QATTIQ JISM KINEMATIKASI.
4-Ma’ruza. Qattiq
jism xarakatining umumiy holi; jism xarakatini
ilgarilanma va aylanma xarakatlarga yoyish; burchak
tezligining kutbni tanlashga bog’lik
emasligi; jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlari.
Reja:
Qattiq jismning ilgarilanma harakati.
Qattiq jismning aylanma harakati.
burchak tezligining kutbni tanlashga bog’lik emasligi;
jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlari.
Qattiq jismning ilgarilanma va aylanma
harakati. Kinematika qismida hamma qattiq jismlarni absolyut qattiq jism deb qabul qilinadi. Qattiq jism kinematikasi ikki qismga bo’linadi:
harakatning berilishi va ular orqali qattiq jismning barcha kinematik xarakteristikalarni aniqlash;
qattiq jismning ayrim nuqtalarining kinematik xarakteristikalarini aniqlash.
Qattiq jismning ilgarilanma harakatini o’rganishdan boshlaymiz.