Masalan: To`rtta uning tuyog`i,
Temir mixli tuyog`i.
Manzilga yetishtirar,
Toshday qattiq tuyog`i.
Bu topishmoqning javobini uy hayvonlarining rasmini ko`rsatish orqali toptirish mumkin. Javob topilgach, ot va uning ko`rinishi, xalq xo`jaligida ahamiyati eslatiladi.
Topishmoqning javobini topishda eslatish yo`lini aytib o`tgan edik. Biror bir topishmoqning javobini topishdan oldin, o`qilgan matndan yoki she’rdan predmetni izlash tavsiya etiladi. 3-sinfda berilgan topishmoqlar.
Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
Bu topishmoqlarning javoblarini topishdan oldin, o`tilgan “Paxta boyligimiz” mavzusi eslatiladi. Paxta haqida suhbat o`tkazilib, uni qanday yig`ib-terib olinadi, uning mehnati juda og`irligi haqida qisqacha gapirib o`tiladi. Bunda o`quvchilar to`g`ri va aniq fikr yuritishga o`rganadilar, asosiy fikr noma haqida ekanligini tushunib oladilar, topishmovni darslikdagi mavzuga bog`lab o`rganish imkonini beradi.
Topishmoqlarning javobini topishda o`quvchilar mustaqil fikrlaydilar, tez va to`g`ri javobni topish talab etiladi. o`qish darslarida topishmoq o`qib beriladi yoki yoddan aytiladi, o`quvchilar o`ylab, javob topadilar. Bunday topishmoqlarga matni murakkab bo`lmagan topishmoqlar kiradi. 3-sinf darsligidagi topishmoqlar shular jumlasiga kiradi.
Qo`l bilan sochar,
Og`iz bilan o`rar.
Qo`lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
Topishmoqlarni kartochkalarga yozib ham tarqatish mumkinn, bunda o`quvchilarga topishmoqning javobini topishni aytiladi. o`quvchilar topishmoq javobini topishga kirishadilar va topgach, shu o`quvchi topishmoqni sinfga baland ovozda o`qib beradi, so`ng uning javobini aytiladi. Bu usul juda foydali bo`lib, sinfdagi hamma o`quvchilar e’tibor bilan topishmoqni eshitadilar, darsda osoyishtalik vujudga keladi, o`zlashtirmovchi o`quvchilarning fikralshga, darsda ishtirok etishlariga zamin yaratiladi.
Topishmoqning javobini topishni uyga vazifa qilib berish mumkin. Bunday holda o`quvchi qiynalsa, ota-onasi yoki aka-opalaridan yordam so`raydi. Kelgusi darsda bu topshiriqni o`qituvchi, albatta, tekshirishi lozim. o`tilgan mavzuni so`rash davomida topishmoq javoblari ham so`raladi. To`g`ri yoki noto`g`ri topilganligi o`quvchilar yordamida solishtirib tekshiriladi. o`quvchini baholash jarayonida topishmoqqa berilgan javoblar hisobga olinadi.
Sabzavot va poliz ekinlari haqidagi topishmoqlarni o`rganish jarayonida sabzavotlarning sinfga olib kelish kerak. Agar buning ilojisi bo`lmasa, ularning rangli rasmlaridan foydalaniladi. o`qituvchi quyidagi savollarga javob oladi:
Qanday poliz ekinlarini bilasiz?
Qaysi o`simliklarning yerdan pastki qismi yeyiladi?
Sabzavotlardan qaysilarini bilasiz?
Shundan so`ng topishmoqlarning tahliliga o`tiladi:
Er ostida oltin qoziq.
O`quvchi: - Bu sabzi. Sabzining rangi sariq yoki qizil bo`ladi. Yer ostida hosil beradi. Shuning uchun “er ostida oltin qoziq” deyilgan.
O`qituvchi: - To`g`ri. Endi sabzining yeyiladigan qismi nimaga o`xshaydi?
O`quvchi: - qoziqqa o`xshatilgan?
O`qituvchi: - Sabzini qanday holda iste’mol qilasiz?
O`quvchi: - Sabzini xomligicha, tozalab yeyish mumkin, hamda ovqatlarga ham ishlatish mumkin.
O`qituvchi: - o`zbek Milliy taomlaridan qaysilariga sabzi ko`proq ishlatiladi?
O`quvchi: - Palovga, qaynatma sho`rvaga...
Jiyda haqidagi topishmoq.
Bir qop un, ichida ustun.
Topishmoqning tahlilini ko`rib o`taylitk. Topishmoqni o`qituvchi ifodali o`qib bergach, tahminan quyidagicha savol-javob o`tkaziladi.
O`quvchi: - Bu topishmoqning javobi jiyda. Jiydaning ichida uzun o`zagi bo`ladi.
O`qituvchi: - Nega u qopga o`xshatilgan?
O`quvchi: - Jiydaning tashqi ko`rinishi qopga o`xshaydi. Uning yeyiladigan qismi esa unga o`xshaydi.
Shunday suhbatdan keyin o`qituvchi jiydaning kishi sog`ligi uchun foydali ekanligini eslatib o`tadi.
Topishmoqlar matni tahlil qilingandan so`ng, ularning kishilar hayotidagi o`rni, qaerlarda ishlatiladi, shular haqida aniqlab olinadi.
O`qish darslarida topishmoqlarni ichida va ovoz bilan o`qish ham mumkin. Bunda logik urg`uga e’tibor berish kerak, tanish belgilariga rioya qilib o`qish o`rgatib boriladi. Topishmoq she’riy asar bo`lganligi uchun ham uning har bir misradagi mazmun, ohang logik urg`u orqali aniqlanadi.
Yog`i yo`q, yorug`i bor,
Ichi yo`q, issig`i bor.
Bu topishmoqda logik urg`u “yorug`i”, “issig`i” so`zlariga beriladi. Bu so`zlarni alohida ohang bilan o`qish kerakligi tushuntiriladi. Agar o`quvchilar matnni ifodali o`qishga qiynalsalar, o`qituvchi takroran matnni logik urg`uga e’tibor berib o`qib beradi.
O`quvchilar darsda o`qituvchining savollariga javob berishdan, matnlarni o`qish jarayonida toliqib qoladilar. Natijada o`quvchilarning o`zlashtirishi pasayib boradi. Bunday vaqtda o`qituvchining “hozir topishmoq topamiz” degan gapini eshitish bilan o`quvchilar o`zlarini yengil xis qiladilar, yuzlarida xursandlik alomatlari paydo bo`ladi. o`quvchilar tezda topishmoq matnini bilib olishga, uning javobini birinchi bilib topishga kirishib ketadilar, zerikish, charchoqni unutadilar. Topishmoqlar een avvalo, o`quvchilarning nutq malakalarini rivojlantiradi. Shunday ekan faqat o`qish darsida emas, boshqa ko`pgina dars jarayonida “topishmoq”dan foydalanish kerak. Topishmoq javobini topishda o`quvchidlar uning matnini bir necha bor fikoan takrorlaydilar va uni yodlab olishga xarakat qiladilar.
O`quvchilar o`rtoqlari bilan topishmoq aytishuvini yaxshi ko`radilar va o`zlari yod bilgan topishmoqlarni o`rtoqlariga aytib, javobini topishni talayu qiladilar. Ayrim hollarda o`quvchilar topishmoq matnini o`zgartirib, o`z so`zlari binoan bayon etadilar.
Darsliklarda ko`pgina topishmoqlarning javobi rasmjda ifodalangan. Bu ta’limning ko`rsatmaslik printsipiga asoslangan bo`lib, og`zaki bayon etishni qulaylashtiradi. o`quvchi diqqati, fikrini bilib, bir joyga to`plab mana shu topishmoq yonidagi rasmni ko`radi va matnda berilgan fikrni osongina idrof etadi. Berilgan predmetning xususiyati uzoq vaqt esda qoladi.
2-sinfda. Kun-tun yuradi,
Doim bir joyda turadi.
Topishmog`i berilgan. Topishmoq yonida uning javobi soatning rasmi berilgan. o`quvchi rasmga qarab tezda topishmoq javobini topadi va uning xususiyatlarini bilib oladi.
Boshlang`ich sinfda topishmoqlarni o`rganish jarayonida o`quvchilarga “Topishmoq” daftari tutqazilsa yaxshi bo`ladi. o`quvchilar o`zlari o`rgangan, bobo-buvilarimizdan eshitgan topishmoqlarni to`plab boradi va yil oxirida butun bir topishmoqlar to`plamiga ega bo`ladilar.
Bu esa topishmoqlarning bolalar tomonidan qiziqib o`rganilishiga sabab bo`ladi, ularning aqlini peshlashga katta yordam beradi. o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |