovi konvertchani berib kelolmaysizmi? Bu
yerda bir necha luidor bor. Siz unga, din aqidalari unga yomon muo-
mala qilishingizga yo‘l qo‘ymaydi, deb ataysiz... Eng muhimi, unga pul
berganimizni og‘zidan gullab yurmasin.
Verrer qamoqxonasi nazoratchisining Jyulenga nisbatan muruvvat
bilan muomala qilishiga biz hozirgina hikoya qilib bergan ana shu
voqea sabab bo‘lgan edi: bu odam biz bir vaqtlar janob Apperning
kelishidan o‘takasi yorilayozganida ko‘rganimiz o‘sha tirishqoq mir-
shab – janob Nuaruning xuddi o‘zginasi edi.
Qamoqxonaga sudya tashrif buyurdi.
– Men qasddan odam o‘ldirdim, – dedi unga Jyulen, – to‘ppopchani
palon qurolsozdan xarid qilib, uni o‘shaning o‘ziga o‘qlatib oldim.
1342-modda. Jazo qonunlari majmuasida aniq aytilgan. Qilmishimga
yarasha o‘limga hukm etilmog‘im lozim va men uni kutyapman.
Kaltabin sudya bunday samimiylikni tushuna olmasdi: u ayblanuv-
chi javob bera turib, adashib ketyapti, deya xulosa chiqarish niyatida
Jyulenga har xil savollar yog‘dira boshladi.
– Ko‘rmayapsizmi axir, – dedi jilmayib Jyulen, – aybimni ochiq-oy-
din bo‘ynimga olyapman, siz uchun bundan ortig‘i bo‘lmaydi-ku.
Qo‘ying, taqsir, o‘ljangiz sizdan qochib qutula olmaydi. Siz meni
istagan jazoga hukm qilaverasiz. Endi, marhamat qilib, bu yerdan
chiqib ketsangiz.
«Men ancha zerikarli yana bir majburiyatni ado etmog‘im lozim,
– deya o‘yladi Jyulen. – Mademuazel de lya Molga xat yozishim
kerak».
«Men o‘zim uchun qasos oldim, – deb yozdi u Matildaga. – Baxt-
ga qarshi, mening ismim endi gazetalarda tilga olinadi va men bu
dunyoni hech kimga bildirmay tark etish imkoniyatidan mahrum
bo‘ldim. Buning uchun meni kechirishingizni so‘rayman. Men ikki
oydan keyin o‘laman. Mening qasosim Siz bilan judolik kabi dahshatli
bo‘ldi. Shu daqiqadan e’tiboran Sizga xat yozish va Sizning nomi-
ngizni tilga olishni o‘zimga taqiqlab qo‘ydim. Men to‘g‘rimda hech
kimga, hatto o‘g‘limga ham gapirmang, sukut saqlash – mening
ruhimni shod qilishning yagona yo‘li. Ko‘pchilik odamlar uchun
men oddiy bir qotil bo‘lib qolaman... Ana shu so‘nggi daqiqada Sizga
haqiqatni aytmoqqa ijozat etgaysiz. Siz meni unutib yuborasiz. Men
bu to‘g‘rida bironta ham tirik jonga hech qachon «churq» etib og‘iz
ochmaslikni maslahat ko‘radigan bu mudhish fojia uzoq yillarga
502
Sizning qalbingizdan romantizmga moyillik va tavakkalchilikni
siqib chiqaradiki, men Sizning tabiatingizda ana shu xislatlarni
yaqqol ko‘rgan edim. Siz o‘rta asr qahramonlari orasida yashash-
ga munosib qilib yaratilgansiz, shu boisdan ham bu o‘rinda o‘sha
qahramonlardek matonatli bo‘lmog‘ingiz darkor. Muqarrar yuz
berajak voqea Sizning sha’ningizga dog‘ tushirmay, pinhona sodir
bo‘lsin. Boshqa nom bilan biror yerga yashirining va hech kimga
ishonmang. Agar do‘stona yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Sizga abbat
Pirarni vasiyat qilaman.
Boshqa birontaga, ayniqsa, o‘zingizning tabaqangizdagi odamlar:
de Lyuz, de Kaylyus janoblariga bir og‘iz ham so‘z aytmang.
Mening o‘limimdan so‘ng oradan bir yil o‘tgach, janob de Kruaz-
nuaga turmushga chiqing, Sizdan iltimos qilaman, eringiz sifatida
buyuraman. Menga xat yozmang, baribir javob qaytarmayman. Garchi,
nazarimda, Yago kabi yovuz bo‘lmasam-da o‘shaning so‘zlari bilan
shunday deyman:
From this time forth I never vill speak word.
54
Meni so‘zlashga ham, xat yozishga ham hech nima majbur eta
olmaydi. Mening so‘nggi so‘zlarim so‘nggi jo‘shqin tuyg‘ularim qatori
faqat Sizga qaratilgandir.
J. S.»
Faqat ana shu xatni jo‘natganidan keyingina Jyulen biroz hushiga
kelib, ilk bor o‘zining naqadar baxtsiz ekanligini his etdi. U «Men o‘la-
man, yozmishim shudir menim» degan buyuk so‘zlar bilan qalbidagi
barcha shuhratparast orzu-umidlarini birma-bir sug‘urib tashlamog‘i
lozim edi. O‘limning o‘zi yigitga u qadar dahshatli bo‘lib ko‘rinmasdi.
Uning butun umri aslida kulfatlarga uzoq hozirlik ko‘rishdan iborat
bo‘lib, kulfatlar orasida eng dahshatlisi hisoblanadigan musibatni
yigit doim yodida saqlab kelardi.
«Xo‘sh, buning nimasi qo‘rqinchli ekan? – derdi u o‘ziga-o‘zi. –
Aytaylik, men ikki oydan so‘ng qilichbozlik bobida nihoyatda mohir
bo‘lgan bir odam bilan duelga chiqishim kerak. Nima, yuragimda
dahshat bilan doim shu haqda o‘ylash darajasida qo‘rqoqlik qilar-
midim?»
U bir soatdan ortiq shu to‘g‘rida o‘zini o‘zi so‘roq qildi.
54
Bundan buyon; aytmam bir og‘iz ham so‘z. (ingl.)
503
Nihoyat, yigit dilida sodir bo‘layotgan gaplarni aniq-taniq tasavvur
qilib, haqiqat uning ko‘z o‘ngida qamoqxona gumbazini tutib turgan
manovi ustun yanglig‘ yaqqol namoyon bo‘lgach, u tavba qilish haqida
o‘ylay boshladi.
«Xo‘sh, aslini olganda, nega endi tavba qilishim kerak ekan? Meni
dahshatli tarzda haqorat qilishdi, men odam o‘ldirdim, qilmishimga
yarasha o‘lim jazosiga loyiqman, bor gap shu. Men insoniyat bilan hi-
sob-kitob qilib bo‘ldim, endi o‘lyapman. O‘zimdan so‘ng bironta ham
bajarilmagan majburiyat qoldirayotganim yo‘q, hech kimdan hech
narsa qarz emasman, o‘limimning esa hech qanday uyatli joyi yo‘q,
meni qanday usul bilan o‘ldirishlarini hisobga olmaganda, albatta.
To‘g‘ri, verrerlik meshchanlar ko‘z oldida meni badnom qilmoq uchun
shuning o‘zi ham kifoya, lekin bilish deya atalmish oliy nuqtai nazardan
qaraganda buning nima ahamiyati bor? Darvoqe, o‘zimdan so‘ng yax-
shi xotira qoldirishim ham mumkin, buning uchun qatlga keta turib,
olomonga qarata oltin tangalar sochishim kerak. Ana shundan so‘ng
mening xotiram oltin haqidagi xotira bilan qo‘shilib, chindan ham nuraf-
shon bo‘ladi». Bir necha daqiqadan so‘ng unga mutlaqo ravshan bo‘lib
tuyulgan ana shu xulosada to‘xtagach, Jyulen o‘ziga-o‘zi: «Yorug‘ dun-
yoda boshqa qiladigan ishim qolmadi!» – dedi-da, qattiq uyquga ketdi.
Yigitni kechqurun soat o‘nlarga yaqin nazoratchi uyg‘otdi: u ovqat
olib kelgan edi.
– Verrerda nimalar deyishyapti?
– Janob Jyulen, meni shu ishga olishayotgan kuni qirollik sudiga
but oldida qasam ichganman – men sukut saqlamog‘im kerak.
U indamay turar, lekin ketay ham demasdi. Bu beo‘xshov munofiq-
likdan Jyulenning kulgisi qistadi. «Vijdoni evaziga mendan olishga
umid qilayotgan o‘sha besh frankni olmoq uchun uni iloji boricha
ko‘proq kuttirish kerak», deya o‘yladi u.
Mahbus ovqatni yeb tugatayotgan bo‘lsa-da u unga pora berishni
hatto xayoliga ham keltirmayotganini ko‘rgan nazoratchi oxiri chidab
tura olmadi:
– Sizni do‘st deb bilganim tufayligina, janob Jyulen, – dedi u soxta
hamdardlik bilan, – sizga rostini aytib qo‘ya qolaman. To‘g‘ri, bu ado-
latga to‘g‘ri kelmaydi, deyishadi, chunki siz bundan o‘zingizni himoya
qilishda foydalanishingiz mumkin ekan... Lekin siz, janob Jyulen, siz
mehribon odamsiz, turgan gap, de Renal xonimning ancha tuzalib
qolganini eshitsangiz, xursand bo‘lasiz.
504
– Nima? U tirikmi? – deya o‘zini yo‘qotib xitob qildi Jyulen stol
yonidan sapchib turar ekan.
– Iye, xabaringiz yo‘qmi hali? – dedi nazoratchi bema’ni bir
hayrat bilan. Uning basharasidagi bu ifoda bir zumda g‘oyib bo‘lib,
uning o‘rnida tamagirlik aks etdi. Har qalay, jarrohga biron narsa
bersangiz bo‘lardi, taqsir, chunki qonun va adolatga ko‘ra, u sir
saqlashi kerak edi. Men esa, taqsir, sizning ko‘nglingizni olmoqchi
bo‘ldim: jarrohning oldiga borgan edim, u menga bor gapni aytib
berdi...
– Demak, u og‘ir yaralanmabdi-da? – deya toqatsizlik bilan so‘radi
Jyulen nazoratchi tomon bir qadam yurib. – Rostini ayt, buning uchun
menga boshing bilan javob berasan.
Devday keladigan nazoratchi kapalagi uchib eshik tomon chekindi.
Jyulen bu ahvolda undan hech nima bila olmasligini angladi. U kursiga
o‘tirdi-da, janob Nuaruga tilla tanga tashladi.
Jyulen bu odamning hikoyasidan de Renal xonimning jarohati
og‘ir emasligiga ishonch hosil qilgan sayin o‘zini yo‘qotib, ko‘zlaridan
hozir tirqirab yosh chiqib ketishini aniq his etib turardi.
– Meni xoli qo‘ying, – dedi u entikib.
Nazoratchi itoat etib, tashqariga chiqdi. Uning ortidan eshik yo-
pilgan zahoti Jyulen:
– Yo Rabbiy! U tirik ekan! – deya xitob qildi-da, ko‘zlaridan duv-
duv yosh to‘kkanicha ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Ana shu takrorlanmas daqiqada u imon keltirmoqda edi. Anavi
riyokor va munofiq poplar bilan uning nima ishi bor, axir ular shu
damda uning uchun haqiqat va yaratgan Parvardigor siymosining
ulug‘vorligiga putur yetkaza olarmidi deysiz.
Faqat, endigina Jyulen qilgan jinoyatidan pushaymon bo‘la bosh-
ladi. Qandaydir g‘aroyib tasodifga ko‘ra yigit xuddi shu daqiqada Pa-
rijdan Verrer tomon yo‘lga chiqqanidan buyon vujudini qamrab olgan
va uni ruhiy tushkunlikdan qutqarib kelayotgan g‘azab va telbaligidan
qutulib, hushiga kelgan edi.
Hozir u chin ko‘ngildan samimiyat bilan ko‘z yoshi to‘kar ekan,
o‘zining o‘lim jazosiga hukm qilinajagi to‘g‘risida sira ham shubha
qilmasdi.
«Demak, u yashaydi! – deya takrorladi yigit, – u yashaydi, guno-
himdan o‘tadi va meni sevadi...»
Ertalab, kun ancha yoyilib qolganida, uni nazoratchi uyg‘otdi.
505
– Chamamda, ko‘nglingiz xotirjam ko‘rinadi, janob Jyulen, – dedi
nazoratchi. – Ikki marta oldingizga kirdim, lekin uyg‘otishga ko‘zim
qiymadi. Mana, marhamat, ikki shisha ajoyib vino, buni sizga kyuremiz
janob Maslon berib yubordilar.
– Shunaqa deng! O‘sha muttaham haliyam shu yerdami? – dedi
Jyulen.
– Ha, taqsir, – deya javob qildi nazoratchi ovozini pasaytirib. –
Faqat bunday qattiq gapirmang, uning sizga ziyoni tegishi mumkin
axir.
Jyulen xaxolab kulib yubordi.
– Men tushib qolgan hozirgi ahvolda, azizim, agar shunday rahm-
dil va mehribon bo‘lmay qo‘ysangiz, faqat sizning o‘zingizgina men-
ga ziyon yetkazishingiz mumkin... Qo‘rqmang, yutqizmaysiz, sizga
yaxshigina haq to‘lashadi, – deya qo‘shimcha qildi u mahobat bilan
xatoga yo‘l qo‘yganini tushungach. Keyin shu zahoti gapini tasdiqlash
niyatida janob Nuaruga oltin tanga uzatdi.
Janob Nuaru de Renal xonim haqida bilib kelgan barcha gaplarini
qaytadan, bu gal endi ancha batafsil hikoya qilib berdi, lekin oqsoch
qiz Elizaning kelgani to‘g‘risida «miq» etib og‘iz ochmadi.
Bu pastkash va chindan ham mo‘ltoni bir odam edi. Jyulenning
xayoliga daf’atan bir fikr kelib qoldi: «Bu tasqara barzangi bu yerda
nari borsa uch-to‘rt yuz frank maosh oladi, zero qamoqxonasida odam
uncha ko‘p emas. Shunday ekan unga, agar men bilan Shveytsariya-
ga qochmoqqa rozi bo‘lsa, o‘n ming frank va’da qilishim mumkin...
Faqat uni chuv tushirib ketmasligiga ishontirish qiyinroq bo‘ladi».
Biroq Jyulen bu jirkanch maxluqqa gap uqtirish uchun qancha ovora
bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rgach, ko‘ngli behuzur bo‘ldi-da, boshqa
narsani o‘ylay boshladi.
Kechqurun uning vaqtni boy bergani ma’lum bo‘ldi. Yarim kechada
pochta karetasi kelib uni olib ketdi. Yigit o‘ziga hamroh bo‘lib borgan
boadab jandarmlardan juda xursand bo‘ldi. Ertalab uni Bezanson
qamoqxonasiga olib borishgan edi, u yerda yigitni mulozamat bilan
gotik minoraning yuqori qavatiga kuzatib qo‘yishdi. Atrofga razm
solgach, Jyulen, bu me’morlik san’ati XIV asrning boshlariga mansub
bo‘lsa kerak, deya xulosa qildi-da,
uning yengil va nozik bezaklarini
qoyil qolib tomosha qila boshladi. Ikki devor oralig‘idagi ingichka
tuynukdan g‘amgin va befayz hovlining chuqurligi osha yiroqdan
ajoyib bir tabiat manzarasi ko‘rinib turardi.
506
Ertasi kuni Jyulenni so‘roqqa tutishdi-da, so‘ngra bir necha kun
davomida uni hech kim bezovta qilmadi. Uning ko‘ngli xotirjam edi.
Jinoyati uning o‘ziga juda aniq va ravshan bo‘lib ko‘rinardi. «Men
odam o‘ldirmoqchi bo‘ldim, shuning uchun ham o‘lim jazosiga hukm
etilmog‘im darkor».
U bu haqda ortiq o‘ylamasdi. Sud, xaloyiqqa ko‘rinish kabi ko‘ngil-
sizlik, himoya... Bularning bari yigitga shunchaki arzimas gaplar, no-
xush rasmiyatchilik bo‘lib tuyulardi, bu to‘g‘rida o‘sha payt kelganda
ham o‘ylayversa bo‘lardi. O‘lim daqiqasining o‘zi ham uning xayolini
uzoq band etmasdi: «Bu to‘g‘rida suddan keyin o‘ylayman», derdi u
o‘ziga-o‘zi. Hayot unga sira zerikarli bo‘lib ko‘rinmasdi, u endi hamma
narsaga boshqacha ko‘z bilan qarardi: yigitning dilida ilgari shuhrat-
parastlikdan asar ham qolmagan edi. U m-l de lya Molni juda kam
eslardi. Uning butun vujudini afsus-nadomat tuyg‘usi qamrab olgan
bo‘lib, de Renal xonim siymosi yigitning ko‘z o‘ngida tez-tez namoyon
bo‘lib turardi. Jyulen uni ayniqsa bu baland minorada faqat dengiz bur-
gutining chag‘illashigina buzib turadigan tungi sukunatda ko‘p eslardi.
U o‘zi yetkazgan jarohatning og‘ir bo‘lib chiqmaganligi uchun
falakka tahsin o‘qirdi. «Qiziq! – deya mulohaza yuritardi u o‘zicha.
– Xonim janob de lya Molga yozgan o‘sha maktubi bilan endigina
boshimga qo‘nayotgan baxt qushini uchirib yuborgandek tuyulgandi
menga. Endi bo‘lsa, oradan ikki hafta vaqt o‘tmasdanoq o‘shanda
meni nihoyatda hayajonlantirgan narsalarni hatto eslamay ham
qo‘ydim... Verjiga o‘xshash bironta tog‘li joyda tinchgina yashamoq
uchun ikki-uch ming livr rentam bo‘lganida edi... O‘shanda juda bax-
tiyor bo‘lur edim. Men o‘zimning baxtim nimadan iborat ekanligini
tushunmas ekanman!
Shunday daqiqalar ham bo‘lardiki, u qattiq iztirobdan sapchib
turib ketardi. «Agar o‘shanda de Renal xonimni halok etganimda, men
o‘zimni o‘zim o‘ldirgan bo‘lardim. O‘zimdan o‘zim hazar qilmasligim
uchun uning tirik ekanligiga ishonch hosil qilmog‘im zarur. Hayotga
chek qo‘yish... Bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak, – derdi u o‘ziga-o‘zi. –
Anavi ashaddiy rasmiyatparastlar, badbaxt sudlanuvchini shafqatsiz-
lik bilan ta’qib etuvchi o‘sha sudyalar arzimas bir orden uchun har
qanday ajoyib odamning ham bo‘yniga sirtmoq solishdan qaytmay-
dilar... Men ularning hukmidan bu yerning suyuq gazetasi suxandonlik
deya ataydigan fransuz tilini buzuvchi qo‘pol haqoratlardan o‘zimni
xalos etgan bo‘lardim...
507
Axir yana kamida besh-olti hafta yashashim mumkin. Hayotga
chek qo‘yish... Yo‘q, jin ursin, – deya qaror qildi u oradan bir necha
kun o‘tgach, – axir Napoleon yashayvergan-ku...
Keyin, buning ustiga, hayot menga yoqyapti axir. Bu yer tinch,
osoyishta, hech kim jonimga tegayotgani yo‘q», deya kulib qo‘shimcha
qildi u va Parijdan yozdirib olmoqchi bo‘lgan kitoblarning ro‘yxatini
tuza boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |