169
Radioizotopli zichlik o‘lchagich tarkibiga (34.3- rasm) j-nurlanishlar manbai
1 va qabul qilgich 2 kiradi, uning chiqish signali avtomatik potensiometr 3 ga
beriladi. Qabul qilgich 2 qabul qiladigan nurlanish
jadalligi quvurdan oqib
o‘tadigan suyuqlikning zichligiga bog‘liq bo‘ladi: zichlik qancha katta bo‘lsa, j-
nurlarning yutilishi shuncha kuchli va qabul qilgich 2 ning kirishida signal shuncha
kuchsiz bo‘ladi. Bu signalning kattaligiga quvur devorlarining qalinligi, suyuqlik
tarkibi va manba nurlanishini kamaytiradigan boshqa omillar ta’sir qiladi. Bu
omillarning ta’siri turg‘un bo‘lganligi sababli asbobni darajalashda olingan
tuzatmani ko‘rsatishlarga kiritish yo‘li bilan hisobga olinadi.
Sanoat radioizotopli zichlik o‘lchagichlardan PJR-2, PJR-2N, PJR-5, PR-
1024, PR-1025M va boshqa turlarini ishlab chiqaradi.
PJR-2 zichlik o‘lchagichining o‘lchash chegarasi 600÷2000 kg/m3,
asbobning o‘lchash xatoligi ±2%.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Gidrostatik zichlik o‘lchash vositalari.
2.Pyezometrik zichlik o‘lchagichning sxemasi.
3. Tenzometrik zichlik o‘lchagichning sxemasi.
4.Radioizotopli zichlik o‘lchash vositalari.
170
35-MAVZU.QOVUSHQOQLIK O‘LCHASH TIZIMLARI.
Reja
1.
Qovushqoqlik to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
2.
Kapillyarli qovushqoqlik o‘lchash vositalari.
1.Qovushqoqlik to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
Suyuq muhitlarning qovushoqligini o‘lchash
sanoatda TJABT ni joriy
qilishda eng murakkab muammolardan biridir. Jarayonlarning ko‘pchiligi dispers
tizimlar, suspenziyalar, kolloid eritmalar va plastik massalarni qayta ishlash bilan
bog‘liq. Ayrim mahsulotlar sezgir
elementga yopishib qolib, ishlab chiqarish
jarayonida sezgir elementga ta’sir etib, ulardan foydalanishni qiyinlashtirishi
mumkin.
Sanoatda
viskozimetrlarning
qo‘llanilishi
qovushoqlikni
o‘lchash
uslublarining konstruktiv-texnik kamchiliklari yoki viskozimetrlarning o‘zicha
ishlatish sharoitlarini yaratish qiyinligi sababli juda ham cheklangandir.
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun’iy tolalar,
sintetik
smolalar, kauchuk eritmalari, bo‘yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqarishda qovushoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik
hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pgina hollarda qovushoklikni
avtomatik tarzda
uzluksiz o‘lchab turish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suyuqliklarning сирпаниш ёки силжишга қаршилик кўрсатиш хусусияти
qovushoqlik
deyiladi.
Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch
vujudga keladi. Shu kuch Nyuton qonuniga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi:
dn
dv
S
F
, (35.1)
bu yerda Ғ — siljish kuchi, Н; μ — динамик qovushoqlik yoki qovushoqlik koeffitsiyenti, Pa
s; S — ichki ishqalanpsh yuzasi, m
2
;
dn
d
— harakatdagi qatlam qalinligi bo‘yicha tezlik gradiyenti
(siljish tezligi), 1/s; v — qatlam oqimining tezligi, m/s; п — harakagdagi qatlam qalinligi, m.
(35.1) тенгламадан динамик қовушоқликни аниқлаймиз:
dn
dv
S
F
. (35.2)
SI tizimida dinamik qovushoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining shunday
qovushoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m
2
siljish bosimi ta’sirida
chiziqli
tezligining gradiyenti siljish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan 1 m masofada 1
m/s bo‘ladi. Dinamik qovushoqlikning bu birligi N s/m
2
yoki Pa s o‘lchoviga ega.
171
Amalda ko‘pincha dinamik qovushoqlikning suyuqlik zichligi
ga bo‘lgan
nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushoqlikdan foydalaniladi, ya’ni
v
. (35.3)
Kinematik qovushoqlik SI da m2/s o‘lchoviga ega. Qovushoqlik amalda
puaz (P) va santipuaz (sP) birliklarida o‘lchanadi. Bu birliklar SI dagi
qovushqoqlikning birligi bilan quyidagicha bog‘langan:
1 P=0.1 Pa∙s; 1 sP=1 mPa∙s.
Nyuton qonuniga bo‘ysinuvchi suyuqliklar (ya’ni
qovushoqligi jadal
mexanik ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan siljish (surilish) tezligiga chiziqli
bog‘lanishga ega suyuqliklar) nyuton suyuqliklari deyiladi. Agar bu bog‘lanish
chiziqli bo‘lmasa, u holda bunday suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi.
Suyuqliklar, eritmalar, plastik va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi
nonyuton suyuqliklar guruhiga kiradi.
Oziq-ovqat sanoatida ko‘pincha qovushoqlik shartli birliklarda (VU
graduslarida) o‘lchanadi, bu birliklar ma’lum hajmdagi tahlil (tahlil)
qilinayotgan suyuqlikning oqib ketish vaqtining shu hajmidagi distillangan suvning
oqib ketish vaqtiga nisbatidan iborat:
dс
с
ВУ
. (35.4)
Qovushoqlikni o‘lchash paytida haroratning ta’sirini e’tiborga olib,
tegishli
tuzatishlar kiritish lozim.
Suyuqlik qovushoqligini o‘lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu
asboblar ishlash prinsipi jihatidan kapillyar, zoldirli, rotatsion,
tebranishli va
ultratovushli asboblarga (viskozimetrlarga) bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: