QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI.
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI
Bog‘langan qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi. Biriktiruv bog‘lovchilari (va, ham, hamda) yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga vergul qo‘yilmaydi. Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg‘iri salovatli shovillardi.
Zidlovchi bog‘lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga shu bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi: Men uyalib yerga qarayman, ammo Turg‘un pisand qilmay shaftolini maqtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |