Suqlanib qarayman, suqlanib qarayman
Ko`cha boshida, bir go`zal turar boshlari egik
Lablarida kulgu, termulib boqsam
Ko`zlari ostida g`amlar ham bekik
Qo`llarim uzatdim nozik beliga
O`ylamang ko`nglimda o`rlamas egri
Ko`zlarini yumib menga qayrildi
O, senga tasanno yaratgan Tangri
Ko`zlarim yumaman olov nigohlar
Taftidan kuyib titraydi labim
Og`rinib qiynalib tutaman ko`ksim
O`rnida qoldimi jonsarak qalbim
Yorga pichirlayman yerga tushaylik
Hozir hech ham emas buning xonasi
Ovqatni pishirgin darsga kechikmay
Shuncha maqtov yetar, axir onasi
Do'stlaringiz bilan baham: |