Qarshi muнandislik iqtisodiyot


IES ning ish ko’rsatkichlari



Download 1,79 Mb.
bet34/39
Sana04.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#738632
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologik markazlari MM 20

14.5 IES ning ish ko’rsatkichlari.

IESning ish ko’rsatkichlari uning iqtisodiy va texnik darajasini, ishlatish sifatini hamda ish sharoitlarini baholash uchun xizmat qiladi. IESning energetik, iqtisodiy va holat ko’rsatkichlarini farq qiladilar. Energetik ko’rsatkichlar IESning issiqlik tejamkorligini, ya‘ni yoqilg’i yoki boshqa manba issiqligidan foydalanish darajasini aks ettiradi. Energetik ko’rsatkichlar IESning issiqik tejatejamkorligini, ya‘ni yoqilg’i yoki boshqa manba issiqligidan foydalanish darajasini aks ettiradi. Energetik ko’rsatkichlar turli foydali ish koeffitsientlari yoki mahsulot birligiga nisbatan issiqlik (yoqilg’i) ning solishtirma sarflari, tejalgan yoqilg’i miqdori bilan ifodalanadi.


Iqtisodiy ko’rsatkichlar kapital mablaglarni, ishlatish harajtlarini, mahsulotning tannarxini, keltirilgan xarajatlarning boshqa variantlarga nisbatan tejalishini ifodalaydi.
Holat ko’rsatkichlari (2-5 ga karalsin) IESning ish sharoitlarini jihozlarining vaqt davomida yuklanishini va ularning ishonchliliq darajasini aks ettiradi.
Faqat elektr enegiyasini ishlab chiqaradigan IES ning energetik ko’rsatkichi mutloй elektrik foydali ish koeffitsenti bilan ifodalanadi.

(12-2)

bunda: Эi.chva Эber-ishlab chiqarilgan va iste‘molga berilgan (uzatilgan) elektr energiyasi:


Qо –Yoqilg’ining yonish issiqligi:
ishlab chiqarilgan va iste‘molga berilgan elektr energiyasiga nisbatan issiqlikning solishtirma sarflari.
Shartli yoqilg’ining solishtirma sarfi bкас =в/эи.ч kg/kVt.soat. Shartli yoqilg’ining issiqlik ekvivalenti Qш.ё =7000kkal/kg=29307,6 kjoul/kg, shuning uchun: qкас=29307,6*bкэс, kjoul/kVt.soat: (12-1)va (12-2) tenglamalarga asosan:
(12-3)

bunda: 3600-elektr energiyasining issiqlik ekvivalenti (1kvt.soat 3600 kjoul)


IESning energetik ko’rsatkichlarini aniqlash ancha murakkabroq. IEMning energetik samaradorligi unda elektr energiyasi va issiqlikni qo’rama usulda ishlab chiqarish paytida tejalgan yoqilg’i bilan belgilanadi.
(2-9) tenglama
Втеж=(Вкэскоз)-Виэм
Bundagi Втеж Faqat jihozlarning turiga va IEMning ish holatlariga bog’liq bo’libgina qolmay, balki KES va tuman qozonxonasining ko’rsatkichlariga ham bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun faqat IEM dagi yoqilg’i, issiqlik va elektr energiyasining sarflari asosida aniqlanadigan hamda uning haqiqiy energetik samaradorligini ifodalovchi yagona ko’rsatkich bo’lishi mumkin emas.
Shu sababli IEM ko’rsatkichlarini aniqlashning turli tizimlari taklif qilingan. Bizda quyidagi tizim qabul qilingan. Qo’rama usulda energiyani ishlab paytidagi tejalgan yoqilg’i Втеж ning hammasi elektr energiyasi hisobiga o’tkaziladi. Tegishlicha tashqi iste‘molchilarga olib boriladigan issiqlik (yoqilg’i)ning solishtirma sarfi bevosita IEMning bug’ qozonlaridan olib berilishi mumkin bo’lgan issiqlik sarfiga teng deb qabul qilinadi.
Tashqi iste‘molchilarga issiqlikning solishtirma sarfi:
(12-6)

Bunda: -trubinadan iste‘molchilarga olib berilgan issiqlikga to’gri keladigan yoqilg’i issiqlikning sarfi:


Qт.и-tashqi iste‘molchilarga berilgan umumiy issiqlik:
-IEM qozonxonasining netto foydali ish koeffitsienti:
ηи.о-IEM dagi issiqlik oqimining foydali ish koeffitsienti:
-Issiqlik ta‘minoti qurilmasining netto foydali ish koeffitsienti
Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun Issiqlikning solishtirma sarfi:


(12-6)
(12-7)

Shunday qilib, IEM da ishlatilgan yoqilg’i issiqligining Q dan tashqari qismi elektr energiyasiga sarflanadi. Bu paytda IEMda tejalgan yoqilg’i miqdorini quyidagi tenglamadan aniqlanadi:


Втеж= (12-8)
Agar tuman qozonxonasidagi issiqlikning solishtirma sarfi IEMdagi tegishli sarf q dan keskin farq qilsa, u holda tejalgan yoqilg’i quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
(12-9)

IEM ning issiqlik va elektr energiyasi bo’yicha xususiy foydali ish koeffitsientilari uning muhim ko’rsatkichlari hisoblanadi. IEMning elektr energiyasi bo’yicha xususiy FIKi elektr energiyasini ishlab chiqarishga sarflangan solishtirma issiqlikning teskari qiymatiga teng:


(12-10)
Tegishlicha IEM ning issiqlik bo’yicha xususiy FIKi.
(12-11)
Bu koeffitsient IEMda va tuman qozonxonasida issiqlik ishlab chiqarish samaradorligini taqqoslash uchun qulay.
Ishlab turgan KES ning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi iste‘molchilarga berilayotgan elektr energiyasining tannarxidan iborat:
(12-12)
Bunda: ∑хкэс-ma‘lum davrdagi umumiy harajatlar.
Эбер-iste‘molchilarga berilgan elektr energiyasining miqdori.
Ishlab chiqarish harajatlari ∑Хкэсyoqilg’i, ish haqi, amortizatsion chegirmalar, jihozlarni tuzatish bahosi va boshqalardan iborat. Zamonaviy KES larda elektr energiyasi tannarxini yoqilg’ining ulushi 0,7-0,8 ni yoki 70-80%ni tashkil qiladi. Yoqilg’i harajatlari ishlab chiqarilgan elektr energiyasining miqdoriga proportsional bo’ladi.
Amortizatsion chegirmalar kapital mablaglarning ma‘lum foizlari miqdorida olinadi. Oddiy tuzatish ishlarining bahosi amortizatsion harajatlarning 30-50%iga teng. Stantsiya hodimlarining ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga deyarli bog’liq bo’lmaydi va uni yil davomida o’zgarmas deb qabul qilish mumkin.
IEM da ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini aniqlash KESdagiga insbatan ancha murakkab: bu yerda ham umumiy harajatlarni issiqlik va elektr energiyasiga nisbatan bo’lishning qandaydir usulini tanlash lozim. O’zbekistonda qabul qilingan hisoblash usuliga ko’ra IEMda ishlab chiqarilgan issiqlik va elektr energiyasi tannarxlaridagi yoqilg’ining ulushi tegishlicha (12-5) va (12-7) tenglamalaridan aniqlanadigan solishtirma sarflar asosida hisoblanadi. Boshqa harajatlar (amortizatsiya, ish haqi va xokazolar) jihozlarning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida katnashish darajasiga qarab taqsimlanadi.
Korxona iste‘molchilari uzining IEMidan issiqlik va elektr energiyasini tannarxi bo’yicha va tuman KESi hamda tuman IEM idan belgilangan baho bo’yicha oladilar.
IESning yuqorida ko’rib chiqilgan asosiy ko’rsatkichlaridan tashqari yana qator muhim ko’rsatkichlari mavjud. Ulardan biri-ishlovchi hodimlar (shtat) koeffitsienti IESning 1 MVt o’rnatilgan quvvatiga to’gri keladigan hodimlar soni shtat koeffitsienti deyiladi. Zamonaviy yirik KESlarda u 0,2-0,5ga teng. IEMdagiga nisbatan shtat koeffitsenti o’rtacha 20-30% ga yuqori bo’ladi. Shtat koeffitsenti suyuq yoki gazsimon yoqilg’i ishlatilgandagiga nisbatan 20-25% ga katta bo’ladi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish