Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

Kimki o‘zini oqlamoqchi bo‘lsa, u sirini oshkor qiladi, men Matilda-

ga ishonmayman...» Bu kecha markizning mulohazalari odatdagiga 

qaraganda qat’iyroq va izchilroq edi. Biroq tarki odat – amri mahol 

ekan: u qiziga xat yozib, vaqtdan yana biroz yutishga qaror qildi, zero 

endi ularda saroyning bir xonasidan ikkinchi xonasiga maktub yo‘llash 

odat tusiga kirib qolgan edi. Janob de lya Mol Matildani fikridan qay-

tarmoq uchun u bilan bahslashishga botinmadi. U o‘zining daf’atan 

yon berib qo‘yishidan cho‘chirdi.

MAKTUB

«Yana tentaklik qilishdan o‘zingizni tiying, mana Sizga janob kava-



ler Jyulen Sorel de lya Verney nomiga yozilgan gusarlar poruchigining 

patenti. Uning uchun nima ishlar qilayotganimni bir ko‘rib qo‘ying. 

Men bilan bahslashmang va hech nimani so‘ramang. Marhamat qilib, 

yigirma to‘rt soat ichida o‘z polki turgan Strasburgga yetib borsin. 

Mana mening bankirim nomiga yozilgan tilxat, so‘zsiz itoat eting».

Matildaning qalbini cheksiz sevgi va quvonch tuyg‘usi qamrab oldi, 

u o‘z g‘alabasidan foydalanishga qaror qildi-da, darhol javob yozdi. 

«Agar Siz uning uchun nima ishlar qilayotganingizni bilganida, 

janob de lya Verney o‘z minnatdorchiligini qanday izhor qilishni bil-

may, oyog‘ingizga yiqilgan bo‘lardi. Ammo o‘zining shunday tantiligiga 

qaramay, otaginam meni unutib qo‘yayaptilar – qizingizning nomusi 

xavf ostida qolyapti axir. Kichik bir nojo‘ya harakat unga umrbod dog‘ 

tushirishi mumkin, u holda hatto yigirma ming ekyu renta ham bu 

isnodni yuvib keta olmaydi. Men bu patentni janob de lya Verneyga 

Siz kelasi oy ichi mening to‘yimni Villekeda oshkor o‘tkazib berishni 

va’da qilgan taqdiringizdagina yuboraman. Iltijo qilaman, shu muhlat-

ni o‘tkazib yubormang, zero shundan so‘ng Sizning qizingiz de lya 

Verney xonim nomini qabul qilmasa, odamlarning ko‘ziga ko‘rina 

olmay qoladi. Meni ana shu Sorel ismidan xalos etganingiz uchun 



493

Sizdan, dadajon, naqadar minnatdor ekanligimni bilsangiz edi...» va 

hokazo, va hokazo.

Matilda o‘z xatiga sira kutilmagan javob oldi.

«Marhamat aylab, aytganimni qiling, bo‘lmasam hammasidan 

voz kechaman. Qaltirang, tentak qiz. O‘sha Jyuleningiz haqida men 

hali hech qanday tasavvurga ega emasman. Sizning o‘zingiz-ku uni 

mutlaqo bilmaysiz. Darhol Strasburgga jo‘nasin-da, o‘zini munosib 

tutsin. Men o‘z qarorimni ikki haftadan so‘ng xabar qilaman».

Bu qat’iy javob Matildani qattiq hayratga soldi. «Men Jyulenning 

kimligini bilmayman...» Bu so‘zlar uning xayolini o‘ziga rom etib, qiz 

shu zahoti turli ajoyib imkoniyatlarni tasavvur qilar va ularni haqiqat, 

deya o‘ylay boshlardi. «Mening Jyulenim shu qadar aqlliki, uning 

yuksak idroki salonlarning bemaza qolipiga mutlaqo mos tushmay-

di, tabiatining ajoyibligidan dalolat beruvchi xuddi mana shu narsa 

otamni cho‘chityapti. Biroq agar men uning ko‘ngliga qaramasam, ish 

oshkora janjalgacha yetib boradi, shov-shuv ko‘tarilishi esa, jamiyatda 

mening obro‘yimni tushiradi va, ehtimol, hatto Jyulenni ham mendan 

birmuncha sovitib qo‘yadi. Bunday shov-shuvdan keyin esa... kamida 

o‘n yil nochor hayot kechirishga to‘g‘ri keladi. Faqat ulkan boylikka 

ega bo‘lgan taqdirdagina o‘zingga erni shaxsiy fazilatlariga qarab 

tanlashing mumkin, aks holda, hammaga kulgi bo‘lasan. Agar men 

otamdan yiroqda yashaydigan bo‘lsam, shu yoshida u meni osongi-

na unutib yuborishi ham mumkin... Norber bironta dilbar va epchil 

ayolga uylanadi. Gersoginya Burgundskaya keksa Lyudovik XIV ning 

ko‘nglini olib, o‘ziga shaydo qilishning uddasidan chiqqan-ku axir».

U itoat etishga ahd qildi, biroq otasining xatini Jyulenga ko‘rsatish-

ga yuragi dov bermadi. Yigitning tiyiqsiz xarakterini bilgani uchun 

ham qiz uning biror nojo‘ya ish qilib qo‘yishidan cho‘chirdi.

U kechqurun Jyulenga uning endi gusarlar poruchigi ekanligini 

aytganida yigit benihoya xursand bo‘lib ketdi. Jyulenning xom xa-

yollari va o‘z o‘g‘liga bo‘lgan bunday yangi mehr-muhabbatini bilgan 

odam uning naqadar xursand bo‘lganini yaxshi tasavvur qilishi mum-

kin. Ismi sharifining o‘zgarishini eshitib, u mutlaqo esankirab oldi.

«Shunday qilib, mening romanim nihoyasiga yetdi, – dedi u o‘zi-

ga-o‘zi, – va men buning uchun faqat o‘zimdan minnatdor bo‘lmog‘im 

lozim. Men manovi iblisdek mag‘rur qizni o‘zimni sevishga majbur 

etdim, – deya o‘ylardi u Matildaga qarab-qarab qo‘yar ekan, – otasi usiz 

yashay olmaydi, unga esa yorug‘ dunyo mensiz qorong‘i ko‘rinadi».



494


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish