G’o’za qator oralariga ishlov berishda xavfsizlik choralari. G’o’za qator oralariga ishlov berish ishlari maxsus tayyorgarlikka ega, ish malakasi kamida uch yil bo’lgan va texnika xavfsizligidan yo’riqnoma olgan mexanizatorlargagina ruxsat etiladi
G’o’za qator oralariga ishlov berishda turli kultivatorlardan keng foydalaniladi va ular bilan ishlashda xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilar qat’iyan man etiladi:
agregat yaqinida begona kishilar bo’lsa, ishchi organlarini ko’tarish va mexanizmini ishga tushirish;
ishlayotgan vaqtda kultivator ramasida turish;
ishchi organlarini, ko’tarish mexanizmini yerdan turib ishga tushirish;
montaj-demontaj ishlarida tayanch sifatida to’g’ri kelgan narsadan foydalanish;
dvigatelni to’xtatmay turib, ishchi organlari ko’tarilgan holda nuqsonlarini tuzatish, ishchi organlarni rostlash, tozalash va moylash;
o’g’it sepish apparatlarining baklarini to’ldirish.
6.27-rasm. ЧКУ-4 kultivatorlardagi xavflar doirasi
O’simliklarni kimyoviy muhofaza qilishdagi qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik choralari. O’simliklarni kimyoviy muhofaza qilish uchun ishlatiladigan mashinalar (ОВХ-28A, ОШУ-50 va boshqa.) mavsum boshlanish oldidan ishchi organlari (changlatgichlar) rostlanadi, neytral suyuqlik (suv, bo’r eritmasi)dan foydalanib, ish holatida sinab ko’riladi va shaxsiy muhofaza vositalarida ishlash haqidagi qisqacha yozuvlar tiklanadi.
6.28- rasm.ОШУ-50A changlatgich va АГ-УГ-2 aerozol generatordagi xavlar doirasi 93
6.29-rasm. Paxta terish mashinalardagi xavflar doirasi
Traktorchi pestitsidlar bilan ishlashdagi xavfsizlik choralarini va zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish qoidalarini o’rganib olgandan keyingina ishlashga ruxsat etiladi.
Purkagichning
idishiga pestitsid to’ldirishda shamolga teskari tomonda turish zarur. Pestitsidlar terining ochiq joylariga tekkanida uni darhol paxta bilan artib tozalash, so’ngra shu joyni sovunli suv bilan yuvish
lozim. Mexanizmlar ishlayotgan vaqtda boltli birikmalarni, salniklarni, zichlagichlarni, magistralni
tortib qo’yish taqiqlanadi. Idishlarning qopqoqlarini ochish, saqlagich va reduksion klapanlarni ochish, manometrlarni burab chiqarish taqiqlanadi. Aerozol generatori ishga tushirilayotganda va
to’xtatilayotganda uning soplosi oldida turish mumkin emas.
Mashinalar eritmalar bilan yuvilgandan keyin alohida maydonchada saqlanadi. G’o’zaga dori purkash ishlarini shamol bo’lmayotgan vaqtda va faqat ertalab yoki kechqurun bajarish maqsadga muvofiqdir. Kun issiq paytda pestitsidlarni sepishda bug’lanish kuchayib, shaxsiy
muhofaza vositalari va korjomadan foydalanish qiyinlashadi hamda zaharlanish xavfi kuchayadi.
Ishlov berilgan dala chekkalariga biridan ikkinchisiga o’tilayotganda ko’rinib turadigan oraliqda
«Ishlov berilgan, zahar» degan xavfsizlik belgilari qo’yib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |