Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash.
Kompyuterlarning asosiy vazifasi katta hajmdagi axborotlar oqimi bilan 
ishlashdan iborat. O`quvchi kompyuter xotirasida mavjud axborotlar bazasi 
bilan tanishadi, kerakli axborotlar kiritadi, qayta ishlaydi. Buning uchun doston 
matnida ayrim tushunilmagan so`zlarning izohini bilish maqsadida 
kompyuterda mavjud izohli lug`atga murojaat qilinsa ayni muddao bo`ladi. 
Namuna tariqasida ularning bir nechtasining izohini keltirib o`tamiz: 


162 
Abgor bo`lmoq – xarob bo`lmoq
Fuqarosi juda 
abgor bo`libdi

Bir nechasi uzok yo`ldan kelibdi (Alpomish, 34). 
Abjil – epchil
Ot so`ymokchi o`zing boshlab turasan, 
O`ldirmoqqa men
abjil
-ku, bilasan (Alpomish, 140). 
Abjush
– quyma, yetti marta eritib qo`yilgan qattiq jism. 
Jaxazi 
abjush
dan, xatabi kumush,
Bezab ko`ygan nori-norchang kimniki? (Alpomish, 109). 
Baydoq
- bayroq 
Chilbir cho`lga qarab endi jo`nadi,
Tug`-baydoq
bilan qichab boradi (Alpomish, 253). 
Baydoq-baydoq 
- to`da-to`da 
Baydoq-baydoq
bundan lashkar boribdi
O`rta cho`lda o`zbaklarni ko`ribdi (Alpomish,192). 
O`quvchilarning milliy urf, milliy an’analarga qiziqishlarini yanada 
orttirish maqsadida etnografik ma’lumotlarni izohlashga oid matnlardan 
foydalanish mumkin. Qizlar ikkovini o`rtaga olib “kampir o`ldi”, “it xurullar”, 
“soch siypatar”, “qo`l ushlatar”larini qilib o`tkardi (Ravshan, 50). 
“Kampir o`ldi” iborasi odatda nikoh to`yining bir odati uchun qo`llaniladi. 
Bunda chimildiqqa kirayotgan kuyov yo`lini ikki kampir o`zini o`lganga solib 
tusib oladi. Atrofda turganlar “kampir o`ldi” deyishadi. O`lgan kampir esa, ”tush 
ko`rdim” deydi. Boshqa bir kampir tushning ta’birini aytadi. Kuyovdan sovg`a 
salom olgach, kelin-kuyovga yo`l beradi. 
“It irillar \\ it xurullar” iboralari ham nikoh to`yining bir odati uchun 
qo`llaniladi. Bunda chimildiqqa kirayotgan kuyov navkarlarining oldini it 
holatiga kirib olgan keksa kampirlar yo`lini to`sadilar. Kuyovdan va 
navkarlaridan sovg`a-salom olgach, yo`l beradilar. Odatda it bo`lib irillaydigan 
kampir kayvoni, obru-e’tiborli, kelinning eng yaqin qarindoshlaridan bo`lishi 
shart. 
“Soch siypatar” iborasi ham nikoh to`yining bir odati uchun qo`llaniladi. 
Folklorshunos olim Asqar Musaqulov jahondagi ko`pgina xalqlarning tug`ilishi, 


163 
nikoh, o`lim marosimlari bilan bir qatorda, soch siypatar marosimi ham inson 
hayotidagi eng muhim voqyea bo`lib, u osmon g`oyasi bilan bog`liq 
bo`lganligini yozadi
2
. Shunday ekan, “soch siypatar” iborasi zaminida ham 
o`zbek xalqining qadimiy tasavvurlari o`z ifodasini topgan. “Alpomish” 
dostonida ham bu ko`rinish keng tasvirlangan. 
Dostonlar tilida “baqan solmoq” iborasi qo`llanilib, kelinni uzatib 
borayotganda yo`lni (arqon) baqan bilan tusib, kelin sepidan ulush (sovg`a) olib 
keyin o`tkazishadi. 
Masalan: Ko`p kizlar kelinni o`rtaga oladi, 
O`tqizmaydi, yo`lda baqan soladi (Alpomish,188). 
Baqan so`zi turkiy tillarda bag`an, pag`an, paqan, bug`an shaklida 
ishlatilib, “xoda, bolor” ma’nosini bildiradi
3
. Dostonlarda va xalq shevalarida bu 
so`z “arqon” ma’nosida qo`llaniladi. 
Uy vazifasi sifatida adabiyot darsligida berilgan “Kuntug`mish”, 
“Ravshan” dostonlarini o`qib, undan parchalar olib so`zlarni morfemalarga 
ajratib, ularning farqlarini, turlarini tushuntirib, uslubiy xususiyatlarini izohlab 
kelishni topshirish mumkin. 
Doston matni o`quvchi va talabalarning ijodiy ishlarini tashkil qilish
egallagan bilimlarini amaliyotda qo`llay bilish, til ilmini qay darajada 
egallaganligini aniqlash kabi masalalarni hal qilishda ham foydalidir. Talaba 
yoki o`quvchi biror dostondan parcha tanlab olib, matnni tahlil etishi
ijodkorning 
mahoratini 
aniqlashi, 
til 
vositalarini 
matnda 
qo`llanish 
xususiyatlarini o`rganishi va atamalarni, so`zlarni hozirgi kunga tatbiq qilishi 
mumkin. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish