Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Yuridik shaxslarda xodimlar soni va ish haqi fondi



Download 0,8 Mb.
bet11/15
Sana24.02.2021
Hajmi0,8 Mb.
#59646
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi Sodiqov Azizbek

Yuridik shaxslarda xodimlar soni va ish haqi fondi

(2018 yil yanvar-dekabr; qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)






Korxona va tashkilotlar soni, birlik

Xodimlar soni, ming kishi

Ish haqi fondi, mlrd. so’m

O’rtacha oylik ish haqi, ming so’m

Respublika bo’yicha - jami

59998

2607.7

57019.9

1822.2

Sanoat

614

452.8

14839.1

2731.1

Qurulish

156

44.2

1219.2

2297.3

Savdo

434

58.9

1406.1

1990.4

Tashish va saqlash

207

116.8

3513.7

2507.4

Yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatla

156

6.5

98.1

1260.4

Axborot va aloqa

236

28.8

1157.3

3347.5

Bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik

173

67.6

2839.8

3500.5

Ta’lim

22881

996.3

16694.4

1396.4

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish

1408

432.7

6090.4

1173.1

San’at, ko’ngil ochish va dam olish

2195

27.9

552.7

1652.4

Boshqa faoliyat turlari

31538

375.3

7706.9

1711.2

Daromadlar tengsizligining katta farqlarning bo’lishining sabablaridan biri bozor iqtisodiyotidagi bir necha xususiyatlardan kelib chiqadi. Bu yerda asosan mol-mulkga ega bo’lish jarayoni boradi va daromadlarning tabaqalanish jarayoni tezlash boradi. Minimal darajadagi aholi maksimal darajadagi daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam vujudga kelishni boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni yuzaga chiqaradi va vaqt o’tishi bilan mulk meros qoldiriladi va bu tabaqalanish kuchayib boradi.

Bozor iqtisodiyotida daromad tengsizligini keltirib chiqaruvchi bir nechta omillar mavjud, bularga:


  • Kishilarning layoqatli farqlari.

Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlarning bir-biriga aqliy, jismoniy, estetik jihatdan o’xshamasligi. Bir shaxs aqliy jihatdan qobiliyatli bo’lib, ish faoliyatini aqliy qobiliyat bilan olib boradi. Bu turdagi insonlar asosan biznes, bank, sug’urta va boshqa shunga o’xshash tashkilotlarda ish olib borishadi. Jismoniy qobiliyatga ega bo’lgan shaxslar esa qurulish, sport kabi kasblarda faoliyat ko’rsatishadi.

  • Malakaviy tayyorgarlik darajasi.

Bu soha shaxsning o’z ishi buyicha qancha amaliy va nazariy bilimga ega ekanligi ko’rsatiladi. Bular orqali shaxsning qanchalik samarali ishlashi ko’zda tutiladi.

  • Tadbirkorlik mahorati va riskga tayyorgarlik darajasi.

Shuningdek tadbirkorlik qobiliyati orqali ishni qanday va qanchalik samarali tashkil etishi. Iste’molchilar uchun nima, qancha va qanday mahsulot ishlab chiqarib yetkazib berish layoqati namoyon bo’ladi. Bundan tashqari har qanday riskda o’zini qanday tutushi ko’rsatiladi.(resusrlar narxining oshishi, narx pasayishi, ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadigan ichki va tashqi axborot va omillar).

  • Ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni qo’yish layoqati.

Tadbirkor o’zi ishlab chiqargan tovar va xizmatlarini bozorga qanday narxda olib chiqishi ko’rsatiladi. Agarda tadbirkor o’z mahsulotini yuqori narxda olib chiqsa talabning bunga salgiy ta’siri namoyon bo’ladi, bu esa ishlab chiqaruvchiga o’z zararini ko’rsatadi. Agarda tadbirkor bozorni o’rganib chiqqan holda o’z mahsulotiga normal miqdorda narx o’rnata olsa, bu esa tovar va xizmatlarini kelishilgan narxda taklif qilishga yordam beradi.

Bunday sharoitda davlat daromadlarni qayta taqsimlash orqali daromad tengsizligi farqlarini kamaytirish va ijtimoiy aholi uchun ancha qulay moddiy hayot bilan ta’minlashdan iborat.

Daromadning tengsizligi aholining kambag’al, o’rtahol va boy qatlamidan iborat bo’ladi. Kishilarning bu qatlamlarga mansubligini aniqlash uchun ularning daromadlari va ulardan qay tarzda foydalanishlari etiborga olinadi. Kambag’allik chegarasi tirikchilik minimumini belgilab beradi. Bu shaxsning minimum mahsulot va xizmatlardan qanchalik iste’mol qilishi ko’zda tutiladi. Kimningdir daromadi bundan past bo’lsa, u o’ta kambag’al qatlamga kiradi. Misol uchun bir iqtisodiy subyekt bir oylik minimum oziq-ovqat iste’moli 10000 so’mi, kiyim-kechak mollari 7000 so’mni, xizmatlar esa 4000 ni va jami 21000 ni tashkil qilsa, bu kambag’allik chegarasi deyiladi. Agarda shaxsning daromadi bundan past va oziq-ovqat mahsulotlariga daromadi yetmasa, u o’ta kambag’al qatlabga kiradi.

O’rtahollarning daromadi minimumdan yuqori bo’lgan ammo o’rtacha daromaddan oshib ketmasligi, bu uning shu qatlamga kirishini bildiradi. Ya’ni o’rtahol iqtisodiy subyekt daromadi 50000 so’mni tashkil qilsa, kambag’allik darajasi va o’rtahol daromadi oralig’ida bo’lishidir(21000

Agarda o’rtacha daromaddan oshib ketsa, u boylar qatoriga kiradi. Boylar ham oddiy va o’ta borlardan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boylarning eng yuqori qatlami bo’lmaydi va shuning uchun ularning daromadlari miqdariga etibor beriladi.

Odatda iqtisodi sust bo’lgan mamlakatlarda daromadlar kam bo’ladi va kambag’allarga daromadlarni qayta taqsimlash ancha murakkab kichadi. Shuningdek boy shaxslarning daromadlarining bir qismini kambag’allarga berib bo’lmaydi, bu boylarning faoliyatini sundiradi. Ammo rivojlangan mamlakatlarda boylarning daromadini bir qismini kambag’alarga tarqatsa, bu ularga iqtisodiy zarar yetkazmaydi.

Aholi daromadlarining tabaqalanishi muayyan mamlakatning iqtisodiy darajasiga va ijtimoiy siyosatiga bog’liq. Bu daraja past bo’lsa daromad tabaqalanishi kuchli bo’ladi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi yuqori bo’lsa, daromad tengsizligi past bo’ladi. Mamlakatning dajasiga qarab aholi tabaqalanishi turlicha bo’ldi. Rivojlangan mamlakatlarda o’rtahol aholi ko’p bo’ladi va kambag’al, boylar oralig’ida turishadi.

Bozor qonunlariga to’g’ri keladigan, aholi qabul qilgan va qonun hujjatlariga to’liq javob beradigan topilgan daromad adolatli daromadlar tengsizligi deyiladi. Yoki aksincha davlat qonunlariga amal qilmasdan topilgan daromad adolatsiz tengsizlikni vujudga keltiradi.

2019-yilning 4-6-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag’allik va daromad tengsizigini aniqlash bo’yicha ekspertlar yig’ilishi hamda kambag’allik statistikasini uyg’unlashtirish bo’yicha semenar o’tqazildi. Mazkur semenar BMTning yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Unda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining aholi turmush darajasi va ko’zatuvlari statistikasi boshqarmasi, uy xo’jaliklari tanlama ko’zatuvlarining muvofiqlashtirish bo’limi bosh mutaxassisi Dilorom Xolbekova ishtirok etdi.

Shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kanada, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Polsha, Rossiya, AQSH, Tojikiston, Ukraina va boshqa bir qator davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari qatnashdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag’allik va tengsizlikni hisoblash hamda kambag’allik statistikasini uyg’unlashtirish bo’yicha tajriba almashishdan iborat edi. Shuningdek xalqaro tashkilotlar tomonidan tadbir doirasida qator taklif va tavsiyalar berildi.



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral, payshanba kuni, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kambag‘allik O‘zbekistonda ko‘p yillar “yopiq mavzu” bo‘lib keldi. 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomada davlat rahbari bu haqda ochiq-oydin gapirdi va tarixda birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Videoselektor yig‘ilishida shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi.” Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti1

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2020-yil 18-fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni kamaytirishga mas’ul lavozimlar joriy qilinib, vertikal tizim yaratildi.

Shuningdek, bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tashkil etildi.

“Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”, — dedi davlat rahbari.

Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan kambag‘allikka qarshi kurashishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, xalq farovonligini oshirish maqsadida “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, tomorqani rivojlantirish kabi dasturlar qabul qilindi. O‘tgan ikki yil davomida birgina oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida budjetdan qariyb 10 trillion so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish