Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi asoslari



Download 100,28 Kb.
bet1/36
Sana30.12.2021
Hajmi100,28 Kb.
#193984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI ASOSLARI

QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI ASOSLARI

Reja:



    1. Texnika xavfsizligi asoslari

    2. Xavfsizlikni ta’minlash vositalari

    3. Ishlab chiqarishda texnologik jarayon va vositalarga bo’lgan xavfsizlik talablari

    4. Mexanizatsiyalashgan dehqonchilikda mehnat xavfsizligi.

    5. Traktor, qishloq xo’jalik mashina va mexanizmlarining texnik holatiga qo’yiladigan umumiy talablar.

    6. Agregatlarni tuzishda , xizmat ko’rsatishda va ulardan foydalanilganda xavfsizlik talablari.

    7. Ta’mirlash korxonalari binolariga qo’yiladigan talablar

    8. Texnik xizmat ko’rsatishda asbob uskunalarni joylashtirish va texnik holatiga xavfsizlik talablari

    9. Chorvachilikda xavfsizlik talablari

    10. Bosim ostida ishlaydigan uskunalardan foydalanishda xavfsizlik talablari.



Tayanch iboralar: xavfsizlik texnikasi, texnika xavfsizligi, fizikaviy, kimyoviy va biologik

xavflar, xavflar doirasi, cheklagich, signalizatsiya, saqlagich, to’siqlar, avtomatik uzgichlar, tirkama

va osma uskunalar, qiyalik va bo’ylama turg’unlik. Foydalanilgan adabiyotlar:

1. H.E.G’oipov Mehnat muhofazasi. T., «Mehnat» 2000y

2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., “Mehnat” 2004

3.G.I Belyakov Oxrana truda .M., «Agropromizdat» 1990 g. 4.Yu.Dodoboyev, M.Hamidov. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi.T., «Mehnat» 2000y


    1. Texnika xavfsizligi asoslari


Texnika xavfsizligi deganda, ishlab chiqarish vositalari (mexanizm, mashina, uskuna,

agregat, moslama, qurilma va b.)dan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xavfli va

zararli omillarning kishilar sog’ligiga ta’sirini himoyalovchi vositalardan foydalanish evaziga qisman yoki butunlay istisno qilingan holatiga aytiladi.

Xavfsizlik texnikasi deganda, faoliyat turidan qat’iy nazar, o’z vazifasi bajarishda,

faoliyatni xavfsiz usullarini qo’llash evaziga, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli xavfli va zararli

omillarning kishilar sog’ligiga ta’sirini qisman yoki butunlay istisno qilingan holatiga aytiladi. Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarni xavfsiz mehnat sharoiti bilan ta’minlashdir. Zamonaviy qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi muntazam yangi texnikalar, mikrobiologik va kimyoviy moddalar etkazib berishni, chorva mollarini katta komplekslarga va mayda fermerlik xo’jaliklariga birlashtirishni, ish jarayonlarining yiriklashuvini, dehqonchilikdagi

ishlarni brigada va oilaviy pudrat asosida bajarishni, ayrim mehnat turlarini hamda vositalarini o’zgartirib borishni o’z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat etkazilishi mumkin bo’lgan xavflar asosan fizikaviy, kimyoviy va biologik xavflar turlariga bo’linadi.

Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari-bu harakatdagi mashinalar, uskunalarning harakatdagi elementlarining to’silmaganligi, qo’zg’aluvchi ustki qismining yuqori yoki past haroratda bo’lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi, yuqori bosimdagi havo va gazning portlagandagi energiyasi va boshqalar.

Kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari - odam organizmiga o’yuvchi, zaharli va

qichitadigan moddalarning ta’sir qilishi, va ichki organlari yaralanishi bilan ifodalanadi. Muayyan

74

xavfli ishlab chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstruktsiyasi va ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog’liq bo’ladi.



Biologik xavfli ishlab chiqarish omillari-odam organizmiga turli yuqumli kasalliklarni bakteriyalari va vitruslari yuqishi natijasida sog’lig’i va ish qobiliyatini yo’qolishi bilan ifodalanadi.

Muayyan xavfli ishlab chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, ishlab chiqarishdagi

muhit va himoya vositalari hamda kishilarni o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tishlarini tashkil qilinganlik darajasiga bog’liq bo’ladi.

Ishlab chiqarishda vujudga kelayotgan va kelishi mumkin bo’lgan jarohat, shikastlanish va zaharlanishlarni oldini olish tadbirlari ancha murakkab masala bo’lib, buni hal qilishda muhandistexnik,

tibbiy-gigiyenik, ekologik va boshqa sohadagi mutaxassislar e’tiborini jalb qilinishi kerak bo’lgan muammodir.

Ishlab chiqarish jarayonida kishilarni hayoti va salomatligiga ta’sir etadigan xavfli ishlab chiqarish omillarini ba’zan yoki davriy ravishda sodir bo’lish maydoni xavfli doira deb ataladi. Xavfli doira mashina va mexanizmning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, yuk yaqinida, ko’tarib-tushiradigan transport vositalarida qo’zgatiladigan yuk atrofida paydo bo’lishi mumkin.

Ishlovchilarning kiyim va sochlarini uskunalarning harakatdagi qismlari tortib ketish imkoniyatiga

ega xavfli doira xavf-xatar tug’diradi. Juda ko’p jarohatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni

qishloq xo’jaligi mashinalarining to’silmagan uzatmalar mexanizmi o’rab ketishi tufayli sodir bo’ladi.


    1. Download 100,28 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish