Undalmalarda tinish belgilarining ishlatilishi. Undalmalar gap bo‘laklaridan vergul yoki undovlar belgisi bilan ajratiladi. Undalmalar gap boshida kelganda – undan keyin, gap orasida kelganda, har ikki tomoniga, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi. His-hayajon bilan ifodalangan undalmalardan so‘ng (gap boshi va oxirida) undov belgisi qo‘yiladi.
Onajonlarim, hamma o‘zining eski devorini quchoqlab o‘tira bersa, yurt qachon obod bo‘ladi?
Undalma undov so‘zlar bilan birikib kelishi mumkin. Agar undov so‘z kuchli his-hayajon bilan aytilib, undan so‘ng to‘xtatilish bo‘lsa, undov so‘zdan so‘ng ko‘p nuqta yoki vergul qo‘yiladi: Qo‘yaqol!... Men uchun... ovora bo‘lib o‘tirma... (Ch) – Oy! ...bek rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xuddi qiyomat bo‘ldi! (A.Qodiriy).
Do'stlaringiz bilan baham: |