Taqiqlovchi belgilar qandaydir harakatni taqiqlaydi va hoshiyalari qizil rangda bo’lib,
aylana shakliga ega (ochiq olovdan foydalanishni, transport yoki yo’lovchi harakatini, harakat tezligini taqiqlaydi va boshq.).
6.8-rasm. Taqiqlovchi belgilar 78
Ogohlantiruvchi belgilar oldinda xavf borligi to’g’risida (portlash, o’t olish, elektr tokidan jarohatlanish, qandaydir buyumlarning tushib ketishini va boshq.) xabar beradi va uchburchak shaklida bo’lib sariq rangda bo’yaladi.
6.9-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar turlari
Buyuruvchi belgilar ko’k rangli aylana shaklida bo’lib, belgida ko’rsatilgan shakl asosida,
ish jarayonini bajarishda xavfsizlik vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishni buyuradi.
6.10-rasm. Buyuruvchi belgilar
Ko’rsatuvchi belgilar ko’k rangli to’rtburchak shaklida bo’lib asosan informatsion
xarakterga ega belgidir. Ko’rsatuvchi belgilar korxonadagi har xil ob’ektlarni joylashgan joyini ko’rsatadi.
79
6.11-rasm. Ko’rsatuvchi belgilari
Bundan tashqari jamoat va ishlab chiqarish binolarida turli xavfli holatlar yuzaga kelganda, ishchi-xodimlarning binoni xavfsiz yo’laklar orqali tark etishlari uchun evakuatsiya, yong’in xavfi
tug’ilganda, yong’inni birlamchi o’chiruvchi vositalar joylashgan joylarni ko’rsatuvchi-yong’in xavfsizligi belgilari ham mavjud bo’lib, bu belgilar bevosita yo’laklar yoki vositalar joylashgan joylarda osib qo’yiladi.
6.12-rasm. Evakuatsiya belgilari
6.13-rasm. Yong’in xavfsizligi belgilari 80
6.14-rasm. Tirkama (a) va osma (b) agregatlari uchun avtoulash uskunasi
a) 1- avtoulash ramkasi; 2 – avtoulash qulfi; b) 1 – tortgich; 2 – prujina; 3 va 4 – chegaralovchi tayanch; 5–uya; 6 – korpus; 7–ulash mexanizmi
Masofadan turib kuzatish va boshqarish shu sharoitlarda olib boriladiki, operatorni ish doirasida xavfsizlik nuqtai nazaridan yoki texnologik sabablarga ko’ra mumkinmasligi, shuningdek
ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sharoitida samarasizdir. Masofadan kuzatish maxsus datchiklar, signalizatorlar, teleekranlar va nazorat-o’lchov asboblari
orqali olib boriladi. Masofadan turib boshqarish esa elektr, pnevmatik, mexanik, gidravlik va boshqa uzatmalar orqali olib boriladi. Mikrojarayonlar avtomatik boshqarish tizimlari, elektronhisoblash
mashinalarida bajariladi.
Avtomatik ulash qurilmalari traktorni tirkama yoki osma mashinalar bilan avtomatik ulashni ta’minlab beradi. Avtomatik ulashlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga tatbiq etilishi mashinalar
agregatlardan sodir bo’ladigan jarohatlanishlarni butunlay yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |