Aholi daromadlarining oshishiga kichik biznes va tadbirkorlikning roli
O’zbekiston iqtisodiyoti da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi-ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta`minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, kichik biznesgа yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi yillarda bir qator qonun va me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi. Yangi tahrirdagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisida", "Oilaviy tadbirkorlik to’grisida”, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’risida", "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruhsat berish tartib-taomillari tug’risida" gi O’zbeksiton Respublikasi qonunlari ana shular jumlasidandir.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.
2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 54,9% foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%).
Mamlakatda band aholining 78,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan.
Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ushbu ko‘rsatkich 39,6% ni tashkil etdi, qishloq xo‘jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 65,1% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27% ni, importda - 50% ni, investitsiyada esa - 32% ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |