Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «Buxgalteriya va audit»


Kredit monitoringi bo'limi faoliyatini o'rgandim



Download 63,95 Kb.
bet9/10
Sana05.04.2022
Hajmi63,95 Kb.
#529575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5188452482207977657

Kredit monitoringi bo'limi faoliyatini o'rgandim
1. Kredit uyushmasining kredit siyosati (keyingi o‘rinlarda kredit siyosati deb yuritiladi) kredit uyushmasi o‘z a’zolarini kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikni boshqarishda kredit uyushmasi rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslubiyotlarni belgilovchi hamda kredit uyushmasining kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati kredit uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatining maqsadlari, tamoyillari, yo‘nalishlari va tartibini belgilab beradi.
2. Har bir kredit uyushmasi o‘z kredit siyosatini ishlab chiqadi. Kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va kredit uyushmasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kredit siyosati kredit uyushmasi kengashi tomonidan har yili kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
3. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik kredit uyushmasining kengashi, kredit qo‘mitasi va ijro etuvchi organiga yuklatiladi.
4. Kredit siyosatining yo‘nalishlari kredit uyushmasi faoliyat yuritayotgan hududning iqtisodiyoti xususiyatlariga qarab belgilanadi.
II. Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
5. Kredit siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
kredit uyushmasi a’zolarining kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
kreditlarni berish jarayonida qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
berilgan kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash;
likvidlikni saqlab turish;
tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish;
berilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini hamda qarzdorning moliyaviy holatining doimiy monitoringini amalga oshirish.
6. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan o‘z a’zolariga beriladigan kreditlarning turlari (iste’mol, ipoteka, mikrokredit, “kredit liniyasini ochib va ochmay” kreditlash va boshqalar) hamda sohalari (savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqalar) belgilab qo‘yiladi.
7. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan taklif etilayotgan kreditlarning yangi turlari bo‘yicha ma’lumotlarni kredit uyushmasi a’zolariga yetkazish tartibi belgilanadi. Kredit siyosatida kredit uyushmasi uchun mos kelmaydigan kredit turlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
8. Kredit siyosati kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va boshqalar bo‘yicha kreditlarni diversifikatsiyalash darajasini belgilash va ularni monitoring qilish to‘g‘risidagi talablarni o‘z ichiga oladi.
9. Kredit siyosatida beriladigan kreditlarning turiga qarab, talab qilib olinadigan hujjatlarning ro‘yxatlari hamda kredit hujjatlari to‘plamini rasmiylashtirish tadbirlari belgilanishi lozim. Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan kreditlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar har bir qarzdor bo‘yicha alohida yig‘majildda yuritiladi.
10. Kredit siyosatida qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini baholash uchun ularning moliyaviy holatini tahlil qilish tadbirlari yoritilishi kerak. Kredit siyosatida qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini baholash mezonlari va metodikasi belgilanadi.
11. Kredit siyosati kreditni berish jarayonida hamda keyingi monitoring bosqichlarida qarz oluvchi kredit uyushmasi a’zolarining moliyaviy holatiga qo‘yiladigan quyidagi talablarni o‘z ichiga olishi lozim:
kredit uyushmasi a’zolari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni;
jismoniy shaxslarning daromadlari haqidagi ma’lumotlarni hamda yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish, pul oqimlari va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha qo‘shimcha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo‘yiladigan talablarni.
Bunda yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
12. Kredit siyosati kredit uyushmasining qarz oluvchi a’zolari tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va kredit uyushmasi kreditidan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talabni o‘z ichiga olishi lozim.
13. Kredit siyosatida kreditlarning har bir turi bo‘yicha foiz stavkalarini belgilash mezonlari aks ettiriladi. Bunda, kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, ma’muriy xarajatlar hamda kredit uyushmasining marjasini belgilash tartibi ko‘rsatiladi.
14. Kredit siyosatida beriladigan kreditlar uchun hisoblanadigan foizlar kreditning qoldiq summasiga har kuni hisoblab borilishi belgilab qo‘yilishi shart. Muddati o‘tgan kreditlarga hisoblanadigan penyalar yoki oshirilgan stavkada hisoblanadigan foizlar berilgan kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka qancha miqdorda va muddatgacha hisoblab borilishi hamda ushbu shartlar kredit shartnomasining alohida bandida qayd etilishi ham ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi zarur.
15. Kredit siyosati muayyan turdagi mol-mulk (ko‘chmas yoki ko‘char mol-mulklar) garovi asosida beriladigan kreditlarning maksimal miqdori limitlarini belgilaydi. Kredit siyosatida kreditni berish vaqtida kreditga qo‘yilgan garov ta’minoti kreditni qaytarishning birlamchi manbasi bo‘lmasligi belgilab qo‘yilishi kerak.
16. Kredit siyosati garovga olingan mol-mulk turiga qarab, garovga qo‘yilayotgan mol-mulkka (garov narsasiga) nisbatan qo‘yiladigan zaruriy talablar (garovga qo‘yuvchi yoki vakolatli shaxsning vakolatlari, garov narsasiga tegishli barcha hujjatlarning tegishlicha rasmiylashtirilganligining o‘rganilishi) va kredit hajmining garov qiymatiga bo‘lgan nisbatini o‘z ichiga oladi.
Bunda garovga qo‘yilayotgan mol-mulk belgilangan tartibda baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish kerak bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni qoplashga yetarli bo‘lishi lozimligi yoritilishi zarur.
17. Kredit siyosatida garov narsasini baholovchi tashkilot yoki kredit uyushmasining o‘zi tomonidan baholanadigan holatlar ko‘rsatib o‘tiladi hamda turli garov toifalarini baholash uslublari aks ettiriladi.
18. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan beriladigan kreditlarning ta’minoti sifatida olinadigan kafilliklar bo‘yicha kafilning moliyaviy holatini baholash yuzasidan talablar belgilanishi lozim.
19. Kredit siyosatida kreditlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning kreditlash to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlari belgilanadi.
20. Kredit qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan majlislar davriyligi hamda unda muhokama qilinadigan masalalar ham kredit siyosatida belgilab qo‘yiladi.
21. Kredit uyushmasi kengashi, taftish komissiyasi, kredit qo‘mitasi a’zolari va kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbari hamda xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari bilan kredit uyushmasi o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalari kredit uyushmasining boshqa a’zolari bilan tuziladigan kredit shartnomalariga nisbatan qulay shartlarda tuzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi va ushbu shaxslarga kredit berish uyushma kengashi qarori bilan amalga oshirilishi kredit siyosatida belgilangan bo‘lishi zarur.
22. Kreditni qaytarish muddati uni qaytarishning birlamchi va ikkilamchi manbalarini baholash asosida belgilanadi. Kredit siyosatida har xil turdagi kreditlarni qaytarishning maqbul yo‘llari ko‘rsatiladi.
23. Kredit siyosati kreditlarni qaytarishning maksimal muddatlarini belgilaydi. Kredit siyosati kreditning asosiy summasini grafik asosida oyma-oy so‘ndirilishi hamda kreditni qaytarish muddati uzaytirilayotganda kreditni qaytarish tartibini ham o‘z ichiga oladi. Kredit siyosatida kreditni qaytarish muddatini bir martadan ortiq uzaytirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilishi zarur.
Kredit uyushmasi tomonidan berilgan ishonchli kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmasligi kredit siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
24. Kredit uyushmasi a’zosi tomonidan olingan bitta kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilmaguncha unga boshqa kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kredit siyosatida belgilanishi shart.
25. Kredit siyosati berilgan kreditlarning qaytarilishi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash va qarzdorlikni to‘liq undirib olish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
26. Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi ifodalanadi. Kredit bo‘limi xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga axborot berishlari shart.
27. Kredit uyushmasi kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni tashkil etadi hamda umidsiz kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqadi.
28. Kredit siyosatida berilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi, qarzdorning moliyaviy holati hamda kredit ta’minotining holatini monitoring qilib borish shartlari ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
29. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan beriladigan kafolatlar qaysi maqsadda berilishi, ularni imzolashga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxslarning ro‘yxati hamda kafolatlar beriladigan holatlar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar yoritiladi.
30. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan beriladigan kafolatlar bo‘yicha shartnomalar tuzilishi belgilanishi zarur.

Download 63,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish