240
Suyuq faza S-301 dan poz.3556 tartiblashtiruvchi klapan orqali oqova
tarkibli-DEG uchun K-15 kanalizatsiya tizimiga tashlanadi.
S-301 separatorida bosim poz.346 texnik manometri bilan joyida о‘lchanadi.
Separatorda muhit harorati poz.338 simobli termometr bilan joyida о‘lchanadi.
OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 bug‘lagichlarida regeneratsiyalangan DEG
aralashmasi quyish naychasi orqali olovli regeneratorning bufer sig‘im-idishiga
oqib keladi, bu yerda esa, zmeyevik orqali о‘tuvchi tо‘yingan DEG oqimi bilan 90-
100 ºS gacha sovutiladi. Bug‘lagichda bosim poz.326
texnik manometri bilan
joyida о‘lchanadi.
Bug‘lagichda harorat poz.324 qarshilik termometri bilan о‘lchanadi. Haroratni
tartiblashtirish poz.324a maosfadan boshqarish paneli bilan va olovli regenerator
gorelkasiga
yoqilg‘i
gazini
uzatish
chizig‘ida
о‘rnatilgan
poz.324b
tartiblashtiruvchi klapani bilan amalga oshiriladi.
Regeneratsiyalangan DEG aralashmasi sathi joyida о‘lchanadi.
Bufer sig‘im-idishida sath, joyida о‘rnatilgan texnik manometrga pnevmatik
signal keladigan sathо‘lchagich bilan о‘lchanadi.
Olovli regeneratorni yoqish joyida amalga oshiriladi.
Yoqilg‘i gazini uzatish chizig‘ida poz.334b klapan-ajratkich о‘rnatilgan va bu
quyidagi hollarda yoqilg‘i gazining uzatilishini blokirovkalaydi:
- OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 bug‘lagichlarida harorat kо‘tarilishida
(poz.324);
- OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 bug‘lagichlarida sath pasayishida
(poz.332);
DEG
ning
regeneratsiyalanish
sifati,
bufer
sig‘im-idishidan
regeneratsiyalangan DEG aralashmasini haydashdan oldin aniqlanadi. Tahlil olish,
MKL
laboranti tomonidan, texnologik qurilma operatori ishtirokida amalga
oshiriladi.
OR-301 bufer sig‘im-idishida regeneratsiyalangan DEG aralashmasining
konsentratsiyasi 80 % ga yetmagan taqdirda, loyihaga kо‘ra OR-1201/1,4,8 yoki
OR-1401/2 bufer sig‘im-idishidan OR-1201/1,4,8 yoki OR-1401/2 kolonnalariga
kirishiga ikkita VK-302 plunjerli nasoslari bilan
kondensatsiyalanmagan DEG
aralashmasining harakatlanishini amalga oshirish kо‘zda tutilgan
.
Nasoslarning sо‘rish qismidagi bosim poz.326 texnik manometrlari bilan
о‘lchanadi.
80 % va undan yuqorigacha yetkazilgan regeneratsiyalangan DEG
aralashmasi о‘z bosimi bilan yoki VK-302 nasoslari bilan “quvur quvurda»
turidagi T-301 suvli issiqlikalmashtirgichining quvurli hududiga yо‘naltiriladi.
Regeneratsiyalangan aralashmaning T-301 ga kirishi va chiqishidagi bosim
poz.347
texnik manometri bilan, harorat esa – poz.336 simobli termometri bilan
joyida о‘lchanadi. T-301 issiqlikalmashtirigichidan regeneratsiyalangan DEG
aralashmasi 30-45
o
C harorat bilan YE-301/1,2,3,4 atmosfera sig‘im-idishiga
chiqariladi.
YE-301 dagi sath joyida о‘rnatilgan shkala bо‘yicha vizual tarzda о‘lchanadi.
Regeneratsiyalangan DEG aralashmasi, YE-301
atmosfera sig‘im-idishidan
N-301 plunjerli nasoslarning sо‘ruvchi qismiga filtrlar orqali keladi.
241
N-301 nasoslari tashlamasida bosim texnik manometr bilan о‘lchanadi. Har
bir N-301 nasosining tashlamasida bosim kо‘tarilishini
oldini olish uchun uning
haydash tizimida R
о‘rn
.=12,5 MPa. li MPESK о‘rnatilgan. N-301 nasoslarining
tashlamasidan regeneratsiyalangan aralashma 9,0-12,0 MPa bosim bilan impulslar
kompensatoriga keladi va gaz oqimida gidrathosilbо‘lishining oldini olish uchun
taqsimlash paneli orqali T-102 issiqlikalmashtirigichining
quvurli hududiga kelib
tushadi.
N-301 nasoslari korpusini va T-301 da regeneratsiyalangan DEG
aralashmasini sovutish uchun aylanma suvdan foydalaniladi.
Kimyoviy – toza DEG quyidagi fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega:
- kimyoviy formulasi: ON - SN
2
- SN
2
- O - SN
2
ON;
- molekulyar og‘irligi – 106,12;
- zichligi – 1,118 g/sm
3
;
- 760 mm Hg da qaynash harorati – 245 °C;
- parchalanish boshlanishi harorati – 161,5 °C;
- muzlash harorati – 8 °C;
- erish harorati – 10,1 °C;
- havoda alangalanishi – 350,5 °C;
- 20 °C da qovushqoqligi – 35,7 sR;
- tashqi kо‘rinishi – rangsiz suyuqlik;
- barcha holatlarda – suvda aralashuvchanligi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Tabiiy gazni namsizlantirishni fizikaviy asoslari nimadan iborat?
2.
Gazni namsizlantirish qurilmasini asosiy uskunalariga nimalar kiradi?
3.
Gazlarni namsizlantirishda qanday absorbentlar ishlatiladi?
4.
Gazning namligi deb nimani tushinasiz?
5.
Absolyut namlik deb nimaga aytiladi?
6.
Gazning nisbiy namligi deb nimaga aytiladi?
7.
Shudring xosil bulish nuqtasi deb nimaga aytiladi?
8.
Suvsizlantirish uchun qanday erituvchi absorbent ishlatiladi?
9.
Absorber ichiga joylashtiriladigan tarelkalarning qanday turlari bor?
10.
Desorber kanday tuzilishga ega?