Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


chizma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik YaIM



Download 0,8 Mb.
bet13/15
Sana24.02.2021
Hajmi0,8 Mb.
#59646
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi Sodiqov Azizbek

3.1chizma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik YaIM

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. Toshkent viloyatida 2000-2019 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 34,0 foizdan 52,7 foizga o`sib, 18,7 foiz birlikka ortgan.(4-chizma) 

Amaldagi qonunchilikka binoan, yillik o‘rtacha xodimlar soni qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida - 50 kishigacha, sanoatda faoliyat turiga qarab - 100 dan 270 kishigacha; savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida - 25 dan 50 kishigacha ishchilarga ega bo‘lgan sub'yektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi.



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.

Agentlik Jahon banki tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini kengaytirish va uning samaradorligini oshirish, aholining keng qatlamlarini biznes yuritishga jalb qilish va boshlangʻich kapitaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlash boʻyicha davlat organi sifatida tavsiya etildi.

 

Quyidagilar uning asosiy vazifalari jumlasiga kiradi:



  • kichik biznes va tadbirkorlikni, хususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarishlab chiqish va amalga oshirish;

  • vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, biznes muhitini yaхshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagifaoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish;

  • ishbilarmonlik muhitining joriy holatini oʻrganish, shu jumladan, soʻrovnomalar oʻtkazish asosida, hamda yer uchastkalari taqdim etish va qurilish-montaj ishlarini bajarish tartib-taomillarini soddalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi, boshqa moddiy-хom ashyo va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaхshilash, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

  • biznesni kengaytirishni ragʻbatlantirishga, qoʻshimcha qiymat yaratishning yaхlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy teхnologiyalarni oʻzlashtirishga, eksportni koʻpaytirishga, doimiy ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish;

  • yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan kichik va oʻrta korхonalar – oraliq tovarlar va хizmatlar (хom ashyo, butlovchi qismlar va boshqalar)ni yetkazib beruvchilar faoliyatini, shu jumladan, tijorat banklarida maqsadli depozitlar ochish hisobiga moliyalashtirish meхanizmlarini joriy etish;

  • kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan, aholining zaif qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarigakafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam koʻrsatish;

  • kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik, yangi teхnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash (bepul telefon va onlayn-maslahat хizmatlari, oʻquv markazlari, biznes-inkubatorlar, aхborot хizmatlari va boshqalar) tizimini shakllantirish;

  • хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga teхnik va maslahat koʻmagini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish;

  • Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kabulхonalari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda yaqindan hamkorlik qilish.

  Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:

1. Kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi. 

2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.

3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko‘proq yer maydoniga ega bo‘lgan kichik korxonalar yagona er solig‘i to‘lashi belgilab qo‘yildi. 

4. Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag‘larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.

5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonidan biznes manfaatlari himoyalangan. O‘zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo‘jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan. 

6. Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat  xizmatlarini ko‘rsatuvchi “yagona darcha” tamoili ostida faoliyat ko‘rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi sub'yektlar uchun o‘zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko‘mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar tashkil etilgan. 

7. Respublika bo‘yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari, xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi. 

2018-yil 1-aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub'yektlari soni (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 238,5 mingtani tashkil qildi. Jumladan ularning 8,2 foizini kichik korxonalar va qolgan 91,8 foizini esa mikrofirmalar tashkil etmoqda. 

Ushbu ko‘rsatkichni tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak 9,1 foiz kichik biznes sub'yektlari qishloq xo‘jaligida, 20,9 foiz sanoatda, 11 foiz qurilishda, 34 foiz savdo va umumiy ovqatlanishda, 5,2 foiz yuk tashish va 19,7 foiz boshqa sohalarda faoliyat yuritayotganini ko‘rishimiz mumkin.



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 2020 yil 1 yanvar holatiga Toshkent viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan kichik.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. (5-chizma)



2020 yil 1 yanvar holatiga Toshkent viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlari soni (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) 32602 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 24828 taga yoki 4,19 barobar ko`paygan 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish