14.3 IESni ishlatishni tashkil qilish.
IESni ishlatishni tashkil qilish uning ishonchli va tejamli ishlashini ta‘minlashdan iborat, IESni ishlatishni tashkil qilish faqat stantsiyaning tashkiliy tuzilishidan iborat bo’lmay, balki ishlatish texnikasining tashkiliy tuzilishidan iborat bo’lmay, balki ishlatish texnikasining tashkiliy tomoni (ish holatlari, jihozlarni tuzatish, rostlash va nazorat qili shva boshqalarni) ham uz ichiga oladi.
Odatda IES ni ishlatish quyidagicha tashkil qilinadi. Har bir smenaning navbatchi hodimlari stantsiyaning barcha jihozlariga xizmat ko’rsatadi. Navbatchi hodimlari stantsiyaning barcha jihozlariga xizmat ko’rsatadi. Navbatchi hodimlardan tashqari stantsiyada sex boshliklari ustalar, tuzatish ishlarini bajaruvchilar kabi hodimlar bo’lib, ular jihozlarning yuqori ish holatini saqlash,ularning texnik darajasini oshirish, hodimlar bilimini nazorat qilish vazifalarini bajaradilar.
Har bir smenaning navbatchi hodimlari stantsiyaning navbatchi muhandisiga buysunadi. (12-2rasm) navbatchi muhandis esa amaliy jihatdan birlashgan energetik sistemaning dispetcheriga buysunadi. Shu bilan birga navbatchi muhandis stantsiyaning bosh muhandisiga ma‘muriy jihatdan buysunadi. Bundan tashqari har bir smenani, navbatchi hodimlari tegishli sexning boshligiga ma‘muriy jihatdan bo’ysunadi. Shunday qilib, IES tashkiliy tuzilishing uziga xos tomoni-navbatchi hodimlarning ikki yoqlama buysunishidan iborat.
IES hodimlari tomonidan o’z vazifalarini yuqori malakali va ma‘suliyatli bajarilishi kata ahamiyatga ega. Hodimlarning noto’gri harakati og’ir falokatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun stantsiyaning ishonchli va uzluksiz ishlashiga katta e‘tibor beriladi.
14.4. IES ni avtomatlashtirish.
Ayrim qurilmalarni va umuman IES ni to’la avtomatlashtirish ularning ishonchli va tejamli ishlashi uchun kata ahamiyatga ega.
IESlarda asosan avtomatik rostlagichlar va avtomatik ajratib kuyuvchi asbobolar qo’llaniladi.
Bug’ qozonida quyidagi jarayonlar avtomatlashtiriladi.: yonish jarayoni (Yoqilg’i-havo nisbati) suv ta‘minoti, bug’ parametrlarini rostlash Yoqilg’i va suvni tayyorlash jarayonlari va xokazo.
Bug’ turbinalari odatda avtomatik rostlash tizimi bilan birgalikda ishlab chiqariladi. Turbina sexida zichlagichlarda bug’ berish,turli qurilmalardagi suv va kondensatning bosim va satxini berilgan darajada saqlash avtomatlashtiriladi.
Tovushli va yorugli ishoralar (signalizatsiya) turli jihozlarning me‘yorida ishlayotganil yoki belgilangan ish holatidan chetga chiqqani to’grisida ishchi hodimlarni ogohlantiradi.
Hozirgi paytda barcha asosiy va yordamchi jihozlarning ishlashini boshqarish markazlashtirilgan po’ltdan amalga oshiriladi. Elektron hisoblash mashinalarini qo’llash IESda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasining bahosi stantsiya asosiy jihozlari bahosining 10-20% ini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |