Zondning kekirdakda bo’lish belgilari. Zondning kekirdakda bo’lganligini quydagi tartibda
aniqlanadi:
A) Zondning bo’sh tomoniga sprinsovka uchi kiydiriladi. Agar zond kekirdakda bo’lsa,
sprinsovka havo bilan to’ladi va tiklanadi. (G.V.Domrachev)
B) Zondning bo’sh tomonini quloqqa yaqinlashtirsa chiqarilayotgan nafas ovozlari aniq
eshitiladi.
V) Zondning tashqi uchi suv solingan stakanga tiqiladi. Suvda havo pufakchalarining hosil
bo’lishi zondning kekirdakdaligidan dalolat beradi.
G) Qizilo’ngachning tashqi yuza tomonidan paypaslaganda rezina nayi sezilmaydi.
D) Hayvon kekirdagi qo’l bilan silkitiladi. Bu vaqtda zondning traxeya devorlariga urilishdan
o’tmas tovushlar eshitiladi.
Zondning qizilo’ngachda bo’lganligining belgilari.
A) Otlarda zondning qizilo’ngachga to’g’ri yuborilganligini, chap tomondan yutish
harakatlari paytida bo’yintiriq ariqchasi sohasida ko’rish mumkin.
B) Qizilo’ngachni bo’yitiriq tarnovi sohasida paypaslaganda zond borligi seziladi.
V) Zondning bo’sh uchini quloqqa yaqinlashtirilganda pufaklar yorilishi va quldirash
shovqinlarini eshitish mumkin.
Zondning me’dada bo’lish belgilari. Zond qizilo’ngachda bo’lganligiga ishonch hosil qilingandan so’ng, zond ichkariga qarab
ohista yo’naltiriladi. Me’da bo’shlig’igacha zond yo’lining uzunligi hayvon gavdasi kattaligi bilan
aniqlanadi. Bir tuyoqli hayvonlarda bu masofa burun teshiklaridan 14-15- qovurg’alar oralig’ida
bo’lgan masofaga teng.
Zondning me’dada bo’lganligini, quyidagi belgilardan bilish mumkin: Zondning bo’sh tomoni
quloqga yaqinlashtirilganda to’lqinlarning urilishi, suvni quyilishi va har xil me’da matorikasiga
hos tovushlar eshitiladi.
Zondni orqaga chiqarish. Zond orqaga erkin va silkitmasdan chiqariladi.
Zondning sterilizasiyasi, dezinfeksiyasi va saqlanishi:
Zond ishlatishdan oldin va ishlatilgandan keyin oddiy suv bilan uning ichki va tashqi tomoni
yuviladi, so’ngra kattaroq idishlarda 5-10 daqiqa davomida suvda qaynatish bilan sterilizasiya
qilinadi. Hayvonning qizilo’ngachi yoki me’dasiga zond yuborilgandan so’ng, agar hayvon yuqumli
kasalliklarga chalinganligiga shubha qilinsa, zond 3-5%-li karbol kislotasida yoki lizolda 30 daqiqa
davomida qaynatiladi.
Zond sterillangandan keyin, unga biron xil o’simlik moyi surkaladi.
Zondlarni yaxshisi osilgan holda saqlash kerak. Rezinadan qilingan zondlarni qorong’i, salqin
va shamollatiladigan xonalarda saqlash lozim.
Cho’chqa va itlar me’dasiga zond yuborish og’iz orqali I.G. Sharabrin kergichini qo’llash
bilan olib boriladi.
Qushlar jig’ildoniga zond yuborishda 4-6 mm diametrli, 50 sm uzunlikdagi rezina naylardan
foydalaniladi. Zond yuborishda qushlar fiksasiya qilinadi, tumshug’ini ochib xiqildoq
bo’shlig’igacha, keyin qizilo’ngachdan jig’ildongacha yuboriladi.