Qarshi muнandislik iqtisodiyot


I3-2 IESning bosh binosi va unda asosiy va yordamchi jihozlarning joylashishi



Download 1,79 Mb.
bet30/39
Sana04.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#738632
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologik markazlari MM 20

I3-2 IESning bosh binosi va unda asosiy va yordamchi jihozlarning joylashishi.

Asosiy va yordamchi jihozlar o’rnatiladigan xonalar stantsiyaning bosh binosini tashkil qiladi.


Bug’ turbinali elektr stantsiyasining bosh binosi tarkibiga quyidagi bo’lim (xona) lar kiradi.
1. Bug’ qozonlar bo’limii –qozonxona, unda bug’ qozonlari va ularning yordamchi jihozlari o’rnatiladi.
2. Mashina zali (turbinalar sexi) unda turbina va generatorlar, issiqlik ta‘minoti qurilmalari, ta‘minlash nasoslari, ayrim hollarda ta‘minlovchi turbinali kompressorlar va boshqalar o’rnatiladi.
3. Hamda (bunker) lar bo’limii, unda qattiq yoqilg’i hamda (bunker)lari va kukun (chang) simon yoqilg’ini tayyorlash tizimining jihozlari o’rnatiladi.
4. Deaeratorlar xonasi, unda deaeratorlar, raduktsion sovitish qurilmalari, stantsiyaning o’z ehtiyojlariga energiyani taqsimlash moslamalari va boshqalar o’rnatiladi.
5. Stantsiyaning asosiy boshqarish markazi va asosiy taqsimlash moslamalari o’rnatiladigan xona yirik stantsiyalarda bu xonalar alohida binoga chiqariladi.
Suvni kimyoviy tozalash bo’limi. Bo’lim kam quvvatli stantsiyalarning bosh binosida va yirik stantsiyalarda esa alohida binoda joylashadi.
Bulardan tashqari stantsiyalarda xizmat binosi bo’ladi. Unda stantsiyaning idorasi, navbatchi hodimlar, laboratoriyalar, ustaxonalar, maishiy xonalar joylashadi.
Bosh binoning hajmini kamaytirish maqsadida zamonaviy elektr stantsiyalarida tutun so’rgichlar, ventilyatorlar v ako’l tutkichlar ochiq havoda joylashtiriladi. Iqlim sharoiti qulay bo’lgan joylarda bug’ qozonlari va turbinalar ham ochiq havoda joylashtiriladi. Bunday stantsiyalar ochiq stantsiyalar deb ataladi. Agar turbinalar havoda joylashtirilsa, bunday stantsiyalar yarim ochiq stantsiiyalar deyiladi. Ochiq stantsiyalar qo’rilganda birlamchi kapital mablagining 5-6% i tejab qolinadi. Va qurilish muddati taxminan 6 oyga qisqaradi.
IEM bosh binosida jihozlarning joylashish sxemasi II2 rasmda keltirilgan.
Stantsiyaning o’rnatilgan quvvatiga nisbatan olingan bosh binoning solishtirma hajmi va yuzasi / kVt va 1м2 kvt) uning asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Qattiq yoqilg’ida ishlaydigan zamonaviy IEM bosh binosining solishtirma hajmi 0,81-0,83м3 kvt ni solishtirma yuzasi 0,022-0,025м2 /kVt ni tashkil qiladi. Bosh bino hajmining ko’p qismini qozonxona egallaydi. Va umumiy hajmining 60% ni tashkil qiladi. Mashina zaliga umumiy hajmining 15+20% i to’gri keladi.
Stantsiyada yuqori quvvat va unumdorlikka ega bo’lgan turbina va bug’ qozonlari o’rnatilganda bosh binoning hajmi va yuzasini keskin kamaytirishga erishish mumkin. Masalan IEM da quvvat 50 ming kVt bo’lgan ikkita turbina va unumdorligi 420 t / soat bo’lgan ikkita Bug’ qozoni o’rnatilsa, bosh binoning solishtirma hajmi 1,55 м3/ kVt ni va solishtirma yuzasi 0,04 м2/ kVt ni tashkil qiladi. Agar 25 ming kVt li to’rtta turbina va unumdorligi 16t / soat bo’lgan to’rtta Bug’ qozoni o’rnatilsa, bosh binoning solishtirma hajmi 1,7 m3/ kVt ga va solishtirma yuzasi 0,06 м2/ kVt ga teng , ya‘ni 1,5 barobar katta bo’ladi. Ochiq va yarim ochiq stantsiyalar qurilganda bosh binoning hajmi keskin kamayadi.
Bosh korpusda uskunalarining joylashishi ketma-ketligi ko’ndalang qirqim orqali ko’rsatiladi. Bunda IEM va IES ning turiga, yoqiladigan yoqilg’isiga asosiy uskunalarining quvvatiga yordamchi jihozlarning tarkibiga va iqlim sharoitiga bog’liqligi ko’rsatiladi. Bloksiz ko’mir changida ishlaydigan elektr stantsiyalarda asosiy bosh bino qurilmasi to’rt bo’linmadan iborat bo’ladi, qozon, yoqilg’i bunkeri, dearator va mashina zali bo’limlari (15,2 rasm) 50 MVT va undan yuqori quvvatli IEM turbinalari mashina bo’limnmasiga ko’ndalang joylashgan kichik quvvatlari esa bo’linma bo’ylab joylashadi. Elektr quvvati issiqlik elektr stantsiyasi bilan bir xil bo’lgan IEM ning yordamchi jihozlarining ishlab chiqarishi yuqoriroq bunga sabab asosiy qurilma issiqlik quvvatining yuqoriligidir. (15.2 rasm) Ko’mir changida ishlaydigan IEM bosh binosining ko’ndalang qirqimi a) ko’ndalang kesimi b) reja

  1. PT – 60-130/10 turbinasi

  2. R-25-13/18 turbinasi

  3. D-420 t/s qozon agregati

  4. Ko’mir maydalagich tegirmonlar

  5. Tsiklon (shamollatgich)

  6. Separator (galvir)

  7. Yoqilg’i uzatish konverlari

  8. Puflama shamollatgich

  9. Ko’ltutkich

  10. Tutun surgich

  11. Deaerator

  12. RUSR

  13. Issiqlik yordamchi shiti

  14. Issiqlik tarmog’i deaeratori

  15. Ta‘minot elektr nasoslari

  16. Tarmoq suvining qizdirgichlari

  17. Ko’mir yoqilg’isi ta‘minotchilari

IES larining mashinalar zalida yordamchi jihozlar, turba agregatlar ta‘minot nasoslari o’rnatiladi. Ularga qo’shimcha ravishda issiqlik uzatish qurilmalari va ko’pincha tsirkulatsion nasoslar ham o’rnatiladi. Konpanovkada bo’linmalarni birlashtirish vaqtida bo’linmaning devorlari fasadlari bir-biriga to’tashgan holda quriladi. Masalan (15.2 chizmada) turbina qurilmasi joylashgan mashinalar zali a) bo’limda, b) bo’limda deerator bo’limi, v) bo’limda yoqilg’ini changini tayyorlash uskunalari, g) bo’limda qozon qurilmasi (agregati), d) bo’limda tutun gaz yo’li uskunalari va jihozlari ko’rsatilgan. Har bir bo’linmaning balandligi oraliq masofalari ko’rsatib o’tilgan. Qattiq yoqilg’ida ishlaydigan IEM ning bosh binosi umumiy balandligi 44,70 etib belgilangan. Tutun turbasining balandligi 150 mt qilib belgilangan. IEM ning bosh binosi yonida 6 kVt liochiq tarqatish qurilmasi joylashtiriladi. Agarda mustaqil deaerator bo’linmasi bo’lsa, (IEM bloksiz IES gazmazutli blokli bo’lsa) ular alohida bo’linmada joylashtiriladi. IES larining quvvatiga qarab uning bosh binosidagi jihozlar joylashish ketma-ketligi bosh binoning balandligini va joylashish maydonini belgilaydi. Turbinalarning ko’ndalang joylashtirishda mashina zalining ustunlari orasi masofasi turba agregat fundament kengligi bilan birga yordamchi jihozlarning joylashishiga ham bog’liq. Kompanovkada ko’ndalang kesimli minemal ustunlar oralig’i generator rotirining chuqurchasining o’lchamini hisobga olgan holda turba agregat fundamenti uzunligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun turba generator uzunligi masofasi deb belgilanadi. Regenerativ qizdirgichlar turbina yaqiniga o’rnatiladi. Ta‘minlovchi nasoslar deaerator bo’linmasi yaqinida o’rnatilganida ta‘minlovchi suvining suruvchi va bosimli quvurlarinng masofasi kamayadi lekin qozonxonadan turbinagacha bo’lgan masofa oshadi. Zamonaviy IEM larida tutun gaz (traktasi) yo’lining qurilmalari va jihozlari bosh binodan tashqarida joylashtiriladi. Bosh binoning ko’ndalang qirqimi (kompanovkasi) bo’ylanma qirqimli kampanovkaga nisbatan ustunligi turbinaga bug’ning osonroq kelishida kuzatiladi. Bu esa oraliq qizdirgichli bloklar uchun juda muhim kamchiligi esa aylanuvchi suvning kelishini uzayishidadir. Ko’ndalang qirqimli kaipanovkada mashina bo’linmasi padval qismida tserkulyatsion suv oqimining uzunligiga qarab yer osti chuqurligi quriladi. Binodagi uskunalar kampanovkasi binoning yopiqligini hisobga olgan holda yopiq, yarim yopiq, ochiq shakldagi kampanovka turlariga bo’linadi. Binodagi uskunalar yopiq bino ichida bo’lsa, yopiq kampanovkali deb nomlanadi. Ob - havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda ochiq havodan ham uskunalar yarim yopiq binoda joylashgan holatda bo’ladi. Bunday kampanovkalar yarim yopiqli yoki ochiq tizimli deb yuritiladi. Agarda Faqat qozon agregati ochiq joyda joylashgan bo’lsa, bunday kampanovka yarim ochiq kampanovka deyiladi. Qisman esa murakkab Quvur yo’llari tartibli qilib joylashtirilishi yuqori quvvatli turbinalar uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Mashina bo’linmasining balandligi generator statorining ko’prikli kran bilan kuchirish imkoniyati darajasi bilan tanlanadi. IEM larning bosh binosi qirqimida ya‘ni deaerator bo’limida armaturali bogэlamli quvur yo’llari, sovutish tizimlari boshqaruv shiti ochiq taqsimlash qurilmalari o’rnatiladi. Ko’mir changida ishlaydigan bloklarning birlashgan bunker va deaerator bo’linmasida ko’mir changi tayyorlash tizimining uskuna va jihozlari bunkerlari, ham joylashtiriladi. Bunda ochiq tarkatish qurilmasi mashina bo’linmasidan chiqariladi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish