205
43--MAVZU.GAZLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISHNING MASS-
SPEKTROMETRIK VA XROMOTOGRAFIK USULLARI.
Reja
1.
Gazlarning tarkibini tahlil qilishning massa-spektrometrikusullari.
2.
Gazlarning tarkibini tahlil qilishning xromotografik usullari.
1.Gazlarning tarkibini tahlil qilishning massa-spektrometrikusullari.
Massa-spektrometrlar
gazlarni
tahlil
qilishda
eng
takomillashgan
asboblardandir. Ular kimyoviy va fizik xossalaridan qat’iy nazar,
moddalarning
izotop va molekulyar tarkibini aniqlashga mo‘ljallangan.
Massa-spektrometrik
usul
murakkab
aralashmalardagi
ko‘p-
komponentlarning miqdorini aniqlashga imkon berib, bu yerda,
tahlilni juda tez
o‘tkazishni ta’minlaydi.
Tahlil qilishda tahlil qilinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod
emitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr
linzalar tizimi vositasida
tor dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr maydonida tezlatiladi
va elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Ion dastaning tarkibi tahlil qilinayotgan
gaz aralashmasining molekulyar tarkibiga mos keladi. Ko‘ndalang magnit maydoni
ta’sirida oqim ionlar massasining ularning zaryadlariga nisbati bilan farq qiladigan
ion nurlariga ajraladi, bular keyin kollektorga keladi. Kollektor zanjirida massalari
turlicha ionlar elektr toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin
o‘lchanadi va elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo‘yiladi.
Magnit
maydonining kuchlanganligi asta-sekin o‘zgartirib borilganida, tekshirilayotgan
gazning molekulyar tarkibini xarakterlovchi ion
toklari spektri yoki massa-
spektrlari yoziladi. Miqdoriy tahlil o‘tkazish uchun massa-spektrometrni
tekshirilayotgan moddada bor deb taxmin qilingan har qaysi komponent bo‘yicha
oldindan darajalanadi.
Massa-spektrometrlarning tuzilishi analitik va o‘lchash qismlaridan iborat.
Analitik qismda ion dastalari massalari bo‘yicha hosil qilinadi,
shakllantiriladi va
ajratiladi. O‘lchash qismi ionlar manbaini va ishga tushirish tizimining
stabillashgan kuchlanish bilan ta’minlash, ion toklarini o‘lchash va qayd etish,
vakuum tizimida bosimni o‘lchash, massa sonlarini indekslash va hokazolar uchun
mo‘ljallangan.
Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun —
MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS;
izotop tahlil
qilish uchun — MI turlarga bo‘linadi. MS turidagi massa-spektrometrlar
laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan.
206
Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX - 7201, MX-
7304, MX-1320 va izotopni tahlil kiladigan MI-1201B massa-spektrometrlarini
chiqaradi.
MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida Н
2
, O
2
,
N
2
, С
2
gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalari
miqdorini aniqlash
uchun mo‘ljallangan. Tekshirilayotgan materialdan gaz ajralib chiqishi vakuumda
suyuqlantirish yuli bilan yoki grafitli tigelda amalga oshiriladi. Gazsimon
qo‘shilmalarning tarkibini aniklash monopolyar (bir qutbli)
massa-spektrometr
yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—60.
Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so‘rib (tortib) olish tizimlari bilan
ta’minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil qilish uchun
mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—200, tahlil qilish
xatoligi ±2,5%.
MX-1320 massa-spektrometri
gaz aralashmalarini, suyuqliklarni va 400°С
gacha haroratda gazsimon holatga o‘tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat
jihatidan tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash
chegarasi 1—4000, tahlil qilish xatoligi ±5∙10
-6
%.
MI-1201B massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop
tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Natijalarini SM1
bazaviy hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha
o‘lchash chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ±0,15%.
Do'stlaringiz bilan baham: