O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BUXGALTERIYA HISOBI
KAFEDRASI
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Aholi daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari
Bajardi: Sodiqov Azizbek
Moliya 163-19 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: ___________________
QARSHI-2020
REJA:
Kirish
1. Aholi turmush darajasi tushunchasi
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
3. Aholi daromadlarining oshishida kichik biznes va tadbirkorlikning roli
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“Daromad” iqtisodiyotning muhim tushunchasi bo’lib biror-bir davlat iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi. Daromad iqtisodiyot ko’rsatkichlarining natijalarini aks ettiruvchi muhim mazmunga ega va mamlakat aholisining farovon hayot kechirishi uchun muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Daromadning turlari keng bo’lib bunda aholi daromadi muhim o’rin egallaydi. Aholining hayot kechirishi, ma’naviy va moddiy ne’matlar va xizmatlardan foydalanish bularning barchasi aholi daromadiga tegishli hisoblanadi.
Bu mavzuda aholi turmush darjasi va bu turmush tarzi bilan bog’liqligi, aholi daromadlarining darajalari, samarodorligi, uning mazmuni va turlarini o’rganadi shuningdek uning qanday shakllanishi haqida gap boradi. Bundan tashqari daromadning taqsimlanishi va turlari, asl daromad, yalgi daromad,bir martalik foydalaniladigan daromad va soliqdan keying daromadlari haqida tushuncha. Aholi daromadlarining YaIM ulushiga, milliy daromad hissasiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyotida daromadning tengsizligining sabablari va daromad tengsizligini aniqlash, tengsizlik va samaradorlik nisbatini aniqlash. Shuningdek shahar va qishloq hududlari aholisining daromadlari o’rtasidagi farq, ya’ni qishloq aholisining daromadlarining asosiy shakli dehqonchilik, chorvachilikdan kelgan daromadlardir, shahar aholisining daromadi esa nominal ko’rinishda bo’ladi. Albatta nominal, real va aholi ixtiyoridagi daromadlar to’g’risida tushunchalar beriladi.
Aholi daromadining shakllanishida unga ta’sir etuvchi omillar. Bundan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi daromadlariga tasiri va shakllanishidan iborat. O’zbekiston Respublikasining davlat statistika qo’mitasi aholi daromadlariga bog’liq ma’lumotlar va ularning indeksi. Va prezidentimizning aholi daromadlarini oshirish, kambag’allikni kamaytirish, aholini boqimandalikdan saqlab ular uchun imtiyozli kreditlar ajratish orqali real daromadlarini oshirish bo’yicha farmon va qarorlari ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |