3.2-chizma. Faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari (1-yanvar holatiga ko’ra, ming birlikda)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlaridan biri - bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O‘z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo‘l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o‘rinlarini barpo etish va vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki ish bilan kisman band bo‘lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo‘shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo‘shish mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyrukbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo‘nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyrukbozlik tizimi davrida noto‘g‘ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to‘planishi, kichik shahar va qishloq joylarda esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Bunday yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko‘plab kichik shahar va qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga qaramay, mavjud ortiqcha ish kuchi uchun yangi ish joylarini tashkil etish muammosi hal etilmadi. Shunga ko‘ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning asosiy yo‘llaridan biri - kichik korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalarni tashkil etishdir.
Yangi ish o‘rinlari yaratishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli katta bo‘lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu soha kam kapital sig‘imiga ega yangi ish o‘rinlarini tez tashkil etishga qodir. Ya’ni, kichik korxonalarda har bir ish o‘rniga kapital sarfi yirik korxonalardagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Kichik korxonalarda yirik korxonalarga nisbatan mehnat birligiga ishlatilayotgan ishlab chikarish vositalari birligi ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes iqtisodiy faol aholining ish bilan band bo‘lishi uchun ma’qulrokdir. Chunki bu ularga tashabbus ko‘rsatish va ijodiy g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bevosita kichik korxonalarda ish bilan bandlikning moslashuvchan shakllarini qo‘llash mumkin. Xo‘jalik yuritishning bu subyektlaridagi to‘liksiz bo‘lmagan ish kuni yoki haftasi, o‘rindoshlik, moslashuvchan ish grafigi mehnatga layoqatli aholining turli toifalari uchun maqbul bo‘ladi.
Kichik biznes asosan mehnat sig‘imi ko‘p talab etiladigan tarmoqlarda jadal rivojlanib, ijtimoiy mehnatni tashkil kilishning ulkan sohasi, davlat va mahalliy budjetlarga moliyaviy tushumlarning muhim manbai hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:
birinchidan, daromad shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi;
ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‘planish va ajralish koeffitsiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi;
uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ldi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular jumlasidandir.
Albatta bularning barchasi aholi bandligini taminlash orqali nominal va real daromadlarini oshirishga etibor qaratilgan.
Xulosa
Aholi pul daromadlariga ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, nafaqa, pensiya, stipendiya, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olingan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jaliklari daromadlariva uy xo’jaligida tayyorlangan mahsulot va buyumlarni sotishdan tushgan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadi va uy xo’jaligida o’z iste’moli uchun tayyorlangan mahsulot va buyumlardan iborat.
Aholining farovonligi uning daromadlariga bog’liq bo’ladi. Daromadlar bozor va nobozor daromadlariga bo’linadi. Albatta ishlan topilgan pul mablag’lari bozor daromadiga kiradi. Ishlab topilmagan ya’ni ijtimoiy yordam shaklda topilgan daromad nobozor daromad hisoblanadi. Bozor daromadining bir qismini qayta taqsimlash orqali nobozor daromadi shakllanadi.
Daromadi moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondirishga yetmaydigan qatlam kambag’al hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda o’rtahol aholi kambag’allarga nisbatan ko’p bo’ladi. Iqtisodiy jihatdan zayif mamlakatlarda esa aksincha. Buni oldini olish uchun esa qo’shimcha ish o’rinlarini tashkil qilish va aholi bandligini ta’minlashdan iborat.
Iqtisodiy farovonlikni real daromad ko’rsatadi, ya’ni qo’lga kelish tushgan pul daromadi va xarid qobiliyatidan iborat. Real daromad aholining ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qanday darajada qondirilayotganini ko’rsatadi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy mahsulotlardan foydalanishi hamda shaxslarning bu ne’matlar bilan qondirilish darajasini aniqlash tushuniladi. Shuningdek, aholi turmush darajasi turmush tarzi bilan ham bog’liqligi.
Dunyodagi barcha mamlakatlarda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar o’rtasida keskin farq mavjud, bu esa daromad tengsizligini keltirib chiqaradi. O’zbekistonda bu muammoni oldini olish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish ko’zda tutilgan.
Aholi quyi qatlamini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishda qayta taqsimlash uchun davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markashlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliqqa solish yo’li bilan shakllantirish.
Aholini ijtimoiy himoya qilishning eng asosiy yo’li, bu naxrlar erkinlashishi va pulning qadrsizlanishi yuz bersa, daromadlarning kam va o’rtacha darajasini oshirib borish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |