Qatlamlarga suv haydash texnika va texnologiyasi


Chegara ichiga suv haydash tizimi



Download 2,66 Mb.
bet2/4
Sana05.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#638845
1   2   3   4
Bog'liq
катламга сув хайдаш

Chegara ichiga suv haydash tizimi.
Maydon bo‘ylab suv bostirish asosan neft olishning ikkilamchi usuli sifatida qatlamning tabiiy energiyasini anchagina qismi sarf bo‘lgan, qatlamda esa ko‘p miqdorda neft qolgan, tazyiqsiz tarzda ishlayotgan neft uyumlarida qo‘llaniladi. Bunda qatlamga suv bostirish butun maydon bo‘ylab bir tekis joylashtirilgan haydovchi quduqlar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Qatlam bosimi neftni gazga to‘yinish bosimidan yuqori bo‘lgan ko‘pgina konlarda 1t neftni yo‘ldosh gaz bilan birgalikdagi hajmi 1,4 – 1,6 m3 ni tashkil qiladi. Bu shundan dalolat beradiki 1t neftni (yer yuzasidagi o‘lchashlarga ko‘ra) qazib chiqarishda sarflangan energiyani to‘ldirish uchun qatlamga 1,4–1,6 m3, agarda haydalayotgan suv yo‘qotishlarini hisobga olsak 1,6 dan 2 m3 gacha suv haydashimiz kerak.
Quduqlar tubidagi bosim qo‘llanilayotgan nasoslar ko‘tarishi mumkin bo‘lgan maksimal va optimal bosim bo‘yicha aniqlanadi:
Рq.tub = Рchiq + Рust – Рishq ,
bu yerda: Рq.tub – haydovchi quduqlar tubidagi bosim; Рchiq– nasosdan chiqishdagi bosim; Рustquduqdagi suv ustuni bosimi; Рishq– suvning nasosdan quduq tubigacha harakatida ishqalanishga sarf bo‘lgan bosim.
Qatlamga suv haydash jarayonini amalga oshirish uchun haydovchi quduqlar soni umumiy haydalayotgan suv miqdorini bitta quduqning o‘rtacha qabul qiluvchanligiga bo‘lish va 20% gacha ehtiyoj quduqlarini hisobga olish orqali aniqlanadi.
N = 1,2(Qum / Qhay) ,
bu yerda: N – haydovchi quduqlar soni; Qum – umumiy haydalayotgan suv miqdori; Qhay– bir haydovchi quduqning o‘rtacha qabul qiluvchanligi.
Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta’minoti
Qatlamga haydashga mo‘ljallangan suvga muayyan talablar qo‘yiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
  • Suv imkoni boricha toza bo‘lishi, tarkibida ko‘p miqdorda mexanik zarrachalar va temir birikmalari bo‘lmasligi kerak. Biroq suv tarkibidagi zarrachalar va temir miqdori bo‘yicha barcha konlarga to‘g‘ri keladigan yagona standart yo‘q. Lekin oxirga vaqtlarda shu isbotlangan-ki, mexanik zarrachalarning miqdori 20 – 30 mg/ldm3 bo‘lishi mumkin.
  • Suv tarkibida jihozlarni yemiruvchi oltingugurt vodorodi va karbonat kislotasi bo‘lmasligi kerak.
  • Haydalayotgan suv qatlam suvlari bilan cho‘kindi hosil qiluvchi va qatlam g‘ovaklarni to‘ldiruvchi reaksiyaga kirishmasligi kerak.
  • Suv tarkibida organik zarrachalar bo‘lmasligi lozim (bakteriyalar va suv o‘tlari).

Neft qatlamlariga suv haydash sohasida yig’ilgan katta malaka shuni ko‘rsatadiki, daryolarning, artezian quduqlarining va chuqur suvli gorizontlarning suvlari ko‘p hollarda bu shartlarni qoniqtiradi va ularni qatlamlarga mahsus ishlov berishsiz haydash mumkin.
Lekin ba’zi holatlarda qatlamlarga haydashga mo‘ljallangan suvlar suv tozalash qurilmasida o‘tkaziladigan boshlang‘ich mahsus tayyorlashni talab qiladi.
Suv tayyorlash qurilmasiga kirayotgan suv uning sifatiga bog‘liq holda tozalashning u yoki bu jarayonidan o‘tkaziladi:
kaogulyatsiya – muallaqholatdagi mayda zarrachalarni kattalashtirish, suvda cho‘kuvchi parchalarga aylantirish;
filtrlash – suvni kaogulyatsiyadan keyin mayda zarrachalardan oddatda qumli filtrlarda tozalash;
temirsizlantirish – suvdan qatlamda cho‘kindi hosil qiluvchi temir oksidi va zanglarni yo‘qotish;
yumshatish – ohak bilan ishqorlash (bundan keyin kaogulyatsiya jadallashadi);
xlorlash – suvdagi mikroorganizm va bakteriyalarni yo‘qotish;
barqarorlashtirish – suvni temir bilan boyishini oldini oluvchi, kimyoviy tarkibi bo‘yicha barqarorlashtish. Chunki suv po‘lat quvurlardan haydaladi. Bunga suv tarkibiga kichik miqdorda natriy geksometofosfat qo‘shish bilan ya’ni bu moddaning 2 – 3 mg ni ldm3 ga qo‘shish bilan metalni korroziyadan to‘la himoyalovchi, quvur yuzasida temir fosfat kobig’ini hosil qilish bilan erishiladi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish