Ko’rak terish mashinalari. Ishni boshlashdan oldin traktorning oldingi bolsterida 94
saklagich qurilmaning muhofaza to’siqlari va qo’shimcha yuklarning qanday o’rnatilganligini, shuningdek g’ildiraklar shinalaridagi bosimni tekshirib ko’rish kerak. Texnik xizmat ko’rsatish va
sozlash ishlarini faqat dvigatel o’chirilgandan keyingina bajarish lozim. Tozalagichning chang yutuvchi barabanlari sirtini, istisno tariqasida dvigatel sekin aylanayotganda maxsus tozalovchi cho’tka yordamida tozalashga ruxsat etiladi. Tozalagichning qabul qilish kamerasini tozalashda mashina yuritmasi ishga tushirilgan, lekin traktorning dvigateli o’chirilgan, oldingi zanjirning muhofaza to’siqlari va tozalagich yuritmasi tasmasining, ventilyator yuritmasining to’siqlari yaxshi
mahkamlangan, ko’sak chaqish barabanining dekasi ochilgan va ochiq holatda qotirilgan bo’lishi
kerak.
6.30-rasm. Ko’rak terish mashinalardagi xavflar doirasi
Mashinadan bir joyda turib paxta va ko’sakni tozalash maqsadida foydalanish, dvigatel ishlayotgan vaqtda rul chambaragini qo’yib yuborish va mashinani qarovsiz qoldirishga yo’l qo’yilmaydi. Ish vaqtida chekish maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |