QAZOQOVA DILNOZA VALI QIZI
2-SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARNI TARBIYALASHDA XALQ OG’ZAKI IJODINING AHAMIYATI”
R E J A:
KIRISH
bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi;
bitiruv malakaviy ish mavzusining o’rganilganlik darajasi;
tadqiqot maqsadi;
tadqiqot ob`yekti;
tadqiqot predmeti;
tadqiqot vazifalari;
tadqiqot metodlari;
tadqiqotning metodologik asoslari;
bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi;
bitiruv malakaviy ishining ilmiy – amaliy ahamiyati;
bitiruv malakaviy ishning tuzilishi.
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TARBIYALASHDA XALQ OG’ZAKI IJODIYOTINING O’RNI VA AHAMIYATI
I.1. Xalq og’zaki ijodiyoti ma’naviy qadriyatlarni o’rgatuvchi obyekt sifatida
I.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodiyoti namunalari berilishining mazkur holati
I bob yuzasidan xulosalar
II.BOB. 2-SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARNI TARBIYALASHDA XALQ OG’ZAKI IJODI JANRLARI O’RGATILISHINING QIYOSIY TAHLILI
II.1. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida xalq maqollarining o`rni va ahamiyati
II.2. O’quvchilar fikrlash jarayonini shakllantirishda xalq topishmoq va tez aytishlaridan foydalanish
II.3. O’qish darsligidagi ertaklar va ularning ahamiyati
II bob yuzasidan xulosalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi boshqaruvchilari ─ yangi avlod tarbiyasiga qaratilmoqda. Mustaqillikka erishgan birinchi kunimizdanoq, umuminsoniy va o’zbekona qadriyatlarni har tomonlama tiklash, ularga chuqurroq nazar tashlash uchun zamin yaratildi. Mustaqil Vatanimizga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, yuksak ma’naviy hislatlarga ega, iymon-e’tiqodi butun, o’z xalqi, o’z ona-Vataniga fidoiy, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qarala boshladi. Yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o’rni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg’or davlatlar darajasiga ko’tarish ularning bilimi, iste’dodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bog’liq. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining barcha asarlari va ma’ruzalarida yoshlar tarbiyasini markaziy o’ringa qo’yish bilan, uni davlat siyosati darajasiga ko’targan edilar. Bu haqida I.A.Karimov shunday yozadi: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi1.”
Darhaqiqat, mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi uchun, ularning qobiliyat va iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1997-yil avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunda va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da yoshlarni jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yuksak, aqliy jihatdan barkamol, ruhiy jihatdan qobilyatli, zamonaviy ilim va kasb-hunarni mukammal egallagan, o’zining shaxsiy fikriga ega vatanparvar, insonparvar va mehnatsevar shaxs qilib tarbiyalash ko’zda tutilgan.
Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda va ko’ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo’lib bormoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor berib borilsa, u o’zining katta samarasini beradi. Shunga ko‘ra xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, xususan,topishmoq, maqol, ertak, tez aytish, qo‘shiqlar o‘quvchilarni ma’naviy yetuk, sog‘lom avlod qilib tarbiyalashda asosiy omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |